Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta
Download 0.59 Mb.
|
3 Togri Курс иши Мир Азизова Рукия 302
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-tashabbus.
2-tashabbus.Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan;
3-tashabbus.Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan; 4-tashabbus. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan; 5-tashabbus. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Respublikamizning Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» nomli asarlarida ham mamlakatimizning ma’naviy, madaniy hayotini rivoj topishida, xalqimizning ma’naviy xazinasiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan mashhur san’atkorlarimiz, qahramonlarimiz nomlarini yodga olib quyidagi fikrlarini aytib o‘tdi: «O‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga O‘zbekiston xalq rassomlari Chizgiz Ahmarov, Malik Nabiyev, O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiyev kabi marhum san’at ustalari buyuk hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi.1» Insoniyat azaldan go‘zallikka intilib kelgan, go‘zallik esa insonlarni barkamol, yuksak ma’naviyatli, hurfikr bo‘lishga yetaklaydi va yaxshilik sari olib boradi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlash joiz: «Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlagan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz. Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televideniya, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atigacha,bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.2» Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ana shu uzluksiz badiiy jarayonning yoppasiga boshlanganligi hech kimga sir emas. Bunda biz badiiy va amaliy san’at ko‘rgazmalari, xalqaro badiiy anjumanlar va sayillar, keng qamrovli bayram dasturlari, ommaviy axborot vositalari va katalog, albomlarda badiiy san’at targ‘ibotini, badiiy ta’limni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni misol qilishimiz mumkin. O‘tkazilgan tadbirlar natijasi tomoshabinlar, ixlosmandlar va jamiyat a’zolarini tasviriy san’atimizning rang-barang, sirli, sehrli olami bilan yaqindan tanishtirish, uni yanada ommalashtirish, xalq ichiga chuqurroq kirib borish lozimligi davr talabi ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda mamlakatimiz xalqlari shunday ma’naviyatni bunyod etmoqdalarkim, bu mamlaklarda yashaydigan barcha xalqlarni, shod-hurramligi va bir-biriga sadoqati va mehroqibatining yuksalishini ta’minlangan xolda ilm ma’rifatga, san’at-madaniyatga, iymon e’tiqodga, mexnat va ijodga to’la shart sharoit yaratilgan bir buyuk ma’naviyatga ega bo’lgan jamiyat qurish yo’lida xammaning birdamlikka va mustaxkamlikka chorlaydi. 5 tashabbusning 5 bosqichi ham yoshlarni qo'llab quvvatlashga qaratilgan bo'lib,yoshlarning ijodiy salohiyatini qo'llab quvvatlashga qaratilgan 1-bosqichida tasviriy va amaliy san'atni yoshlarga oid sohalarini yanada rivojlantirish,ularni rag'batlantirishga yo'naltirilgan bir qancha salmoqli ishlar olib borilmoqda.Har yili respublika miqyosida o'tkaziladigan tasviriy va amaliy san'atni rivojlantirish va iste'dodlarni kashf qilishga qaratilgan ushbu katta festival ham bugungi kunning orziqib kutiladigan yoshlar tanlovlaridan biridir . Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling