Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti professional ta


Download 0.59 Mb.
bet8/16
Sana26.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1296537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
3 Togri Курс иши Мир Азизова Рукия 302

Tarbiyaviy maqsad: mehnatga hurmatli munosabatni tarbiyalash va san’atga bo’lgan qiziqishii uyg’otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Plastilin yordamida mahsulot detallarini ulash qobiliyatini takomillashtirish, kognitiv qiziqishni rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars medoti: suxbat,amaliy mashg’ulot
Dars jihozi: texnologiya papkasi, o'quv qo'llanma, mahsulot namunasi, plastilin, steklar, plastilin bilan ishlash uchun moyli matolar
DARSNING BORISHI
1.Tashkiliy qismi: salomlashish,sinf davomati aniqlash,mavzuga oid yangiliklar
2.O’tilgan mavzuni takrorlash : savol-javob ,uy vazifasini tekshirish
3.Yangi mavzu haqida tushuncha berish,glyliya metodida
foydalanish.
4.Amaliy mashg’ulot
5.Darsni mustahkamlash
6.Baholash.
7.Uy vazifa berish
O’tilgan mavzuni takrorlash : savol-javob ,uy vazifasini tekshirish
Yangi mavzu: Mayda plastika dekorativ haykaltaroshlikda o’yinchoq haykalchalar yasash.
Bizning Vatanimiz ajoyib iste’dodli rassom va
haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Chingiz Axmarov, Malik Nabiyev,
Mannon Saidov, Damir Ro‘ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir
Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne’mat Hakimov, Osimxon
Vosixonov, Temur Sa’dullayev, G‘ofur Abdurahmonovlar alohida mavqyega ega.

O’zbekiston haykaltaroshligiga 1960-1970-yillarda bir qator iste’dodli


haykaltaroshlar kirib kela boshladi. Shular orasida Jo’ldosbek Quttimurodov, Damir Ro’ziboyev, Azamat Xotamov, To’lagan Tojixo’jayev, Ilhom Jabborovlar o’z asarlari
bilan haykaltaroshlik sohasiga dadil kirib keldilar. Yana bir is’tedodli o’zbek haykaltaroshining ijodi ham bizda katta qiziqish
uyg’otadi. Bu Damir Ro’ziboyevdir. U1960-yillar boshida badiiy ko’rgazmalarda
mashhur bo’lgan. Haykaltarosh o’z ijodida bir tomondan milliylikka qiziqqan,
i kkinchi tomondan zamonaviy jahon plastikasiga e’tibor qilgan, har bir asarni vazifasi bo’yicha aniq tushunib yetgan, hajm, plastika va ranglar sintezi kabi. Bu haykaltarosh uqorida nomlari tilga olingan ikkala ijodkorga uslubi jihatidan juda yaqin. Plastik san’atning o’ziga xos vositalarini bilish mumkinligini tushungan Damir Ro’ziboyev A. Matveyev maktabi tizimiga murojaat qiladi va uni o’zi yoqtirgan haykaltaroshlardan biri deb hisoblaydi. Boshqa faol ijod etgan yosh haykaltaroshlar kabi u asl materiallarda asar yaratishga intiladi: yog’och, tosh, keramika va shu ma’noda, Pavel va Mark Ivanovlar, V. Klevansev, Y. Shapiro, A. Shoymurodovlar bilan bir qatorda zamonaviy o’zbek haykaltaroshligi avangardi yo’lidan ketadi. Ro’ziboyevning mashhur asari tol daraxtidan ishlangan “Saida” (1962) byusti O’zbekiston Davlat san’at muzeyidan joy olgan.
Haykaltaroshlikning maktab sharoitida keng tarqalgan turlaridan biri, loy yoki plastilin bilan ishlashdir. Ma’lumki, haykaltaroshlikni o‘rganishda qalamtasvir alohida ahamiyat kasb etadi. San’at sirlarini o‘rganishning keyingi bosqichi ham o‘z samarasini bera boshladi. Albatta, ilm va san’atni o‘rganish ustozlaming mehru mahoratlariga bog‘liq. Ilhom Jabborov bilim yurti va san’at institutida ta’lim olgan yillaridayoq o‘zining iqtidori bilan ajralib turar edi. Shuning uchun ham u yaratgan asarlar rang-barangligi, kompozitsiyalarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, uning «Hayol» nomli asari diqqatga sazovordir. Shunday qilib, Ilhom Jabborov o‘ta rang-barang haykallar yarata boshladi. Haykaltarosh bir qator allomalar obrazini yaratishga muvaffaq boldi.
Meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq boʻlgan monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida oʻrnatilgan monument, yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi, ular oʻzida katta mazmunni ifodalaydi hamda mustaqil ahamiyatga ega.
Biroq haykaltaroshlikning bu turi bevosita muhit, meʼmoriy insho-otlar hamda tabiat bilan uygʻun boʻlishi lozim, bu unga yanada ulugʻvorlik va taʼsirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlikka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin.
Bezak haykaltaroshlikka istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻlar, shuningdek, meʼmoriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan boʻrtma tasvirlar, amaliy sanʼat buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu haykaltaroshlikning koʻrinishidir.
Dastgoh haykaltaroshligi mustaqil mazmunga ega boʻlgan, sanʼatning boshqa turlariga tobe boʻlmagan asarlar kiradi; ular koʻrgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qoʻyish uchun moʻljallanadi. Bu tur asarlarda voqelik oʻzining butun borligʻi bilan aks ettiriladi hamda inson ruhiyatidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki kechin-malari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta.
Dastgoh haykaltaroshlik asarlari byust, tors, haykal, haykalcha koloss, janrli haykal va boshqa koʻrinishda boʻladi. Kichik shakllar haykaltaroshda oʻz xarakteriga koʻra amaliy bezak sanʼatiga yaqin turadi. Bunga stol ustiga qoʻyiladigan sopol, chinni va boshqa xom ashyolardan ishlanadigan haykallar kiradi. Eng koʻp tarqalgan turlaridan biri terrakota; medal yasash sanati va gliptika ham shu turga mansub.
MUHOKAMA
Haykaltarosh mahorati, toʻgʻri topilgan harakat, yuzdagi mimik holat asarning taʼsirli boʻlishida muhim oʻrin tutadi. Haykaltaroshlik asarlari uchun tosh, granit, bronza, marmar, yogʻoch, metall, sement, gips kabi turli materiallar ishlatiladi. Haykaltaroshlikda tanlangan xom ashyo uning rangini belgilaydi. Xalq haykaltaroshligidagina haykallarni boʻyash hollari uchraydi.
Haykaltaroshlik asarlari yaratishda yumshoq moddalar, qattiq moddalardan kesib yoki oʻymakorlik bilan keraksiz qismlarini olib tashlash yoʻli bilan yaratiladi; suyuq holatdan qattiq holatga oʻtish xususiyatiga ega boʻlgan moddalardan qolip yordamida quyib ishlanadi; keramika haykaltaroshlik asarlari tayyorlashda maxsus loy navlaridan foydalaniladi, shakl boʻyama naqsh yoki rangli sir bilan qoplanadi va maxsus pechlarda kuydiriladi.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan dumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari bilan tanishadilar. Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo'lib, ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi, shakllaring oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining dekorativ haykallaridan keng foydalanish bolalarni ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling