Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti “pedagogika” kafedrasi


Download 78.2 Kb.
bet3/7
Sana02.04.2023
Hajmi78.2 Kb.
#1321861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
201-GURUH KURS ISHI FARIDA

Ishning tarkibiy tuzilishi: Kirish, 2 ta bob 4 ta reja, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB.O‘SMIRLAR IJTIMOIYLASHUVI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR
1.1.O‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayoni haqida umumiy tushuncha

O‘smir yoshidagi bolalarni ijtimoiy omillari. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi.


O‘smir yoshidagi bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug’ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulg’aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rgandilar.
O‘smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshida ijtimoiylashuviga xos yorqin psixologik-pedagogik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o‘smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vigotskiy ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro masalasini ko‘rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqat jarayonida shakllanadi, demak muloqat nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o‘qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o‘zgaradi.
O‘smirlik yoshini pubertat davr deb atagan Sh.Byuller o‘z ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan. Pubertat davr,-bu biologik o‘sish davri bo‘lib, jinsiy yetilish o‘z nihoyasiga yetadi ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o‘smirlik deb ataydi. Sh.Byuller pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O‘smirning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar undagi o‘zidan o‘zi qoniqishi va xotirjamligini izdan chiqarib, uni o‘zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni izlanuvchan qilib qo‘yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi. Ya’ni Sh.Byuller psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o‘g‘il bolalarda o‘rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo‘lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o‘smirning urushqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo‘zg‘aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo‘zg‘aluvchanlikni ko‘rsatadi. O‘smirlarning o‘zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo‘lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o‘smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go‘zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi. Demak, Sh.Byullerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko‘rsatishga qaratilgandir.Sh.Byullerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o‘smirlik davri oralig‘ida o‘y-xayollarga berilish, yaqin do‘stga ehtiyoj sezish va «do‘stni ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga o‘sib o‘tishini ta’kidlaydi.Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi.
Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi .Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi. Ko‘krak qafasi ham gavdaning bo‘y o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning yelkasi, ko‘kragi tor bolib qoladi, bu esa o‘z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining ortishi ro‘y beradi. Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.
O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan lekin, kattalar hayotida xali o‘z o‘rnini topa olmagan murakkab holatda bo‘ladi. Shuning uchun ham, o‘smirlik davri “O‘tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balog`at davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlar bilan xarakterlanadi. O‘smirlik davrida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo‘lishi, negativizm singari noxush xulq-atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o‘rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o‘qish, muloqat hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqatining asosiy vazifasi bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. O‘smirlar muloqatining asosiy xususiyati shundan iboratki u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlik insonni balog‘atga yetish davri bo‘lib, o‘ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik o‘zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o‘g‘il bolalar kiradilar.
E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o‘smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern «Do‘stingni ko‘rsatsang, kimligingni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izohlashga harakat qiladi. Chunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi, qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:
a) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;
b) estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo‘lib, u individual tanlanganlikka ega;
v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-harakatlaridagi shiori ko‘proq foyda (natija)ga qaratilgan bo‘ladi;
g) ijtimoiy tip-hayotining mazmunini muxabbat, muomala va o‘zgalar uchun yashash tashkil etadi;
d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o‘tkazish va buyruq berish xosdir;
y) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan xaspo‘shlashga urinadi.
V.Shternning fikricha, o‘tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning yo‘nalganligi, balki harakatlarning o‘ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o‘yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o‘yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o‘yinlar o‘smirning maqsad qo‘yishiga, turli qiziqishlarga o‘z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, o‘smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o‘smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday o‘zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntiriladi. Shaxsning axloqiy jihatdan intensiv tarkib topishi, xatti-harakatlarining axloqiy etnik normalarini o‘zlashtirish o‘smirlik yoshining muhim psixologik xarakteristikalaridandir. O‘smirlik yoshida faqat jismoniy taraqqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya protsessining ta’sirida, kollektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi. O‘smirlik yoshi xatti-harakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip qoida, idealarining, baholash mulohazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshining ilk davrida u yoki kattalarning, ya’ni o‘qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko‘rsatmalari bilan, yoki o‘zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta’siri bilan harakat qilgan bo‘lsa, endilikda uning uchun o‘z xatti-harakatlarining prinsipi, o‘zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo‘yiladi. O‘smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o‘ynab turib stulni sindirib qo‘ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo‘lsa, bu jazo emas. Agar o‘zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o‘smir uchun ravshan: bu jazolash emas, balki xatti-harakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixologlar o‘z oldilariga o‘smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o‘rganish vazifasini qo‘yganlar. Tadqiqotlar umuman o‘smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko‘rsatadi. O‘smirlarning ko‘pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to‘g‘ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz qat’iylik-bu odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning hech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko‘rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «Qat`iylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o‘smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o‘sadi. «Kamtarlik-bu, o‘ziga oqilona baho bera bilish, o‘z-o‘ziga va xatti-harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishdir.» E’tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda o‘smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar yetarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o‘ziga xos axloqiy etalon bo‘lib xizmat qiladi, o‘smir esa o‘z xatti-harakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o‘smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bo‘ladi bu odam o‘smir yuksak darajada baholaydigan sifatlarni o‘zida gavdalantirgan bo‘ladi. Ko‘pgina bunday ideal ota-onalar, o‘qituvchilar yoki yaxshi ko‘radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi o‘smirlarda ideal sifatida majmui bo‘lmish umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi.
O‘smirlik davri ijtimoiylashuvida yetakchi faoliyat shaxsiy intim muloqatdir. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqat hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqatining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O‘smirlar muloqatining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tola o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqatda bo’lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar do‘stlik, o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashuvni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom etaveradi. Bunda o‘smirlar va ilk yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi.
O‘smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan do‘st kerak. O‘smirning do‘stlari bilan muloqati ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hol o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining yetuk mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqatda bo‘lish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqatning o‘rnini bosa olmaydi. O‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqat u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi.U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.O‘smirda tengdoshlar bilan muloqat qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bo‘lish xohishi - do‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo’lishdek kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.O‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat - jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqat qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa - ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, o‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari - sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘riso‘zlik. Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an'ana va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota-onalarga ko‘proq taqlid qiladilar. G’amxo‘r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo‘llab-quvvatlamaganda bola o‘z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Konfutsiy “Eskini o‘zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la oladi.” degan edi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo‘lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir biriga o‘xshamaydi. Bu tabiiy xol. Lekin ko‘pincha kattalar buni unitib qo‘yadilar, o‘zlaricha qandaydir umumiy tavsiyalardan yordam ko‘rishga moyil bo‘ladilar va bunda: “ bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so‘zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar bolaning me'yorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga o‘rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o‘tishi bilan, payti kelganda uning o‘zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o‘z ota-onalariga, do‘stlariga va nihoyat, o‘z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan uzishni tushunib oladi.
Buning uchun esa bolani qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarning qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada qadriyatli hisoblangan o‘zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganlik xis etishga yordam beradigan usulini topish kerak. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi qo‘llanilmaydi. Har xolda ota-onalarning “qiyin” chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga tog’ri kelmaydi, garchi bu bosqichda qiyinchiliklar ko‘p bo‘lsa ham. To‘g’ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik xarakterda bo‘ladi va ko‘pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o‘rniga boshqalari paydo bo‘ladi, ular chaqaloqlik davrida, ayrim xollarda undan ham oldin bolaning tug’ilishini kutish vaqtlarida yashirilgan bo‘ladi. Hali bola go‘daklik davrida onasi unga qanday munosabatda bo‘lish to‘g’risida unchalik qayg’urmaydi, u ana shu jajji jigargo‘shasini parvarish qilishga doir hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli.
Shu narsa aniqlandiki, uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo‘lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtaxasi ham bo‘ladi. Shunday qilib, onada ham, bolada ham, bo‘ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini ob’ektiv baholashgan bo‘ladilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachon bu haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o‘ylab ko‘rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik xolatiga moslashadi”, onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi xis qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyini o‘ziga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi xolos. Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo‘ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo‘lgan nuqsonlarni tuzata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo‘ymasligini anglagan vaqtda emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo‘ladi.
Nima uchun kattalar bola bilan bo‘ladigan munosabatlarida har qanday qiyinchilikka duch kelganlarida boladan achchiqlanadilar va undan shikoyat qiladilaru o‘zlarining imkoniyatlarini izlab ko‘rmaydilar? Ular qarindosh urug’lardan, tanishlardan, pedagoglardan, xatto psixolog va psixoterapevtlardan maslahat so‘raydilar. Ulardan uni, buni qilish, ma’lum vaqtdan keyin esa mana buni qilish kerak, shunda shikoyatlariga o‘rin qolmaydi, hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi, qabuldagi aniq bir tavsiya, yo‘l-yo‘riqlar kutadilar. Vaholanki bu maslaxatlar ko‘p narsa bermaydi. Faqat ota-onalarning o‘zlari vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilishlari va aynan shu oilada, aynan shu bolaga nisbatan qanday yo‘l tutish zarurligini va mumkinligini belgilashlari mumkin. Mumkin bo‘lgan ko‘pgina variantlar orasidan to‘g’risini tanlashda ota-onalarga psixologning ham, tajribali pedagogning ham maslahatlari yordam berishi mumkin.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya assotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqan xatti-harakatlaridan farqli o‘laroq assotsial axloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonarmal o‘zaro munosabatlar, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko‘rsatadiki, assotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham tug’ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoinki “Tarbiyasi og’ir” bolalar esa pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o‘zgarishini- pedagogik xatolar oqibatidir.
Shaxsni kuzatish talab etiladigan keng doiradagi bolalar “qiyin” bola atamasi bilan belgilanadi. Kattalarning talablari maslaxatlariga qarshilik ko‘rsatadigan, ularning so‘ziga kirmaydigan, injiq, o‘jar bolalar shu toifadagi bolalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday og’ishlarning sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko‘rsatish bilan bir vaqtda uning ehtiyojlari, qiziqishlariga e’tibor berish va faoliyatining kollektiv shakllariga jalb etish–bolaning fe’l-atvorida paydo bo‘ladigan injiqlik, o‘jarlik, itoatsizlikning oldini olish va ularni bartaraf etishning asosiy yo‘lidir.
Bolalarning ma’lum qismi sho‘xligi, intizomsizligi, qo‘rsligi bilan ajralib turadi. Bunday o‘quvchilarga individual yondashish va ularning intizomsizlik sabablarini aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faolligini maqsadga muvofiq tashkil etish, qadr-qimmati, ma’lum darajada mustaqillikka bo‘lgan huquqlarni hurmat qilishni nazarda tutadi. Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, hayrixox munosabatini, ikkinchidan uning ijobiy fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensial imkoniyatlariga ishonishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli katta. Eng yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o‘quvchiga, o‘quvchilar jamoasiga,oilaga ko‘rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning sa'yi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

  • O‘quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o‘quvchi tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo‘qotishga;

  • Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro‘y beradi;

  • a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to‘xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni yengib o‘tish;

  • b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to‘g’rilik, yaxshilik, go‘zallik, ma’suliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.

O‘qituvchi yo‘l qo‘yadigan:
Birinchi xato - o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga olmaslikdir. Bola o‘zining individualligi bilan boshqalarga o‘xshamaydi, u betakror. Uning o‘ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o‘quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etish va o‘quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim o‘qituvchilar o‘quvchidagi chetga chiqish xollarini ko‘rmaydilar. Vaholanki, bu chetga chiqish bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘qituvchining puxta o‘ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o‘z vaqtida ularga ko‘rsata bilmasalar, hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo‘lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo‘li bilan ulardagi o‘tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi xato - bolalarda ro‘y berayotgan fikrlash jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatini yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o‘zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish o‘quv jarayonida o‘rtacha o‘quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to‘g’ri yo‘l topa oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas. Uchinchi xato – bilimlarni o‘zlashtirish sur’ati juda sekin va hokazo.
Agar o‘quvchiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa uning o‘qishda orqada qolishi kuchayadi u jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo‘lishi uning shaxsini o‘zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo‘nalishda bo‘lgan jamoaning unga ko‘rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Umuman olganda o‘qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali bilimlardan iborat bo‘lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining o‘z xatolarining oldini olish va ularni bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat darajasini oshirish ishlari o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o‘rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o‘qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit yaratish;
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo‘llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o‘quvchini tushunish, uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish va uning rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o‘quvchilarning tashqi belgilarini ko‘ra bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o‘rganish lozim. Yomonlikka qarshi kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o‘ylab ko‘ring.
“Tarbiyasi og’ir” o‘quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo‘nalishini ajratib ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o‘tish davri” ning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan o‘quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o‘zgarishlar davrida qiyinchiliklar paydo bo‘lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o‘smirning rivojlanishi ikki xususiyat: intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishida to‘xtalish, xatto nomutanosibliklar bo‘lishi mumkin. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham namoyon bo‘ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat, nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-atvorida tajovuzkorlik, dag’allik, qo‘pollik, urushqoqlik, o‘y-hayolga botish, loqayd bo‘lib qolish, beparvolik paydo bo‘lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv – bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan qo‘shib olib borishdan iborat. Uning asosida o‘quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir metodlari va usullarini qo‘llashda kasal bolalarga individual yondashishni o‘z ichiga oluvchi davolash pedagogikasi asoslari yotadi.
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari bilan bog’liq bo‘lgan bolalar va o‘smirlardir. Bu aqliy jihatdan o‘smay qolgan yoki xaddan tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo‘lishi mumkin. Yana bu bolalar xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va boshqalardir.
Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar va o‘smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish pedagogik sabablar bilan bog’liq bo‘lib, barqaror harakter kasb etgan bo‘ladi. Pedagogik qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto‘g’ri tushunish, baholashning buzilgan mezonlari bilan harakterlanadi.

  • Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo‘lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to‘g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko‘p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik, bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o‘g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo‘lgan nojo‘ya harakatlardir.

  • Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea xodisalardan turlicha emotsional ta’sirlanish; voqea va xodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava holati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash, darg’azab bo‘lish, yig’loqilik, o‘zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo‘zg’alish va tormozlanish jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mexr-muhabbat va yaqinlik tuyg’usining yo‘qligi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning boshqa kishilar bilan bo‘ladigan aloqalariga, o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan xilma-xil faoliyat turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga ta’sir etadi. Bu chetga chiqishlarning paydo bo‘lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo‘qligi, bolaning yolg’iz ota yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o‘quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo‘qligi bunday sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo‘qligi, bolalarni huquq normalariga zid faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm o‘tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” metodlari ham bor.
O‘quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya ko‘rmay o‘sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo‘lish qilish lozim. Hamma narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq. G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muxitning ta’siri ostida rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o‘z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muxitda nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo‘ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va sho‘xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo‘rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz bolalar va o‘smirlarning belgilarini ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab tipi. Bolalar bu nuqsonni yengib o‘tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch soxasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-irodaviy soxalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko‘rsatishni talab etadi.



Download 78.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling