Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Jahon tarixi” kafedrasi


Download 157.35 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi157.35 Kb.
#1380975
1   2   3   4
Bog'liq
Nurullayeva Shahlo To\'m kurs ishi slaydi


Kurs ishining vazifalari:
-Xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;
- O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
- O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish;
- “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish;
- “O’zbekiston tarixi"ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:
- O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish;
- tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;
- yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eʼtiborga olish.
Kurs ishining tuzilishining tartibi: Mazkur kurs ishi tartibi kirish, reja, xulosa va foydalangan adabiyotlardan iborat.
I BOB Tarixiy manbalarning turlari.Ularni turkumlash,tanlash va ilmiy tahlil qilishning umumiy tamoyillari.
1.1. Qadimgi zamon tarixi manbalari.
Manbashunoslik tarix fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan boʻlib, turli (moddiy -ashyoviy, etnografik, yozma va b.q.)manbalarni oʻrganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganadi.Tarixiy manba nima) Tarixiy manba deganda uzoq oʻtmishdan qolgan, insoniyatning tabiat va jamiyatning maʼlum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini oʻzida aks ettirgan moddiy (ashyoviy) va maʼnaviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklar turkumiga koʻhna manzilgoh va mozorlar, shaharlar, qasrlar hamda qalʼalarning xarobalari, oʻsha joylardan topilgan ishlab chiqarish va urushqurollari, uy-roʻzgʻor hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sugʻorish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga oʻyib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq buyumlardagi yozuvlar kiradi.Maʼnaviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq oʻtmishdan qolgan qoʻlyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini oʻzida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek,kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va anʼanalar kiradi.
Moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtiloiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning mehnat va urush qurollari, bino va turli inshootlar (qalʼa va qasrlar, hammom va karvonsaroylar, hunarmandchilik ustaxonalari hamda suv inshootlari va boshqalar) ning qoldiqlari, uy-roʻzgʻor va zeb-ziynat buyumlari tushuniladi.Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va oʻrganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon. arxeo — qadimiy, logos — ilm; oʻtmish haqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq oʻtmishini oʻrganuvchi ilm) shugʻullanadi.

1.2.VI-VIII asr tarixi manbalari
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716—734-yy.) inisi Kul tegin (731-yili vafot etgan) sharafiga yozilgan.Moʻgʻulistonning Kosho Saydan vodiysida Koʻkshin Oʻrxun daryosi boʻyidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M. Yadrinsev (1842—1894-yy.) tomonidan 1889-yili topilgan.Bitik V.V. Radlov (1891-y.) A. Xeykel (1892-y.) V. Tomsen (1896-y.), P.M. Melioranskiy (1897-y.), X. Sheder (1924-y.), S.V. Malov (1951-y.), G. Aydarov (1971-y.) lar tomonidan nemischa, fransuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan.Ye. A. Abduraxmonov va A. Rustamov tarafidan qilingan qisqacha o'zbekcha tarjimasi (1982-y.) ham bor.
Bilga xoqon bitigi. Yuqorida aytilgan Kul tegin bitigidan 1 km janubi-gʻarbda — Koʻkshin Oʻrxun daryosi havzasidan topilgan. Obida 735-yili bitilgan.V.V. Radlov, S.Ye. Malov, P.M. Melioranskiy va V. Tomsen tomonidan oʻrganilgan va chop qilingan.
Ongin bitigi. Moʻgʻulistonning Kosho Saydan vodiysidan topilgan. Kimga atalganligi aniq maʼlum emas.Baʼzi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qoʻyilgan (735-y.); boshqa fikrga koʻra Qopagʻon xoqonga(691—716- yy.), yana boshqa bir maʼlumotga (J. Kloson)qaraganda Bilga xoqonning harbiy boshliqlaridan Alp Eletmish (taxminan 731-yilda oʻlgan) sharafiga qoʻyilgan

Download 157.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling