Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Bu loyiha quydagilarni o’z ichiga oladi


Download 0.73 Mb.
bet19/29
Sana06.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1673551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Munavvar ilmiy ish yakuni

Bu loyiha quydagilarni o’z ichiga oladi:

  • Ota-onalar farzandining MTT dagi faoliyatida erkin qatanashadi;

  • Farzandi bilan birgalikda mustaqil faoliyat olib boradi.

  • Tarbiyachi bilan hamkorlikda qiziqarli daqiqalar tashki etadi;

  • Ota-onalar bilan birgalikda tashkil etilgan noananaviy oyinlarda ertak qahramonlari sifatida ishtirok etishadi.

Shu munosabat bilan biz “Biz mustaxkam oilamiz” , “Baxtli bolalik”, “Eng chaqqon oila”, mavzularida sport musobaqalari, ko’rik tanlovlar hamda to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi, bu yerda ota-onalar o’z farzandlarining MTT dagi faoliyatida haqidagi batafsilroq bilishlari bilan bir qatorda ularning ta’lim-tarbiya haqidagi bilimlari va pedagogik savodhonligi yanada rivojlanadi. Bu jarayonda pedagogning mas’uliyati yanada oshadi.Asosan ota-onalar kunning birinchi yarmida farzandlari bilan birgalikda faoliyat olib boradi. Bunda ota-ona harhil obrazlarda yoki ertak qahramonlari ko’rinishida tashrif buyurishlari ham mumkin.MTT ga tashrif buyuradigan ota-onalar avval tarbiyachi faoliyatini kuzatib so’ng farzandi bilan birgalikda faoliyatni davom ettiradi.
Tarbiyachi dastlab ota-onalarga quydagi savollar bilan murojat qilishi mumkin:
1. Ota-ona sifatida pedagoglardan nimani o'rganishni hoxlaysiz?
2. Farzand tarbiyasi va rivojlanishi bo'yicha qanday maslaxat olishni hoxlar edingiz?
3. MTTning qaysi tadbirlarida ishtirok etishni juda hoxlaysiz?
4. MTT tadbirlarini o'tkazishda qanday yordam bera olasiz?
Maktabgacha ta'lim tashkilotining oila uchun ochiqligi – xar bir ota-onaga uning bolasi qanday yashayotganini va rivojlanishini bilish va ko'rish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir.
Ota-onalarning MTT ga tashrifida faqat farzandi bilan birga faoliyat olib borishi bilan cheklanmaydi. Shu bilan birga maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalariga maktabgacha ta'lim tashkiloti hodimlari tomonidan pedagogik va psihologik yordam berish juda dolzarbdir, chunki bu bolaning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday vaziyatda ota-onalar va jamoatchilik vakillarining ijtimoiy savodhonligi va kompetentligini rivojlantirish ota-onalar va jamoatchilikni pedagogik qo'llab-quvvatlash omili xisoblanadi. Shu sababli o'qituvchilar ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan o'zaro aloqada quyidagi muammolarni xal qilish uchun doimiy ravishda MTT psixologi o'quv seminarlari, treninglar, konsul'tatsiyalar tashkil etish tavsiya etiladi:
1. Bolaning rivojlanishi, tarbiyasi va ta'limidan habardorligini oshirish maqsadida ota-onalarning pedagogik maxoratini va xarakatchanligini oshirish;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi, psihologiyasi, fiziologiyasi bo'yicha so'nggi tadqiqotlar asosida ota-onalar ko'nikmalarini takomillashtirish.
3. Ota-onalarning talablari, extiyojlaridan kelib chiqib, ular uchun o'quv tadbirlarini maqsadli tashkil etish.
Ota-onalar va tarbiyachilarning birgalikdagi faoliyati bizga bolalarni tarbiya-lashda mavjud muammolarini birgalikda aniqlash va ularni xal qilish imkonini beradi. Bunday xamkorlik quyidagi jixatlarga yordam beradi:
● ikkala tomonning ta'lim olishi imkoniyatlarini o'rganish;
● yutuqlar va muammolarni tarbiyachi bilan birgalikda aniqlash (bolaning
rivojlanish haritasi ma'lumotlari asosida;
● o'qitish, ta'lim va rivojlanishning dolzarb muammolari nuqtai-nazaridan
bolalar va kattalarning birgalikdagi loyixaviy faoliyati.
Bolaning xar tomonlama rivojlanishi va ta'lim olishi uchun ikki tarbiyaviy muxit – oila va MTTning o'zaro xamkorligi juda muximdir. MTT va ota-onalar orasidagi o'zaro do'stona xamkorlik MTT pedagoglari oldiga quyidagi muxim vazifalarni qo'yadi:
● ota-onalar bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllanti-rish;
● oilaning yagona ta'lim muxitida ishtirokini ta'minlash;
● ota-onalarning tarbiyaviy ko'nikmalarini faollashtirish va boyitish
xamda ularning o'zlaridagi pedagogik imkoniyatlariga bo'lgan ishonchlarini
qo'llab-quvvatlash;
● tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan muntazam xamkorlikni yo'lga qo'yish;
● ota-onalarni rag'batlantirish.



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling