Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti "tasdiqladi"
Download 163.5 Kb.
|
41010 2 мутах. сирти Диагностика 2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Sirtqi
- 1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- Mashg’ulot turi Ajratilgan soat Semestr
- 2. Ma’ruza mashg‘ulotlari 1 – jadval
- 3. Amaliy mashg‘ulotlari 2 – jadval
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Sirtqi (2-mutaxassislik sirtqi) 2-kurs
Toshkent – 2018 Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2017 yil “24” avgustdagi 603 - sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 2 - ilovasi) tasdiqlangan “Psixologik-pedagogik diagnostika” fani dasturi asosida tayyorlangan. Fanning ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzurida pedagogika yo’nalishlari boyicha maxsus sirtqi bo’limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o’quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash yig’ilishida ma’qullangan. 2018 yil “___ ” _________dagi ___ - sonli bayoni bayonnoma.
Maxsus sirtqi bo’limi boshlig’i: 2018yil “___ ” ________________ Sh.Abduraimov “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri: 2018 yil “ ___ ” ________________ D.B.Yakubjanova 1.O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar «Pedagogik –psixologik diagnostika» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - psixodiagnostik jarayonning nazariy-metodologik asoslari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘rganishni tashkil etish va metodik ta’minlashga zamonaviy yondoshishlar, asosiy psixodiagnostik metodikalar va tahlil qilish yo‘llari, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda psixik jarayonlarning rivojlanishini tashxis qilish, maxsus ta’lim muassasalariga bolalarni saralash tizimini bilishi kerak; - talaba rivojlanishida nuqsoni mavjud bo’lgan bolalar ruxiy jarayonini o’rganish shakllari va usullarini ilmiy asoslangan qolda to’qri tanlay olish, rivojlanishida nuqsoni mavjud bo’lgan bolalar nuqsonlarini tasniflash, maxsus adabiyotlarni tahlil etish, bolalarning ruxiy jarayonlarini o’rganish, uchun uslubiyatlar, didaktik materiallarni tanlash, bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - tibbiy va pedagogik hujjatlarni tahlil qilish asosida bolalarni tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan aloqaga kirishish, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya ishini tashkil etish, bolalarni psixologik-pedagogik, logopedik jihatdan tekshirish va xulosa chiqarish malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning hajmi
2. Ma’ruza mashg‘ulotlari 1 – jadval
Ma’ruza mashg‘ulotlari multmedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada akadem guruxlarda o‘tkaziladi. Xar bir ma’ruza mashg‘ulotlari uchun taqdimotlar tayyorlanadi. 3. Amaliy mashg‘ulotlari 2 – jadval
«Pedagogik-psixologik diagnostika» fanidan o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarining maqsadi Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini ma’ruza qilish va savol – javoblar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar psixologik – pedagogik tomondan o‘rganish maqsadida bolalarni tekshirishni o‘rganadilar ( tibbiy va pedagogik xujjatlarni tahlili asosida tekshirish rejasini tuzish, tekshirish metodlarini tanlash, bolalar bilan muloqotga kirisha olish, tekshirish va xulosa chiqarish ) ; - talabalarda nuqson xarakterini aniqlashda eksperimental-psixologik metodlardan foydalanish malakalari shakllantiriladi; - talabalarda tahlil qilish, psixologik ma’lumotlarni umumlashtirish va to‘g‘ri pedagogik xulosalar chiqarish malakasini oshiriladi; -talabalar bolaning tibbiy va pedagogik hujjatlarini tahlil qilish asosida tekshirish uchun material to‘plashga o‘rganadilar; - talabalarni xujjatlar bilan ishlashga o‘rganadilar; - talabalarni bolalarni psixologik-pedagogik tashxis qilish bo‘yicha adabiyotlar va asosiy qo‘llanmalar bilan tanishtiriladi. - Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar TPPKda yuritiladigan xujjatlari bilan tanishadilar, mutaxassislar tomonidan xar tomonlama tekshirishni kuzatadilar. Mutaxassislar : vrach-psixonevrolog, psixolog, defektologlarning ishlarini , bolalarni tekshiruv-xujjatlarini olib borishni, ota-onalarga tavsiyalar berishni, ota-onalar bilan muloqotda bo‘lishni o‘rganadilar vAmaliy mashg’uloti talabalarning pedogogik va metodik tayyorgarligini oshirishga, tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilish lozim. Amaliy mashgulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada xar bir akadem guruxga aloxida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurulmalari yordamida o‘tiladi. Download 163.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling