Loyihalash metodi
|
o’rganilishi lozim bo’lgan mavzu, muammo,
masalani aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, qo’yilgan maqsadni va uni bajarish qanday
natijaga olib kelishini loyihada aks ettirish hamda uni amalga oshirishni o’rgatadigan metod
|
|
Muammo
|
o'zlashtirilgan bilimlar orqali hal qilinadigan asosiy
ziddiyatlar.
|
|
O‘qitish
|
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o'qituvchining faoliyati.
|
DARS ISHLANMA.
Darsning mavzusi. Biologiyani o’qitish loyihalashn texnologiyasidan foydalanish.
Dars maqsadi:
ta'limiy maqsad- Biologiyani darslarini loyihalashtirishni tushuntiriladi;
tarbiyaviy maqsadi- Talabalarga o’quv ijodiy faoliyatni tashkil etish fikr yuritishni shakllantirish;
rivojlantiruvchi maqsad - mavzu yuzasidan tanishish mobaynida ilmiy dunyoqarashini oshirish.
Kompetensiya:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega boʻlish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o'z-o'zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o' qib - o'rganish, kognitivlik ko'nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o'z xatti- harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko'nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; Talabalarni bilim, ko' nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;
Do'stlaringiz bilan baham: |