Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana12.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#180091
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
kasbga yonaltirish ishiga rahbarlik qilish va uni rejalashtirish metodikasi

 

26 

bo‗ladilar:  Bundan  bo‗yon  o‗z  bilimini  qanday  davom  ettirish  kerak  degan  savol 

ko‗ndalang bo‗ladi. SHu davrda maktab o‗quvchilarini shahar, tuman, viloyatdagi 

turli  kasb  hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  bilan  tanishtirish  juda  muhimdir. 

Ochiq  eshiklar  tadbirlarini  o‗tqazish,  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litsey 

o‗qituvchi-xodimlari  bilan  uchrashuv  va  suhbatlar  uyushtirish,  maktab 

o‗quvchilarini  ishlab-chiqarish  korxonalari,  tashkilotlar  va  o‗quv  yurtlari 

prospektlari,  bukletlari,  kasbga  oid  yozma  materiallarini  tanishtirish,  o‗quvchilar 

va ota-onalarning yig‗ilish va anjumanlarini tashkil etish shular qatoriga kiradi. 8-9 

sinf  o‗quvchilarining  qanday  kasbni  mo‗ljallayotganliklarini  aniqlash  maqsadida 

anketalar  olinadi.  SHu  yoshdagi  maktab  o‗quvchilariga  kasb  haqida  ma‘lumot 

berish  yuzasidan  ishlar  tuman,  shahardagi  korxonalarga  tematik  ekskursiyalar, 

maqsadga  yo‗naltirilgan  baxslar,  konferensiyalar  bilan  to‗ldiriladi.  Maktab 

o‗quvchilariga  kasb  tanlashda  o‗quvchilar  konferensiyalari  jiddiy  yordam  beradi. 

Badiiy  abadiyot  -  bu,  albatta,  kasblar  to‗g‗risidagi  ma‘lumotnoma  emas,  biroq 

ko‗pgina badiiy asarlarda muayyan mehnat va kasb kishisini uning ma‘naviy olami 

va  axloqiy  fazilatlari  tasvirlangan.  O‗qilgan  kitoblarni  muxokama  qilayotganda 

"Men  va  adabiy  qahramon"  degan  pedagogik  vaziyat  vujudga  keladi,  maktab 

o‗quvchilari  sevib  qolgan  adabiy  qaxramonlarning  fazilatlarini  o‗z  shaxsiy 

xislatlari  bilan,  o‗zining  qaysi  kasbni  mo‗ljallayotganliklarini  taqqoslash  ehtiyoji 

paydobo‗ladi. 

Kasblarni  targ‗ib  qilish  o‗quvchilar  va  ularning  ota-onalarini  tanlash 

ob‘ektlari:  korxonalar,  kasblar,  o‗quv  yurtlari  bilan  tanishtirishdan  iborat.  U 

jamiyat  uchun  zarur  bo‗lgan  bir  qator  kasblarga  nisbatan  noto‗g‗ri  munosabatni 

o‗zgartirish va maktabni bitirib chiquvchilarda ularni tanlashga qiziqish uyg‗otish 

maqsadida  o‗tkaziladi.  Kasblarni  targ‗ib  qilish  har  bir  konkret  holdagi  individual 

tanlashda  shart  emas,  balki  yoshlar  ommaviy  ravishda  jamiyatning  qadrlarga 

ehtiyojiga bir muncha chetga chiqqan onlarda lozim bo‗ladi. 

Kasblarni targ‗ib qilish  yoshlarni  kasbga  yo‗naltirish  ishini  tarkibiy  qismi 

hisoblanib,  maktab  o‗quvchilarining  g‗oyaviy-siyosiy,  mehnat  va  axloqiy 

tarbiyalash asosida qo‗yilgan zaminga tayanadi. 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling