Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti
Download 1.95 Mb.
|
Grafik muharrirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia vositalari
- Ta`limda multimedia
Multimedia-texnologiyalari informatikaning dolzarb (perspektivny) va mashxur yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshka vizual effektlar (Simulation) bilan ta`minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o’z ichiga interaktiv interfeys va va boshqa boshqarish mexanizmlarini o’z ichiga qamrab oladi.
1-rasm. Multimedia vositalari Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo’ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig’indisi xisoblanib, apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalrok o’zlashtirish imkoniyati bor; ta`lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: ta`lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; olingan bilimlar kishi hotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi. Ta`limda multimedia Ta`lim multimedianing eng ko’p ishlatiladigan jarayoni xisoblanadi. Multimedia o’quv jarayonida katta o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda, natijada o’qitishning an`anaviy usullaridan tashqari usullar ham mavjudligi namoyon bo’ldi. An`anaviy passiv o’qitish ussularidan iborat model aktiv-o’qitish modeli bilan almashtirildi. Ba`zi xollarda o’qituvchilar yo’naltiruvchi vazifasini bajarishi kerak bo’lmoqda. Bunday o’qish va o’rganish jarayoni asosini o’qituvchi o’rniga o’quvchi tashkil qiladi. Elektron o’qitish o’qitish jarayonining kuchli siyosati bo’lib, o’qituvchilar an`anaviy o’qitish usullarini o’rnini bosadi demay, balki “boyitilgan” ko’rinishi deb atadilar. Maktablarda multimedia o’quvchilar tomonidan ham foydalaniladigan ko’rinishlaridan, bular: interaktiv jurnallar, axborotnomalar, shaxsiy multimedia ilovalarini yaratish va x.k. Bundan tashqari o’z veb-sahifalarini yaratishlari va internet tarmog’iga joylashtirishlari mumkin. ITV (Interactive TV) orqali turli makondagi o’quvchilar va o’qituvchi bir auditoriyaga jamlanishi mumkin. Maktablarning internetdagi shaklida turli mamlakatlardan, makonlardan yig’ilgan o’quvchilarni o’zaro muloqotini o’rnatish, ular uchun qulay sharoitni yaratish, shu bilan bir qatorda o’qituvchi dam olish maskanlarida aloqa vositalari orqali muloqotga kirishishi mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling