Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishga oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi.
66 3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy- ma’naviy qadriyatlardan foydalanish imkoniyatlari Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib еtishishlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof etildi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javob berar ekan, bugungi kun yoshlari ega bo‘lishlari zarur bo‘lgan fazilatlar quyidagilar ekanligiga alohida urg‘u beradi: «... yoshlarimizning iymon- e’tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir» 20 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirish uzoq muddatli, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi bir qator omillarning ta’siri asosida kechadi. Tadqiqotni olib borish chog‘ida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirishning muhim omillari quyidagilar ekanligiga ishonch hosil qilindi . Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar yoshlarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish borasida katta pedagogik tajribaga ega. Ana shunday tajribalardan biri – yoshlar bolalikdan– milliy-madaniy meros, mamlakat tarixi bilan tanishtirilib boriladi. Ta’lim muassasalaridan ta’lim oluvchilarda kunning ikkinchi yarmida milliy urf-odatlar, marosim va an’analarni tashkil etish, ularni o‘tkazishga oid ko‘nikma va malakalar amaliy mashqlar, mashg‘ulotlar asosida shakllantirib boriladi. Bu kabi tajribalarni respublika uzluksiz ta’lim tizimiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. 20 I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari. 67 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyani shakllantirishning psixologik-pedagogik va falsafiy jihatlarini yaxlit holda o‘rganish zaruriyati yuzaga kelgan bo‘lsada, bugungi kunga qadar bu masalaning o‘z еchimini topmayotganligi, uning samarali yo‘llari aniqlanmaganligi, omillari va vositalarining еtarli darajada o‘rganilmaganligi. Masalaning bu jihatini o‘rganish yo‘lida dastlabki harakatlar boshlangan, endigi vazifa bu harakatning samarali chora-tadbirlarini belgilashdan iborat. Demak, tadqiqotni olib borish mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari quyidagilar ekanligini tasdiqladi: 1. Ta’lim- tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy qadriyatlar, ularning ijtimoiy ahamiyati, o‘zbek xalqining jahon ilm-fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarni berishga jiddiy e’tibor qaratish. 2. Tarbiyaviy jarayonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiluvchi tadbirlarning еtakchi o‘rin tutishi hamda tashkil etilayotgan tadbirlarning g‘oyaviy jihatdan yuksak saviyada bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish. 3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalari xizmatidan samarali foydalanish va ularning bu boradagi rolini oshirish, ana shu maqsadda ommaviy axborot vositalari bilan keng jamoatchilik o‘rtasida ijodiy hamkorlikka erishish, ya’ni, ularning faoliyatiga jamoatchilik bahosini berish tizimini ishlab chiqish va mazkur tizimning to‘laqonli ishlashini ta’minlashga erishish. 4. Ishlab chiqarish va ijod sohalarida samarali faoliyat yuritayotgan zamona qahramonlarini yoshlarga tanishtirishga alohida e’tibor qaratish va bu yo‘lda faollik ko‘rsatish. 5. Oilalarda yoshlarning milliy qadriyatlar, eng muqaddas oilaviy an’analar, shuningdek, milliy ma’naviy-axloqiy qarashlar asosida tarbiyalashga jiddiy e’tibor berilishiga erishish. 68 6. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi tadbirlarning keng ko‘lam va yuksak saviyada tashkil etish an’anasini qayta tiklash. 7. Yoshlar o‘rtasida etnik ziddiyatlar, diniy qarama-qarshiliklar hamda g‘oyaviy buzg‘unchilikni keltirib chiqaruvchi har qanday harakatga qarshi keskin kurashish, ularda g‘oyaviy immunitetni qaror toptirishga erishish. Yuqorida ifodalangan masalalarning ijobiy hal etilishi boshlang‘ich ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirishda sezilarli yutuqlarga erishishni kafolatlaydi. 69 Bob bo‘yicha xulosa Mustaqillik o‘zbek xalqiga ma’naviyatimizni qayta tiklash imkoniyatini berdi. Masalan, Navro‘zni zo‘r shodiyonalik bilan bayram qilmoqdamiz, Navro‘z, Hayit, xalqning azaliy urf-odat va an’analarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘zbek xalqi bu davr mobaynida o‘zaro birikib, ahillikda yashash ko‘nikmasi ega bo‘ldi. Mustaqillik sharofati bilan din tiklandi, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, jamiyatda tarixiy adolat o‘rnatildi, “Shahidlar xotirasi” ziyoratgohi, istibdod davrining qurbonlari, ularning hayoti bilan bog‘liq haqiqatlar tiklandi. Mustaqillik tufayli ilm-ma’rifat, pedagogik fikr rivojiga katta hissa qo‘shgan, xalqimiz faxri, iftixori bo‘lgan – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriylarning nomlari tiklandi, ruhlari shod qilindi. Ularning ma’rifiy g‘oyalari, qarashlari o‘rganilib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ular orzu qilgan ozod, erkin Vatan bunyod etildi. Mustabid tuzumi yillari davomida talaba-yoshlar Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori Abdurashidov, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi ozodlik fidoiylari bo‘lgan ziyolilar haqida juda kam va noto‘g‘ri ma’lumotga ega edilar. Mustaqillik bergan eng katta imkoniyat talaba-yoshlarni ushbu ziyolilarning qarashlari bilan tanishtirish imkoniyatining vujudga kelganligidir. Shuning uchun ham ularning millatparvarlik, vatanparvarlik, ma’naviyat, insoniylik, ozodlik haqidagi o‘gitlarini talaba-yoshlarga еtkazish ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida o‘z еchimini kutmoqda. Ilm-fan va madaniyat arboblarini ardoqlash millatimiz vakillari qoniga singib ketgan fazilatlardan biridir. Ana shuning uchun ham mamlakatimizda ilm-fanga xizmat qilish olimlarimiz uchun faxrli bir ishga aylanib qoldi, chunki madaniyat va ma’rifat hamda taraqqiyotga xizmat 70 qilgan kishi qo‘shgan hissasiga yarasha hurmat ehtiromga sazovor bo‘ladi, ayniqsa, yosh avlodga o‘rnak va namuna ramziga aylanadi. Imom Ismoil al-Buxoriy, Muhammad Muso Xorazmiy, Abul Abbos Farg‘oniy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, So‘fi Ollohyor, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy kabi ko‘plab ilm-fan namoyandalari, mutafakkir shoirlarning shaxs ma’naviyati, millat va Vatan ravnaqi haqidagi qarashlari talaba-yoshlarda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida mutafakkirlarning faoliyati va qarashlarini maxsus kurslar doirasida kengroq o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, auditoriyadan tashqari sharoitlarda turli badiiy kechalar, ilmiy anjumanlar, seminarlar, bahs- munozaralar yo‘li bilan ularning faoliyati, ilmiy qarashlari, ijodini har tomonlama mukammal o‘rganishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyadan foydalanishni shakllantirishda san’at alohida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xalq amaliy san’ati, me’morchilik, haykaltaroshlik, musiqa, o‘yin, kino va teatr asboblari kabi san’at turlari Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan rivojlangan. Termiz yaqinida Ayritomda, Surxondaryo Bolalik tepada ibodatxona devorlariga ishlangan rasmlar, Tuproqqal’a saroyida devorga ishlangan naqshlar va haykallar, Buxoro yaqinida Varaxsha saroyiga ishlangan naqshlar, Quvada topilgan naqsh va surat solingan turli uy-ro‘zg‘or buyumlari, tanga va boshqalar o‘zbek xalqining nodir san’at yodgorliklaridir. Kamoliddin Behzod, L.Abdullayev, CH.Ahmarov kabi ko‘plab rassomlarning ijodi, Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Namangan, Urganch, Qarshi, Marg‘ilon kabi o‘nlab shaharlarda qad rostlagan me’moriy yodgorliklar (jumladan, Buxorodagi Namozgoh, Xoji Zayniddin, Bola Hovuz machitlari, Mir Arab, Ko‘kaldosh, Ulug‘bek, Modarixon, Abdullaxon madrasalari, Somoniylar, 71 Chashmai Ayub maqbaralari; Samarqanddagi Bibixonim, Kamoliddin Hoji - Abdi Dorun, Hazrati Xizr machitlari, Ulug‘bek, Sherdor, Tilla Qori madrasalari, Shohi Zindadagi maqbaralar ansambli, Amir Temur maqbarasi; Xivadagi Juma va Oq machit, Qutlug‘ Murod enaga, Allaqulixon Aminxon madrasalari, Islom Hoji, Ichan Qal’a minoralari, Sayid Allauddin, Pahlavon Mahmud maqbaralari; Shahrisabzdagi Oqsaroy, Ko‘k gumbaz; Namangandagi Hoji Amin, Abu Bakr Muhammad Qaffoli Shoshi maqbaralari; Toshkentdagi Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalari va boshqalar), milliy qo‘shiqchilik, raqs, hunarmandchilik kino va teatr asarlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarix va madaniyatga bo‘lgan hurmatni qaror toptirib, ularda milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. 72 III-bob.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi 1.Pedagogik aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanishga oid tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi. Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning kelajakda barkamol insonlar bo‘lib еtishishlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof etildi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javob berar ekan, bugungi kun yoshlari ega bo‘lishlari zarur bo‘lgan fazilatlar quyidagilar ekanligiga alohida urg‘u beradi: «... yoshlarimizning iymon - e’tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota - bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab – avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish, ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishishdir» 21 . Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish uzoq muddatli, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi bir qator omillarning ta’siri asosida kechadi. Tadqiqotni olib borish chog‘ida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishning muhim omillari quyidagilar ekanligiga ishonch hosil qilindi . Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan omillardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Quyida ana masala mohiyati yoritiladi. 21 I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari. 73 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantiruvchi omillar. № Omillar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga bo‘lgan ta’siri 1. Millatning shonli tarixi, o‘tmishi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat tarixi bilan tanishtiradi, ularda millatning taraqqiyot yo‘li to‘g‘risidagi bilimlarni hosil qiladi, milliy tarix negizida istiqbolga bo‘lgan ishonchni qaror toptiradi 2. Milliy til imkoniyatlari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy ruhda fikrlash, milliy tafakkurga ega bo‘lishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi 3. Xalq qahramonlarining jasorati Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat ozodligi, Vatan mustaqilligi, taraqqiyoti, istiqboli uchun kurashish oliy insoniy burch ekanligini anglatadi, ularni millat ozodligi, Vatan ravnaqi yo‘lida kurashish istagini uyg‘otadi 4. Milliy-madaniy meros Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millatga xos turmush tarzi, borliqqa bo‘lgan yondoshuv, ijtimoiy munosabatlari mazmuni, milliy xarakter xususiyatlari bilan tanishtiradi, ularda milliy mentalitetga xos sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi 4.1. Milliy qadriyatlar (urf- odat, marosim va an’analar) Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat hayoti, o‘tmishi, kelajagi uchun dahldor bo‘lgan omillar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi, ular tomonidan milliy mentalitet xususiyatlarining to‘la anglanishi uchun imkoniyat yaratadi, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy urf-odat, marosim va an’analarning avlodlar tomonidan davom ettirilishi, ularning mazmunan boyitib borilishi yo‘lida amaliy harakat ko‘nikmalarini tarbiyalaydi 4.2. Xalq og‘zaki ijodi Yosh avlodning milliy qadriyatlar ruhida ulg‘ayishlari uchun sharoit 74 yaratadi, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ruhiyat, milliy tafakkur, ijtimoiy borliqqa bo‘lgan yondoshuv elementlari bilan tanishtiradi, ularda milliy ongning shakllanishi uchun xizmat qiladi 4.3. Adabiyot Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy hayot tarzi, uning tarkib topish jarayoni, milliy xarakter elementlari, ijtimoiy- milliy munosabatlar mazmuni haqidagi ma’lumotlarni beradi 4.4. Ilm-fan Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millatning intellektual salohiyati, uning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi, jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni bilan tanishtiradi 4.5. San’at Yoshlarga turli tasviriy vositalari yordamida milliy hayot tarzi, milliy xarakter xususiyatlarining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli haqidagi bilimlarni beradi 4.5.1. Xalq hunarmandchiligi Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy ijodkorlik mazmunida aks etgan ezgu qarashlar bilan tanishtiradi, ularda milliy ruhiyatga asoslangan ijtimoiy munosabatni shakllantiradi 4.5.2. Milliy me’morchilik Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy me’morchilik mazmunida o‘z ifodasini topgan ijtimoiy tafakkur, milliy iqtidor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni еtkazib berish asosida ularda ajdodlar an’analariga hurmat tuyg‘ularini qaror toptiradi 4.5.3. Rassomlik Rangli tasviriy vositalar yordamida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy hayot tarzi, milliy ruhiyat xususiyatlari bilan tanishtiradi 4.5.4. Milliy musiqa va qo‘shiqchilik Ohanglar yordamida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan milliy xarakter, qarashlar mazmunining anglanishini ta’minlaydi, ularda estetik didni tarbiyalaydi 75 4.5.5. Raqs san’ati Inson va borliq o‘rtasidagi milliy munosabat mazmunini harakatlar yordamida ochib berish asosida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy xarakter elementlarini shakllantiradi 4.5.6 San’atning boshqa turlari (kino, teatr, sirk, milliy dorbozlik) Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliylikning umuminsoniy madaniyatdagi o‘rni bilan tanishtiradi, ular tomonidan milliy madaniyat jihatlarining turli madaniyatlar sintezidagi rolining baholanishiga imkoniyat yaratadi 5. Ishlab chiqarish sohasida erishilayotgan yutuqlar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy intellektual salohiyat darajasiga baho berish asosida respublikada ilm-fan ravnaqini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shish istagini yuzaga keltiradi 6. Oilaviy sulola an’analari Yoshlar, jumladan, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan milliylik, milliy o‘ziga xoslik, milliy qadriyatlar mazmunining puxta anglanishi uchun sharoit yaratadi, ularni milliy ruhiyat g‘oyalari asosida tarbiyalashga yordam beradi 7. Sport Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat vakillarining jismoniy kuchi, salohiyati darajasi bilan tanishtiradi, ularda sport millat nomini jahonga tez tanituvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi qarashni yuzaga keltiradi, ularda shaxsiy jismoniy madaniyatni tarbiyalashga nisbatan rag‘bat uyg‘otadi 8. Davlat ramzlari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millatning asriy qarashlari, borliqqa bo‘lgan ijtimoiy munosabati mazmuni, shuningdek, uning sha’ni, g‘ururi, or- nomusi, xalqaro maydondagi obro‘- e’tibori to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi, ularda millatning hayot tarziga nisbatan chuqur hurmat uyg‘otadi, millatni ulug‘lashga, uning taraqqiyotini ta’minlashga undaydi 76 I. Millatning shonli tarixi, o‘tmishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millatning shonli o‘tmishi, tarixi haqidagi ma’lumotlar ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish asosida еtkazib beriladi. Ta’lim muassasasida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat ravnaqi, uning taraqqiyoti tarixi, erishgan yutuqlari, nurli va bo‘ronli kunlari, bugungi hayoti hamda istiqbol rejalari bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Sobiq Ittifoq davrida millat va milliylik to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin bo‘lmaganidek, millat taraqqiyoti, uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga ham munosib baho berilmadi. Biroq, mustaqillik sharoitida yoshlar, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek millatining asl tarixi bilan tanishtirish, ularning o‘z ajdodlarini kimligini anglab еtishlari uchun imkoniyat yaratish yo‘lida hech qanday to‘siq yo‘q. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga millat tarixining shonli sahifalaridan olingan dalillarni yuksak mahorat bilan ko‘rsata olish, ularda millat tarixidagi barcha ijobiy, milliy taraqqiyotni ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy- tarixiy voqea-hodisalar bilan haqli ravishda faxrlanish, iftixor etish hissini uyg‘otish zarur. Endigi vazifa Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat tarixi, o‘tmishini chuqurroq tanishtirishning samarali yo‘llaridan foydalanishdan iborat. Bu o‘rinda pedagogik faoliyatni quyidagi tahlitda tashkil etish kutilgan maqsadga olib keladi: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millatning shonli o‘tmishi, tarixi bilan yaqindan tanishtirish imkoniyatiga ega «Odobnoma», «O‘qish», «O‘zbek tili», «Amaliy san’at», «Mehnat» kabi ko‘plab o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida bilimlarni yuqori darajada ruhiy-hissiy ifoda yordamida uzatilishini ta’minlash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy iftixor tuyg‘usi, asosan, ta’lim jarayonida shakllantiriladi. 77 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘zbek millatining shonli tarixi, o‘tmishi bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan o‘zaro uyg‘unlashuviga erishish. 3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini millat o‘tmishi, tarixi bilan tanishtiruvchi tadbirning reja uchun emas, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ichki ehtiyojlarini inobatga olgan holda ko‘tarinki ruhda tashkil etilishini ta’minlash. 4. «O‘tmish saboqlari - kelajak asosi». Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarixiy jarayonlarni tahlil etib, ularga xolis baho bera olishlari ularning ma’naviy еtukligini belgilovchi muhim belgilardan biridir. Ta’lim, shuningdek, ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-milliy taraqqiyotning «og‘riqli nuqtalari», ya’ni, taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan voqea- hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling