Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxmutazimova yulduz raxmatovna
Download 3.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijodkorlik
- hayratlanish, zavqlanish, oddiy ko‘rinadigan narsalardan hayratlanarli va noodatiy narsalami ko‘rish qobiliyatidan boshlanadi. Bu esa o ‘z timsolini san’at va ijodiy faoliyatda topadi. San'at - atrofdagi olam tasvirlarini so‘zlar, tovushlar, tasvirlar orqali namoyish etishga qaratilgan badiiy-estetik boyitilgan inson faoliyati hisoblanadi. Texnika va texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda faol, tashabbuskor, kreativ, ijodiy fikrlovchi shaxs o ‘z o ‘mini topishi shubhasizdir. M aktabgacha yosh davri - bu barkamol shaxs shakllanishining eng muhim poydevor davri bo‘lib, bu davrda ijodkorlik, kommunikativ faollik san'at bilan b o giiqlikda olib borilsa ju da maroqli va mazmunli bo‘ladi. M aktabga tayyorlov yoshidagi bolalarda kommunikativ ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan innovasion usullami qo‘llashda men animatsiyaga murojaat qildim. Animatsiya - lotincha “animare” - “jonlantirish” m a’nosini anglatib, alohida tasvirlaming yuqori tezlikda ketma-ket ko‘rsatilishidir.Ya'ni tasvirlar ketma ketligi yaxlit harakat sifatida qabul qilinadi. Shuningdek animatorlar animatsiya yaratishda ixtisoslashgan 113 rassomlardir.Animator tezkor ketma ketlikda ko‘rsatilganda animatsiya deb ataladigan harakat tasavvurlarini beruvchi tasvirlarni yaratadigan rassomdir.Animatorlar film, multfilm, video o ‘yinlami yaratadilar. Animatsiya - ekrandagi san'atning bir turi sifatida bolalarga barcha ijodiy qobiliyatlarini ro ‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Animatsion ijodkorlik bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi va shu orqali ulaming ijtimoiylashuviga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu innovatsion usulning ixchamligi, harakatchanligi, uning mavjudligi maktabgacha ta ’lim tashkilotlarida foydalanish samarali natija beradi, buni albatta bolalarning yosh xususiyatlariga va qiziqishlarini inobatga olib amalga oshirilsa. M aktabgacha ta ’lim tashkilotlarida animatsion filmlaming yarati- lishi bir qator ta ’lim-tarbiyaviy muammolar va vazifalami hal etadi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy salohiyatini, kommunikativ faolligini namoyish etadi hamda kreativ fikrlashini rivojlantiradi. Animatsiya san’ati ijodiy tafakkumi rivojlantiradi, atrofdagi dunyoni ko‘ra olish va muloqotchanlik qobiliyatini rivojlantiradi. Download 3.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling