Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


Download 77.28 Kb.
bet7/12
Sana08.06.2023
Hajmi77.28 Kb.
#1465621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kochkarova D.A Kurs Ishi

Nutqning sofligi. Nutqning sofligi adabiy til me᾿yorlariga va jamiyatning ma᾿naviy-axloqiy qoidalariga bo‘ysunishi bilan belgilanadi. Nutqning sofligii ta᾿minlash quyidagilarga bog‘liq: nutqda shevaga hos so‘zlar, ibora Grammatik shakl-qo‘shimchalar, urg‘u va talaffuzni qo‘llamaslik; boshqa tillarga hos so‘z va so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llamaslik; jargon va argonlar, dag‘al, qo‘pol va parazit ibboralarni qo‘llamaslik; idoraviy yozishmalarda qo‘llanadigan, qoliplashgan so‘ va iboralardan voz kechish va shu kabilar. Nutqning sofligi maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktab ta᾿limiga tayyorlashda ham ahamiyatga molik hisoblanadi. Bolalar oilada, ko‘cha-kuyda, o‘zaro do‘stlari bilan so‘zlashganda ishlatadigan har xil qo‘pol so‘zlarini nutqidan olib tashlab, uning o‘rniga chiroyli so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishligini tushuntirish zarurdir.
Nutqning boyligi. Nutqda tilning rang-barang unsurlari va imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanish orqali nutqning ta᾿sirchanligi, to‘g‘riligi hamda qiziqarliligini ta᾿minlash nutq boyligiga bog‘liqligini ta᾿minlash nutq boyligiga bog‘liq. Nutq boyligiga erishishda quyidagilarga amal qilinadi: fikr ifodasida bir xillikdan qochish; yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lish, so‘zlarning turli ma’nolari, gap modellari, ohang turlarini bilish va o‘rrinlisini tanlay olish; aynan bir xil tushuncha yoki fikrni ifodalashda turli-tuman so‘zlar, gap qurilishlari, ohangni qo‘llay bilish; til birliklarini o‘rinsiz takrorlamaslik, bunda leksik, morfologik va sintaktik ma’nodoshlikdan o‘rinli foydalanish va shu kabilar. Nutqning boyligi bu lug‘at boyligi bo‘lib maktabgacha katta yoshdagi bolalarni so‘z zahirasi bilan belgilanadi. Bolalarni so‘z zahirasi qancha ko‘p bo‘lsa shuncha nutq boyligi belgisi sanaladi.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning tuzilishi, gapning ifodali so‘z, jumla va iboralardan tarkib topishi, badiiy-tasviriy vositalariga ko‘ra tinglovchi diqqatini jalb qila olishi nutqning ifodaliligi sanaladi. Nutqning ifodali, ta’sirli bo‘lishi quyidagilarga asoslanadi: so‘zlar talaffuzida unli tovushni cho‘zish, undoshlarni ikkilantirish, ularni takrorlash, bo‘g‘inlarga bo‘lish, so‘z va qo‘shimcha urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish; ohang tezligi, yuqori-pastligini o‘zgartirish; frazeologik ibora, maqol, matal va hikmatlardan o‘rinli foydalanish; ko‘chma ma’noli so‘zlar, sifatlash, metafora va boshqa ko‘chmalarni qo‘llash va shu kabilar.8
Maktabgacha katta yoshda nutqning garamatik to‘g᾿riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlasga intilish bilan bog‘liq. to‘g᾿ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stellar, stellar, qavatlar va boshqa.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun – tuzdon va boshqa.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi.

Download 77.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling