Kurs ishining ahamiyati. Biologiya darslar mazmun va mohiyatini bilgan holda talabalarga yangi g‘oyalar, texnalogiyalardan foydalangan holda dars o‘tish o‘quvchilarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini ortishiga erishish muhim ahamiyatga ega.
Kurs ishining maqsadi. Biologiya darslarida o’quvchilarning ko’nikmalarini shakllantirish, o‘qituvchining ko’nikmalardan foydalana olish faoliyatini kuchaytirish. Dars o‘tish jarayonida didaktik texnologiyalardan foydalanishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Biologiya darslar mazmuni haqida ma’lumotlar ega bo‘lish; har bir biologiya darslarida uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga hos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini tarbiyalash, o‘qituvchining faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, didaktik o‘yin texnologiyalarini loyihalashni o‘rganish.
Obyekti: Tabiatdagi, biologiya xonasidagi va tirik tabiat burchagidagi o‘simliklar, har xil mevalar.
Predmeti: Tabiatdagi, biologiya xonasidagi va tirik tabiat burchagidagi o‘simliklardan foydalanish usul, shakl va vositalari.
Vazifasi: O‘quvchilarga ta’lim metodlarini o‘rgatish, tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshirish va bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaxkamlashdan iborat.
Nazariy ahamiyati: O‘qitish vositalaridan foydalanishning tizimli ta’lim metodikasi ishlab chiqiladi va nazariy jihatdan asoslanadi.
Amaliy ahamiyati: Ta’lim metodlarini shakllantirishga oid topshiriqlarni tuzishda, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotga yo‘naltirishda hamda shu sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin. Maktab o‘qituvchisining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallanganligi, o‘z mehnatining psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog‘langan.
I.BOB. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI VA
ULARNING TASNIFI.
1.1. Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan metodlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |