Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti
Download 1.95 Mb.
|
Grafik muharrirlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishning tuzilishi
Mavzuning maqsadi: "Grafik muharrirlar bilan ishlash" mavzusini o'qitishda dasturiy taminotdan foydalangan holda kompyuter testlarini yaratish va amaliyotda qo’llash.
Tadqiqotning vazifalari: 1. Mavzuga doir adabiyotlarni tahlil qilish. 2. “Grafik muharrirlar bilan ishlash” mavzusini o‘qitishning nazariy asoslarini ishlab chiqish. 3.“Grafik muharrirlar bilan ishlash” mavzusini o‘qitishning amaliy asoslarini o‘rganish va dars ishlanmalarini ishlab chiqish. 4.“Grafik muharrirlar bilan ishlash” mavzusini o'qitishda dasturiy taminotdan foydalangan holda kompyuter testlarini yaratish. 5. Yaratilgan kompyuter testlarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish va uni samaradorligini tekshirish. Kurs ishining obyekti: oliy ta’lim muassalarida “Grafik muharrirlar bilan ishlash” mavzusini o‘qitish jarayoni. Kurs ishining predmeti: oliy ta’lim muassalarida “Grafik muharrirlar bilan ishlash” mavzusini yaratilgan dasturiy ta’minot asosida o‘qitish metodlari, shakllari va uslublari. Kurs ishning tuzilishi: Mundareja, kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I Bob. Multimediyali texnologiyalardan foydalangan holda ta’limni tashkil etishning nazariy asoslari (mavzu sifatida grafik muharrirlar bilan ishlash)1.1. Multimediyali texnologiyalarning turlari va ulardan foydalanish shakllariMultimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali sizga taqdim etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko’rinishdagi ma’lumot xisoblanadi. Agar siz ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya, videotasvir va matn, o’ziga jalb qiluvchi ovoz ko’rinishida qa’bul qilish natijasida siz axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi yanada ortadi. Multimedia, yuqorida aytib o’tilganidek, matn, tasvir, ovoz, animatsiya va videoning bir butun ko’rinishiga aytiladi. Agar foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud bo’lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi. Multimedia ta’rifiga ko’ra oddiy tuyulsa ham, u bilan ishlash jarayoni murakkab hisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir qatorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar mutaxassislarni multimedia yaratuvchilari xisoblanadi. Multimedia qo’llanishi mumkin. Foydalanuvchi turli ko’rinishdagi multimediali axborotni raqamli elektron qurilma orqali multimedianing “Foydalanuvchi interfeys” orqali ko’rishi mumkin. Umuman olganda, multimedia – bu axborotning yaxshilangan ko’rinishi xisoblanadi. Multimediali axborot to’g’ri yaratilishi natijasida uning mazmuni va foydaliligi yanada ortadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling