Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi
II BOB.O‘SMIR YOSHDAGI YIGITLAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI
Download 78.2 Kb.
|
201-GURUH KURS ISHI FARIDA
II BOB.O‘SMIR YOSHDAGI YIGITLAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI
2.1.O‘smir yoshidagi bolalar ijtimoiylashuv jarayonida profikaktik hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyat XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish – O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g’oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg’usini qaror toptirish bo‘lib qoldi. Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi va uning maqsadlarini o‘quvchi – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega. Oila shaxs ijtimoiylashuvida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umiri davomida ta’sir yetadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o‘z-o‘zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqye’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o‘zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko‘nikmalar avloddan-avlodga o‘tib keladi. Oiladagi munosabatlarni yaxshi bo‘lishi uchun bugungi kunda yuksak malakali psixolog, pedagog-mutaxassislar, mahalla yordamiga muhtoj deyish mumkin. Oilada bolalar tarbiyasining barqaror bo‘lishi uchun maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligida faoliyat olib borish kerak. Ayniqsa boshlang’ich sinf o‘quvchilarini maktab faoliyati uchun ularda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhimdir. Bunda o‘qituvchilar har bir o‘quvchilarning oila-a’zolarini bilishi, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lishi uchrashuvlar o‘tkazib turishi lozim. Bolalar birdaniga maktabga o‘rganib olishi qiyin kechadi. Ko‘p hollarda bolalar maktabga borishdan bosh tortadi bunda ularning o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ota-onalar hamda o‘qituvchi, sinf rahbarining o‘rni nihoyatda kattadir. Bolalarni maktab muhitiga o‘rganishi va moslashuvi asosan 1-sinfda o‘qishi jarayonida kechadi. Ikkinchi yilga o‘tgandan keyin maktab muhitiga to‘liq moslashib oladi. Ijtimoiy moslashuv o‘smir yoshidagi bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Oila – tarbiya shu bilan birga ijtimoiylashuvning birinchi maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuv uning eng muhim vazifalaridan sanaladi. Shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarini, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob, muomala qoidalarini ham o‘zlashtirib boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy maqom qadriyatlar ona suti, oila a’zolarining mehri va namunasi bilan bola xulqi, ongiga singiydi. Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, jinsiy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Bu o‘rinda misoli ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. O‘zbek oilalariga xos yana boshqa xarakterli xususiyatlar ham mavjud. Ular uzoq yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan va bugungi kunda ham o‘z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni, bolajonlilik, serfarzandlik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota-ona tomonidan boshqarilishi, kichiklarning kattalarga izzat-ikromi, oila g’ururi, sha’nini himoya qilish uning har bir a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug’ilib o‘sgan joyga alohida mehr-muhabbat tuyg’usini rivojlantiradi. Ijtimoiylashuv murakkab va uzoq davom etadigan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, u farzand tug’ilmasdan ancha oldin boshlanadi. Ya’ni, bo‘lajak ota-onaning salomatligi, kayfiyati, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmuni farzandlarda o‘z ota-onasidan, oilasi, ajdodlari, tug’ilib o‘sgan o‘lkasi, Vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g’ururlanish hissini uyg’otishdan iborat. Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib yetiladigan barkamol ma’naviyati yuksak ma’naviyatli jamiyat barpo etishda muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki, bola o‘z tarbiyasiga ko‘ra g’oyat ta’sirlanuvchan bo‘ladi. Ota-onalar o‘z bolalarini bilishlariga nisbatan bolalar o‘z ota-onalarini yaxshiroq biladilar. Bola ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so‘zlarini takrorlaydi. Kishi ulg’aygach, bolaligida ko‘rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu narsalarning barchasi uning qalbida, ongida o‘zidan qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi. Shuning uchun ham oilada bolalarga beriladigan nasihat va o‘gitlar, ma’rifiy g’oyalar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega. Oilada ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo‘stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlar haqida fikr yuritilishi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir etadi. Chunki oila muhitida bolalarni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat etish to‘g’risidagi fikrlar farzand barkamolligining asosini tashkil etadi. Oilada bolalarni ilm olishga da’vat etish, bilimli kishilardan yaxshilik kelishiga ishonish, ularning fikrini eshitibgina qolmay, amalda unga rioya etish lozimligi haqidagi o‘gitlar, ilm-ma’rifat ishlari, ezgu maqsadlarni amalga oshirish muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Chunki, inson ilm-ma’rifatli bo‘lsa, odamlarga huzur baxsh etadi. Bilimli bo‘lish bilan birga, yomon xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlanish zururligi, manmanlik, maqtanchoqlikning zararli oqibatlari xususida nasihatlarni bayon etish oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Ma’lumki, bilimli, ma’rifatli bo‘lish kishining kibr-havodan uzoqroq turishini ta’minlaydi, o‘gitlarda insonning kibr-havodan uzoq bo‘lishi atrofdagi kishilar bilan ijobiy munosabatni o‘rnata olishi uchun zamin hozirlaydi. Ilm sari intilish qutlug’, ezgu ish sanaladi. Demak, har bir kishi ilm o‘rganish sari intilishi, o‘zlashtirilgan bilimlarga amal qilishi, kibr-havodan voz kechishi zarurdir. Ilm o‘rganish yo‘lida aziyat chekkan, mashaqqat tortgan kishigina uni to‘laqonli o‘zlashtira olishi, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashi mumkin. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning xususiyatlaridan yana biri bu aqlni rivojlantirishdir. Chunki, aqlli odamning zehni o‘tkir bo‘ladi, u har qanday o‘git-nasihatni tezda o‘z ongiga singdirib oladi. Inson zehnining o‘tkirligi, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o‘ljani ko‘rib, unga ega bo‘lish ilinjida pastga sho‘ng’ishida sodir etadigan tezligidir. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi. Aqlli, bilimli kishilar behuda gaplarga ahamiyat, befoyda, o‘zgalarga ziyon yetkazuvchi ishlarni amalga oshirmaydi. Nojoiz berilayotgan hadyalarga uchmaydi. Amalga oshirayotgan har bir harakati evaziga in’om-ehson kutmaydi, bahosi u qadar baland bo‘lmagan sovg’alarni o‘z qadr-qimmatidan yuqori qo‘ymaydi. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash xususiyatlaridan yana biri xushxulqlikdir. Bilim va hunar egasi bo‘lish, ezgulik, yaxshilik yo‘lida hamda umum manfaati uchun mehnat qilish xushxulq insonga xos fazilat hisoblanadi. Kishilar o‘rtasida juda totuvlik, o‘zaro ahillikning yuzaga kelishi yurtning farovon bo‘lishi, odamlarning to‘kin-sochin yashashining asosiy omilidir. Oilada bolalarni inson shaxsi va uning qadr-qimmatini ulug’lashga o‘rgatish, mehmondo‘stlik, do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usiga ega bo‘lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o‘gitlar haqida ma’lumotlar berish insonni yoshlikda aniq bir maqsadga intilishga tinimsiz harakat qilish, voyaga yetganida uning rohatini, mehnati natijasini ko‘rish tushunchalarini shakllantiradi. Ko‘rinib turibdiki, oilaning ta’lim-tarbiya borasidagi donishmandligi bola kamolotining asosini tashkil etadi. Oʻsmirlar oʻzlarining ota-onalariga befarq boʻlib, ular bilan kichiklarga oʻxshab munosabatda boʻlishlarini istashmaydi, yoshlarning tabiati va dunyo qarashi, kattalarning intellektual dunyosiga qaraganda kengroq deb oʻylashadi. Shu sababli oʻsmirlar tarbiyasida birinchi navbatda moddiy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, mehnat qilish, oʻziga va boshqalarga nisbatan masʼuliyat hissini tarbiyalashga koʻmaklashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir yoshdagi odamlarning xulq-atvori va dunyoqarashini aks ettiradigan o‘ziga xos xususiyatlari bor. O‘smirlik yoshi o‘smirlik va zaiflik bilan bog'liq jismoniy o‘zgarishlar ro‘y berishining uzoq davom etadigan davri. Psixologlar orasida o‘smirlikning psixologik xususiyatlari bir necha sabablarga ko‘ra "o‘smirlik majmualari" deb nomlanadi: begonalarning baholashiga yuqori sezuvchanlik; boshqalarga nisbatan haddan tashqari kibr va qat'iy hukmlar; ziddiyatli xulq-atvor: norozilik o‘rnini betartiblik, zaiflik chegarasida ifodalangan mustaqillik; hissiy beqarorlik va to‘satdan kayfiyat; umumiy qoidalar va umumiy ideallarga qarshi kurashish. O‘smir yoshi 13 dan 18gacha (2 yil). Barcha psixologik o‘zgarishlar o‘smirlikning fiziologik xususiyatlariga va organizmdagi bir qator morfologik jarayonlarga bog'liq. Tanadagi barcha o‘zgarishlar to‘g'ridan-to‘g'ri o‘smirning reaktsiyalaridagi o‘zgarishlarga atrof muhitning turli omillariga to‘g'ridan-to‘g'ri ta'sir qiladi va shaxsning shakllanishida aks etadi. O‘smirlikning psixologik jihati birinchi o‘ringa chiqadi. Psixikaning rivojlanishi hissiylik va hayajonlanish kuchayishi bilan tavsiflanadi. O‘zining jismoniy o‘zgarishini sezgan o‘smir kattalar kabi o‘zini tutishga harakat qiladi. Haddan tashqari faollik va asossiz o‘ziga ishonch, kattalarning qo‘llab-quvvatlanishini tan olmaydi. Negativizm va zukkolik tuyg'usi - bu o‘smirning psixologik neoplazmasidir. O‘smirlik davrida do‘stlik zaruriyati, jamoaning «ideallari» ga yo‘naltirilganligi yanada kuchayadi.Tengdoshlar bilan muloqatda ijtimoiy munosabatlarning simulyatsiyasi mavjud bo‘lib, o‘z xatti-harakatlari yoki axloqiy qadriyatlarning oqibatlarini baholash uchun ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.O‘z-o‘zini hurmat qilishning etarlicha darajasi o‘z-o‘zini ishonchga, o‘z-o‘zini tanqid qilishga, qat'iyatlilikka, hatto o‘zini haddan ortiq ishonishga va qat'iyatlilikka olib keladi O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “ Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil qila boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. O‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga xaqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi “katta bo‘lib qoldim” deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham psixologlar “katta bo‘lib qolganlik tuyg‘usi”ni shaxsning o‘smirlik yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-ahloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jarayonida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Jinsiy yetilish o‘smirning bu yoshdagi xulq-atvoriga asosiy biologik vosita sifatida ta’sir o‘tkazadi.Lekin bu bevosita ta’sirdir. Kichik o‘smir psixologik "mexanizmi" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi. Endokrin garmonlarini paydo bo‘lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalar faolligining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda ularning o‘zlarini kattalardek his etish, mustaqil bo‘lish tuyg‘ularini tuyushlari uchun qulay shart-sharoitlarni olib keladi. Biroq, psixik rivojlanishning bu bosqichida ham bola hali mustaqil harakat qilishga to‘la tayyor bo‘lmaydi. Ijtimoiy omillar esa quyidagilardir: kichik maktab yoshidan o‘rta maktabga o‘tish, ya’ni yakka o‘qituvchi rahbarligidan ko‘pchilik o‘qituvchilar tasarrufiga o‘tish va muloqatdagi o‘zgarishlar ijtimoiy foydali ishlarni kengaytirib borish, mustaqil va amaliy ishlarni ko‘proq bajarish, shu bilan birga bolaning oiladagi o‘rnining ham o‘zgarishidir. Katta o‘smirlarga nisbatan kichik o‘smirlarda paydo bo‘ladigan kelisha olmaslikni ulardagi jinsiy yetilish bilan emas, balki atrofdagi shart-sharoitlar, oiladagi ota-ona, aka-ukalarning unga munosabati, mahalla-ko‘y, ya’ni ijtimoiy sharoitlar ta’siri bilan bog‘lash zarur. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo‘lishi, negativizm singari nohush hulq–atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o‘rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni ulardagi psixologik iqlimni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, yomon xulq-atvor, o‘jarlik, kamchiliklarini tan olmaslik kabi salbiy xislatlarning oldini olishi mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, har bir tanqid go‘yoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga e’tibor bermaydi.Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil salbiy odatlarga o‘rgana boshlaydilar. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar o‘qituvchi va ota-onalarni qattiq tashvishga soladi. Ularni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun esa kattalardan psixologik bilim va tajribani talab etadi. Bu yoshda kattalar o‘smirlarni bilib-bilmay qo‘yayotgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo‘l bilan yondashgan holda yordam berish uni "katta bo‘lib qolganlik” tuyg‘usini so‘ndirib emas, balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatishi zarur. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson deb biladi. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim. Ba’zi o‘qituvchilar kichik o‘smirdagi bu o‘zgarishlar - salbiy alomatlar, urushqoqlik, o‘jarliklarining ildizlari qayerdan kelib chiqqani va nima bilan bog‘langanligi, nimaning ta’siri ekanligini bilmay turib, noto‘g‘ri tashxis va xulosalar chiqaradilar, bu esa aksariyat holda fojiaga olib kelishi mumkin. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o‘smirning o‘z mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baholashidir. O‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholash bilan kichik o‘smirning psixik imkoniyatlari o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi. Kattalarning irodasiga bo‘ysinmaslik, maktab, sinf faollari va boshqalarning qarorlarini bajarmaslik-bu mazkur sharoitga yetarli darajada baho bera olmaslikning yagona reaksiyasi bo‘libgina qolmay, shu bilan birga bu o‘smir, uning shaxsi nuqtai nazaridan o‘zini boshqalarga tanitish yo‘li sifatida ham xizmat qiladi. Bu yo‘l orqali bola o‘z shaxsining ahamiyatini, uning ta’sirchanligini hamda tevarak-atrofdagi kishilarga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini ham ta’kidlab ko‘rsatishga erishmoqchi bo‘ladi. Boshqalar fikriga ta’sirchan o‘smir ular haqida keskin fikr bildirishdan tortinmaydi. Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy bir hislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta tutishlariga to‘sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday hatti-harakatlarini ijobiy baholashga intilishi kerak. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga tarbiyalashga harakat qiladilar. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi.kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum tenghuquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi. O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. O‘z-o‘zini anglash hissini tarkib topishi, o‘ziga nisbatan go‘yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu davrdagi har ikki jinsdagi va istagan tepmerament tipidagi o‘smirlar uchun muhim xususiyatlardir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida, o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi.Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari o‘smirning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishga va ayrim xatti-harakatlari)da namoyon bo‘la boshlaydi. O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning ijtimoiy rollari turlicha bo‘lishi to‘g‘risidagi jamiyatda tarkib topgan tushunchalar bilan bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan tasavvurlar o‘smir yoshidagi shaxsning shakllanish yo‘llarini belgilab beradi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.O‘smirlik yoshida, taxminan 13-14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. O‘smirlar dunyoqarashqarashlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar, ularning kamalak va kamolot tashkilotlarida ishtirok qilishlari bunday qiziqishlarning o‘sishiga ko‘p jixatdan yordam beradi. Mana shularning hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislarni o‘sishi uchun manba bo‘lib qoladi. O‘smirlarda hayol kuchli ravishda o‘sadi. Hislarning o‘zi hayolning o‘sishiga yordam beradi.va hayolning o‘zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bo‘lib qoladi. Kelajak to‘g‘risidagi orzular, qahramonlik, romantika- shularning hammasi emotsional kechinmalarning manbayidir.Bu yoshda o‘z-o‘ziga baho berish hissi kuchli ravishda o‘sadi. O‘smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy-siyosiy masalalarga qiziqish o‘sishi tufayli axloqiy hislar o‘smirlarhayotida katta o‘rin oladigan bo‘lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo‘ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi sababli emotsional qo‘zg‘alishlarning xarakterida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo‘laveradi, lekin ko‘pincha bu hislar barqaror bo‘lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o‘smirlarda injiqlik va arazlash ko‘p bo‘ladi. Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o‘smirlar guruhlari paydo bo‘ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo‘lib sodir edishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o‘smirning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilmagan natijalarga olib kelavermaydi. Bu holat huquqbuzar o‘smirning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo‘lganligi va a’zolariga bog’liq bo‘lishi bilan izohlanadi. Demak biz pedagogik tarbiyasi og’ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o‘spirinlarni o‘rab turgan mikro muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish zarurligini ham ta’kidlab o‘tamiz. Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi, tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og’ir bolalarni sinf jamoasi, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarning normallashuvi natijasida o‘smir guruhlarning rejali qayta to‘g’irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o‘smir shaxsining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyasi og’ir o‘smirlar bilan ish olib borish ommaviy so‘rovnoma va anketa to‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o‘smirlar guruhlarning qayerda paydo bo‘lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Tarbiyasi og’ir o‘smirlar ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, muomala qilish joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo‘nalishi. Muomalaning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o‘smir guruhlari bilan ishlashning eng to‘g’ri va samarali shakl-vositalarini qo‘llashga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo‘lgan o‘smirlar guruhlarida o‘zaro axborot almashuv va muomala qilish qiziqarli bo‘ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg’on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin. Tarbiyachining vazifasi: 1. Guruhdagi muomalaning mazmunini bilish; 2. Tarbiyaviylar ta’sirni to‘g’ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g’ri tomonga yo‘naltirish. Guruhlarning o‘rnatilishi va tahlil qilinishi lozim bo‘lgan mashg’ulotlarini ikki turga ajratsak bo‘ladi – vaqt bo‘yicha – doimiy va nodoimiy, yo‘nalishi bo‘yicha – ijobiy ( mehnat, sport, san’at bilan mashg’ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘ynash). Tarbiyasi og’ir o‘smir guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidag muvaffaqiyatli amal oshib, uning asosida: Maktab yordamida: Maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir( seksiya, klub, to‘garaklar); Intizomli a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’sir. Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga talab bo‘lganda juda muvaffaqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlari umumiyligi yotadi. Bu yo‘nalishning amalga oshirishning muvaffaqiyati ko‘p borada o‘qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog’liq. Sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bunaqa birgalikdagi faoliyatni talab qiladi. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko‘p narsa bog’liqligini anglab yetishadi. Bunaqa faoliyatlarda og’aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to‘g’ri munosabat shakllanadi, yuklatilgan vazifa uchun ma’suliyat hissi ortadi; Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlari mikro tuman tarbiyaviy ishida maktab jamoasi bilan birgalikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi; Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirning tashkil qilishda quyidagi holatlar inobatga olish lozim: Birinchidan to‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik lozim balki mehnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali pedagogik o‘smirlarni atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim Ikkinchidan, norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishsa bo‘ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyishadi. Bu jarayon o‘smirlar uchun sezilmaydigan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir. Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o‘smirlarni o‘z tanlashgan, uning bajarilishidan qoniqish sezishadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlanish, keyinchalik uni o‘smirlarda bajarayotgan ishlari uchun ma’suliyat xissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib boradi. “Tarbiyasi og’ir” bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko‘zda tutadi. Qayta tarbiyalash bola yoki o‘smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o‘tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og’ir jarayondir. Tarbiyalanuvchining yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi kerak. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi bugungi kunini tahlil qilib uning kelajagini tasavvur etishi lozim. O‘smirni qayta tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir nech bosqichdan iborat: Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish; O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash kerak; Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash; Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish. Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltiriladi. O‘smirlar bilan reabilitasion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o‘xshash maqsadini qo‘yadi. Bu axloqiy komil inson o‘smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga yordam beradi. Download 78.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling