Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta
O’zbekistonning taniqli haykaltaroshlari
Download 0.59 Mb.
|
3 Togri Курс иши Мир Азизова Рукия 302
- Bu sahifa navigatsiya:
- D amir Solijonovich Roʻziboyev
2.1. O’zbekistonning taniqli haykaltaroshlari
Jabborov Ilhom (1945.30.6, Oʻrta Chirchiq tumani) — haykaltarosh, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining akademik (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Respublika rassomlik bilim yurti (1965) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1971)ni tugatgan. 1995 yildan Respublika rassomlik kollejida oʻqituvchi. 1997-yildan Milliy rassomlik va dizayn institutida haykaltaroshlik ustaxonasi rahbari, professor Jabborov asarlarida anʼanaviy realistik haykaltaroshlik uslubiga xos xususiyatlar milliy mavzu va taʼsirchan obrazlarni ifodalashda oʻz aksini topgan. Dastgoxli va mahobatli asarlari (portret, tarixiy shaxslar qiyofasi aks ettirilgan) umumlashma va ramziylik yoʻlida yaratilgan. "Xayol" (yogʻoch, 1974), "Mashrab" (yogʻoch, 1974), "Oqshom" (yogʻoch, shamot, 1980), "Dam olish" (shamot, 1982), "Falakning gardishi" (shamot, 1983), "1941—45 yillar" triptixi (shamot, 1985) va b. Toshkentdagi Furqat (bronza, granit, 1982; meʼmori S. Sutyagin), Urgutdagi Navoiy (mis, 1985), Namangandagi Mashrab (mis, 1988), Toshkent (1992), Samarkand (1997) va Shahrisabz (1997)dagi Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy), Fargʻonadagi AlFargʻoniy (bronza, 1998), Toshkentdagi "Ona" (bronza, 1999), Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi (2000) haykallari J.ning mahobatli asarlaridan. "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2001). Amir Temur haykallari (bronza; meʼmori F. Ashrafiy) D amir Solijonovich Roʻziboyev (1939.16.4, Samarqand) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1985). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston badiiy fondining kulollik zavodi (1959— 61), Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti (1961—65)da ishlagan; Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi direktori (1988— 97). P. ijodiga oʻzbek badiiy merosining taʼsiri kuchli boʻlib, unda milliylik oʻziga xos tarzda namoyon boʻldi (Navoiy shahri aerovokzali binosi devorlarini bezagan relyeflar, 1985). R. portretlar (Beruniy siymosi tasvirlangan "Mutafakkir" asari, shamot, 1979; "Rassom V.Savitskiy", bronza, 1980 va boshqalar), xalq vakillari va turmushi tasvirlangan asarlar ("Buvi va nevara", shamot, 1975; "Sayramlik qiz", shamot, 1978 va boshqalar) muallifidir. Ramziy obrazlar (jumladan, "Navroʻz malikasi", 2001 va boshqalar) hamda Semurgʻ qush tasviri R. ijodida alohida oʻrin tutadi: "Toʻy" (shamot, 1977), "Xonanda" (shamot, 1982), "Musiqa" (bronza, 1988) va boshqa5 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling