Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 78.2 Kb.
|
201-GURUH KURS ISHI FARIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: O‘smirlarning ijtimoiylashuvi va ulardagi shaxslararo munosabatlar bir qancha omillar, ijtimoiylashuv agentlari bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshishi va turlicha namoyon bo‘lishi fransiyalik Gabriel Tard, amerikalik U.Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi bir qancha mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Kurs ishining maqsadi: O‘smir yoshidagi o‘g‘il bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogika, profilaktika ishlarining mazmun mohiyati borasida olib borilgan ishlarni, fikrlarni, qarashlarini o‘rganish. Kurs ishining vazifalari: O‘smir yoshidagi shaxslarning ijtimoiylashuv jarayoni haqida umumiy tushunchalarini hosil qilish; O‘smirlarning ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganish; O‘smir yoshidagi shaxslarning ijtimoiylashuv jarayonida shaxslararo munosabatlarning o‘rni va o‘ziga xosliklarini tahlil qilish; O‘smirlar jamoasida psixologik iqlimni o‘rganish; Kurs ishining obyekti: O‘smir yoshidagi o‘g‘il bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik, profilaktik ishlarni o‘rganish jarayoni Kurs ishining predmeti: O‘smir yoshidagi o‘g‘il bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogika, profilaktika ishlarini o‘rganishning metod, usul va vositalari Kurs ishining amaliy ahamiyati: O‘smir yoshidagi bolalarda ijtimoiylashuv jarayonida shaxslararo munosabatlar ta’sir o‘tkazadi va shaxsning psixik rivojlanishini harakatga kеltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tuman hisoblanadi. Rivojlanishning mohiyati qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar, bola shaxsining psixik rivojlanishini bеvosita harakatga kеltiruvchi kuchlar, ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga kеladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga kеladigan yangi ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o‘sib borayotgan jismoniy va ruhiy imkoniyatlari orasida tarkib topgan o‘zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning barcha darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlar kiradi. Bu kabi masalalarga yechim topish esa o‘smirlar jamoasida kuzatilib turadigan salbiy holatlarning oldini olish imkonini taqdim etadi. Download 78.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling