Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-vazifa. Faol harakatga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash. 7-vazifa


Download 1.2 Mb.
bet88/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

6-vazifa. Faol harakatga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash.
7-vazifa. Bolalarga jismoniy mashq va o‘yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalari haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish.
Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini jismoniy tarbiya yo‘riqchisi olib boradi va barcha guruhlar uchun mashg‘ulot ishlanmalarini shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan va maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylikni namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi.
“Ilq qadam” tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko‘ra xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek, bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
Mashg‘ulotlarning tuzilishi jismoniy mashqlarni bolalar tomonidan izchil bajarilishini ta’minlaydi. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Kirish – tayyorgarlik.
2. Asosiy qism.
3. Yakuniy qism.
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulot kirish qismining mazmuni va vazifalari.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi ko‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulot kirish qismining vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilish, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirish, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirish, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.
Bunday mashqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- saflanish mashqlari: turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
- turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;
- tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hokazo bo‘lib saflanish;
- turli ko‘rinishdagi va yassi tovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar: tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.
Kirish qismi bolalarning uch to‘rttadan guruhlarga bo‘linib saflanishi bilan boshlanib, ularning tarqalishi bilan yakunlanadi. Mashg‘ulotning kirish qismi bolalarni mashg‘ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi.
Mazkur qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o‘rta guruhlarda uch daqiqadan besh daqiqagacha, katta guruhlarda to‘rt daqiqadan olti daqiqagacha davom etadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling