Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti
Download 1.95 Mb.
|
Grafik muharrirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
4-topshiriqning bajarilishi:
Hot Potatoes dasturida krosword tuzish uchun JCross bo’limidan foydalaniladi. Создать сетку кроссворда автоматически tugmasi bosilgach, quyidagi oyna hosil bo’ladi: Ushbu oynada crossword savollarining javoblari kiritiladi. Oxirida Создат сетку tugmasi bosiladi. So’ngra Определения tugmasi tanlanadi va quyidagi oyna hosil bo’ladi: Ushbu oynada gorizontal va vertikal bo’yicha krosswordning savollari tuziladi va ok tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi: Endi ushbu faylni brauzerda ochiladigan qilib saqlanadi va saqlangan fayl ishga tushirilgach, quyidagi natija hosil bo’ladi: Ushbu maydonda har bir sonning ustiga bosib, unga biriktirilgan savollarga javoblar yoziladi va check tugmasi orqali natijalar tekshiriladi. Biror bir tushuncha kiritilib, uning ta’rifini topish kabi testlar ham kiritilishi mumkin. Shuningdek, kiritilgan rasmning faol sohalarini topishga bag‘ishlangan testlarni ham uchratish mumkin, unda ta’lim oluvchilar savollarga javobni rasmdan qidirib topib, belgilashlari kerak bо‘ladi. Mazkur test esa berilgan ma’lumotning tartibini belgilashga bag‘ishlangan bо‘lib, savol bo‘yicha tо‘g‘ri javobni o‘rnatilgan tartibda joylashtirib chiqishlari lozim bo‘ladi. Bu testlar talabalarning analiz, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish va abstraksiyalash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kо‘nikmalar orqali esa talabalarni mantiqiy fikrlashga undagan holda intellektual kо‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Shunday qilib, bilimlarni nazorat qilish uchun interaktiv testlarning ishlatilishi talabalarning о‘zlashtirish darajasini va fikrlash doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Bu esa о‘z navbatida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga sabab bо‘ladi XULOSAYuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni o`quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi. Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o’rinni egallaydi. Shu sababli, test topshiriqlari mazmunini tanlash printsiplari haqida fikr yuritish lozim. Mazkur printsip o`quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash reyting tizimining nazorat turlarida test topshiriqlarining mazmuni maqsadga muvofiq tanlanishini talab etadi. Shuni qayd etish kerakki, Reyting tizimining nazorat turlari joriy, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari bir-biridan nafaqat didaktik maqsadi, balki mazmuni va mazmunning yoritilish darajasi bilan farq qilishini nazarda tutish lozim. Test topshiriqlarining mazmunini tanlashda bilimlarning turlari va ularning o’ziga xosligini e’tiborga olish va mos ravishda shaklni tanlash lozim. Shuni qayd etish kerakki, o’quv fani mazmuni o`quvchilar tomonidan shu kursga oid ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’ziga xos va mos proektsiyani hosil qiladi. Yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlarining mazmuni uning turi va qo’llanishini e’tiborga olingan holda bob, bo’lim yoki kurs mazmunini to’liq qamrab olishini taqoza etadi. Shuningdek, yakuniy nazorat uchun tuzilayotgan test topshiriqlari o’zida kursning nazariy masalalari, tushunchalar, qonunlar va qonuniyatlar, gipotezalar, faktik materiallar, masala va mashqlarni mujassamlashtirishi lozim . Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling