Kutilayotgan natijalar:
- ota-onalarning pedagogik savodhonligini shakillantirish bo‘yicha maqsadli, tizimli ish olib borish;
-ota-onalarning farzand ta’lim-tarbiyasiga nisbatan ma’suliyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va boyitish, tarbiyalachilar bilan hamkorlikni kengaytirish.
• oilada o‘qish madaniyatining tiklanishi;
Bu loyihani amalga oshirishda ota-onalar bilan birgalikda ishni tashkil etish muhimdir.
Ushbu shakl Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar o’rtasida iliq muhitni shakillantirish bilan birga ota-onalarnig ma’naviyatini yanada yuksaltirishga, farzand tarbiyasida izlanish muhitini yaratishga imkon beradi.
Tarbiyachilar va ota-onalar fikrini bilish maqsadida ular bilan “FSMU” tehnalogiysida ishni tashkil qilishdan boshladik. Quyida FSMU texnologiyasi bilan ishlangan ishdan namuna keltiramiz.
Savol: MTT da “Ota-onalar kuni” tashkil etilishi ota-onalarning ta’lim jarayonidagi faol ishtirokini ta’minlashga qay darajada yordam beradi?
“FSMU” tehnalogiysi
Jadval 3.1.6
Fikr
|
Pedagoglar hamda ota-onalarda mas’uliyat hissini orttiradi.
|
Sabab
|
Bugungi kunda olib borayotgan faoliyatimiza u qaysi soha bo’lishidan qatiy nazar nazorat qilingan ish ko’proq mas’uliyatni talab etdi.
|
Misol
|
Ota-ona sifatida farzandimizning MTT dagi tadbir yoki sport musobaqasida qatnashganimizda Bolada o’ziga yanada ishonchini ortishi bilan bir qatorda pedagog ham o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi.
|
Umumlashtirish
|
Umumiy xulosa shuki ta’lim jarayonida ota-ona ishtiroki farzand taraqqiyoti uchun juda ko’plab ijobiy natijalarga erishishga eshiklarni ochib beruvchi kalit vazifasini o’tab beradi.
|
Loyihamizni amalga oshirishda ushbu texnologiyadan foydalanish ota-onalar va pedagoglarning fiklari haqida umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |