Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim
Download 77.28 Kb.
|
Kochkarova D.A Kurs Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning to‘g ‘riligi.
- Nutq aniqligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir quyidagi vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutqni eshitish shakllanadi, keyinroq talaffuzni egallaydi); Aniq talaffuzni hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish); So‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash; nutqni orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash; nutq sur᾿atini rivojlantirish; nutqning ifodaliligini shakllantirish; nutqiy aloqa ko‘nikalarini shakllantirish; nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish; nutqiy nafas olishni shakllantirish; Nutqning to‘g‘riligi. Madaniy nutqning adabiy til me᾿yorlari (talaffuz, so‘z yasalishi, leksik, morfologik, sintakti, uslubiyme᾿yorlar)ga qat᾿iy mosligi nutqning to‘g‘riligi sanaladi: til birikmalarini to‘g‘ri, ifodali talaffuz qilish, so‘z va mantiqiy urg‘u, ohang, pauzaga e᾿tibor qaratish; fikrni tushunarli, mazmunli ifodalovchi so‘z, atama va birikmalarni to‘g‘ri tanlash va o‘z o‘rnida qo‘llash; so‘zlarni variantlik, ma᾿nodoshglik imkoniyatlaridan foydalanishda tinglovchining mafkurasi, dunyoqarashi, madaniy saviyasini hisobga olish; qo‘shimchalarni to‘g‘ri ishlatish, morfologik shakllarning ko‘p ma᾿noligini nazarda tutish, ularning ortiqchaligi, takroriyligiga yo‘l qo‘ymaslik; so‘zlarning o‘zaro birikish qonuniyatlariga amal qilish, gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish; so‘zlarni imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozish va shu kabilar. Bu borada hazrati Mir Alisher Navoiyning quyidagi misralari mavjud, “Agar tilni asramaoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo so‘zni siypalamoq boshqa ofatdur”. Yuqoridagi masala yuzasidan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga she᾿r yodlatishda, qayta hikoya qildirishda nutqidagi tovusglarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish tarbiyachidan yuksak mahorat talab etadi. Nutq aniqligi. So‘zning o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisani aniq ifodalab, tildagi ma᾿nosiga to‘la muvofiq tarzda qo‘llanishi nutqning aniqligi hisoblanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: narsa-voqealarni aniq nomlash, tushuncha va uni bildiruvchi so‘zning bir-biriga mosligini ta᾿minlash; ma᾿nodosh va ko‘p ma᾿noli so‘zlardan mosini tanlash hamda ulardan nutqda o‘rinli foydalanish; eskirgan so‘zlarning qo‘llanish o‘rni va qo‘llashni bilish; paronim so‘zlarning ma‘nolarini farqlagan holda to‘g᾿ri qo‘llashni bilish; kasb-hunarga oid atamalar va so‘zlarni o‘ o‘rnida to‘g‘ri va aniq qo‘lllash; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma᾿nolari, ma᾿no qirralarini farqlash va shu kabilar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutq aniqligini turli usul va yo‘llar orqali yaxshilash mumkin. Muntaza ravishda olib boriladiga faoliyatlar jarayonida ulardan aniqlikni talab qiliosh orqali nutq aniqligiga erishish mumkin. Masalan: “olma qanday daraxtda o‘sadi?”. Ushbu savolga bola aniq javob bera oladi “mevali daraxtda, olma daraxtida” kabi savolga javob beradi. Download 77.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling