Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 314.96 Kb.
bet1/9
Sana19.09.2023
Hajmi314.96 Kb.
#1681137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammadjonova Sarbina


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

“Himoyaga ruxsat etildi”


Tabiiy fanlar fakulteti dekani
_________ K.A.Saparov
“_______” _______ 2023-yil

5110400 - Biologiya ta’lim yo‘nalishi
3-kurs 306-guruh talabasi
Muxammadjonova Sarbina Baxromjon qizining
Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanishning ta’lim jaryonida o’rni“ mavzusidagi.
Biologiyani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan


KURS ISHI

“Tasdiqlayman”
“Biologiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, dotsent
_________ U.E.Raxmatov
“___” ___________2023-yil

Ilmiy rahbar
“Biologiya va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
______O.S.Xolmurodova
“___”_________2023-уil



TOSHKENT- 2023

MUNDARIJA



KIRISH. 2
I.BOB. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI VA ULARNING TASNIFI. 7
1.1. Biologiyani о‘qitishda foydalaniladiganmetodlar 7
1.2.Biologiya о‘qitishning faol metodlari. 12
II.BOB. LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINI О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 17
2.1. Biologiyani o'qitishda loyihalash texnologiyasi 17
2.2 Biologiyani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish 24
XULOSA 39
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXAT. 39
GOLOSSARIY 41
DARS ISHLANMA. 42


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki, vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin har bir sohani rivojlantirish bo‘yicha turli islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib kelingan. Chunki har bir mamlakatning rivojlanishi uchun bilimli, ilg‘or, yetuk mutahasislar va yoshlar albatta kerak bo‘ladi.
Maqolada respublika tabiiy fanlarni o‘qitilishini nazorat qilish, ma’lum shart-sharoitlar yaratish, yangi bilimlarni berish, olingan yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni hosil qilish, shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari hamda rolli o‘yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Ta’limning muhim sohalaridan biriga aylangan biologiyani rivojlanishiga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2020-yil 12-avgustda PQ-4805 sonli “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaror qabul qilinishi ham biologiya sohasiga e’tibor qaratilganligining isbotidir. Mazkur qonunga ko‘ra 2020-2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dasturlar ilova qilingan. Bundan ko‘rinib turibdiki biologiyani kelajakda rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, dasturlarga va yetuk kadrlar tayyorlashga bo‘lgan e’tibor juda kuchli.
Biologiya kursini o‘qitishda o‘quvchilarning darsdan tashqari ishlarini tajriba va kuzatish bilan bog’lash va uning samaradorligini oshirish. Asosiy vazifalari - biologiya kursi hajmida darsdan tashqari kuzatish va tajriba ishlarining mazmunini belgilash; -biologiya darsida kuzatishlar o‘tkazishning samarali shakl va uslublarini tavsiya etish; - biologiyadan darsdan tashqari mashg’ulotlar vositasida o‘quvchilarning yangi va mukammal amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda bunday tadbirlarning pedagogik samaradorligini aniqlash va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikaning mustaqillikka erishishi bilan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda to‘p islohatlar amalga oshirildi. Mazkur islohatlarning asosiy mohiyati, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi, ularning ma’naviy boy, yuksak salohiyati, bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini nazarda tutadi. O‘quvchining bunday yuksak kamoli uzliksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil qilinishiga, boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Har tomonlama rivojlangan shaxsning tarkib topishi uchun avvalo uning sog‘ligi mustahkam, jismoniy chiniqqan bo‘lish kerak. Fan-texnika rivojlanishining jadallashuvi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy-texnikaviy extiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z aksini topgan bu talablar maqsadi har tomonlama kamol topgan, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirish uchun o‘qitishning samarali shakllari va vositalarini ishlab chiqib, ta’lim jarayoniga tadbiq etish, ta’limning o‘quvchi shaxsiga qaratilgan demokratik yo‘nalishlarini rivojlantirish, didaktik va axborot vositalarining yuqori samara beradigan yangi avlodini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish zarur. Keyingi yillarda Respublikamizda ta’lim samarasini oshirish borasida bir qancha muhim tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan o‘quv jarayoniga zamonaviy o‘qitish metodlari juda sekinlik bilan joriy etilmoqda. [1]
Ta’lim tizimida didaktik o’yinlardan foydalanish o’quvchilarni muloqotga kirishish ko’nikma va malakasini shakllantirib, o’zaro yordam berish odatlarini rivojlantiradi hamda o’quvchilarni bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunning vazifalarini amalga oshirishda o’qitishning chuqur ijtimoiy e’tiqotlilik bilan uyg’un ilmiyligiga qo’yilayotgan talablar g’oyatda muhimdir. Didaktikada o’qitishning ilmiyligi nima ekanligi asosli ravishda bayon qilinadi. Ma’lumki, maktab ta’limi mazmuniga kirgan barcha bilimlar voqeylik qanday bo’lsa uni shundayligicha, hech bir qo’shimchalarsiz aks ettiradi. Pedagogni vazifasi o’quvchilarga ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha tushuntirishdan, ularni bilimlarini mustaqil o’rganishlarida o’zlashtirilgan haqiqatlar borliqdagi – inson ongidan tashqari ob’ektiv mavjud narsalarga muvofiqligini kafolatlaydigan yo’lga solishdan iboratdir. Hatto bolalar ta’limining birinchi pog’onasida olgan juz’iy bilimlar ham haqiqatni buzmasligi kerak. Ilmiy asosdagi to’g’ri o’qitish natijasida o’quvchilar ongida ob’ektiv olamning haqqoniy manzarasi hosil bo’ladi. Pedagogika amaliyotida ba’zan g’alati voqealar ham uchraydi. O’quvchlar qiziquvchanligi sababli o’qituvchiga savol beradilar va xuddi ana shu paytda o’qituvchi asosli javob bera olmaydi, xijolat chekadi. Noto’g’ri javob bersam, keyinchalik obro’yim ketadi, deb o’ylaydi. Masalan, birinchi sinf o’quvchilari o’qituvchidan “kosmos nima” deb so’raydilar va u sarosimaga tushib qoladi. Darxaqiqat, buni birinchi sinf o’quvchilariga qanday tushuntirish kerak? O’qituvchi puxta o’ylab olib, keyin chunonchi, ertasiga javob berish o’rniga shu zaxoti “kosmos bizdan juda uzoq narsa” deb javob qildi. Shunday javobdan keyin o’quvchilarda kosmos haqida qandaydir ta’savvur hosil qiladimi? Chinakam ilmiylik doimo ijtimoiy, rivojlanish va moddiy olam qonuniyatlarning obyektivligini o’z ichiga oladi. Bizning fan dialektik falsafa podevoriga quriladi. U voqeylikning sovuqqonlik, loqaytlik bilan yozilgan tavsifi emas, balki moddiy olam haqidagi qarama – qarshi tushunchalarning o’zaro kurashish maydoni va qurolidir. Fanlar – etiqotlarni shakillantirishning kuchli omili shuning uchun, yoshlarimiz olgan bilimlar ularning e’tiqotiga aylanishi juda muhimdir. Mana shu vazifalarni amalga oshirishda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim talabdir. Biz faqat ana shunga asoslanib, bolalarni mustaqil o’ynashga o’rgatishimiz, ularda o’zlarining qarashlari va nuqtai nazari tizimini tarkib toptirishimiz mumkin.

Download 314.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling