Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Jismoniy mashqlarni mazmuni va texnikasi


Download 1.2 Mb.
bet41/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

4.4. Jismoniy mashqlarni mazmuni va texnikasi

Jismoniy mashqlar bir-biridan ham mazmun, ham shakl jihatidan farqlanadi.


Jismoniy mashqlar mazmuniga qator jarayonlar fiziologik, biologik, bioximik, psixolik bog‘liqligi kiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish (ixtiyoriy harakatlar) harakat tasavvuri, diqqat, tafakkur, irodaviy zo‘r berish, hissiyotlar kabi psixik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Turli jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning yurak-tomir, nafas olish tizimida o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Jismoniy mashqlar mazmuniga pedagogik nuqtai nazardan qaraganda ularning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni xal etish (harakat, ko‘nikma va malakalarining shakllanishi, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish) dagi ahamiyatini belgilaydi.
Jismoniy mashqlar shakli ichki va tashqi tuzilishdan iborat.
Ichki tuzilish – harakat bajarish chog‘ida kechadigan turli jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi bilan xarakterlanadi.
Tashqi tuzilishi – mashqni tashqi ko‘rinishi. U harakat jarayonida fazoviy, vaqt va kuch munosabati bilan xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli o‘zaro bog‘liq va birlikda saqlanadi. Mazmun shaklga nisbatan yetakchi rol o‘ynaydi, chunonchi yugurish tezligining oshishiga qarab qadam uzunligi va gavdaning egik burchagi o‘zgaradi. Ayni vaqtda shakl ham mazmunga ta’sir etadi: masalan, uzoqqa uloqtirish chog‘ida to‘g‘ri bajarilgan siltanish jismoniy sifatlarning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi (uloqtirish uzunligi ortadi, bu esa muskul kuchlari o‘zgarishidan guvohlik beradi).

Jismoniy mashqlar texnikasi – bu harakatlarni bajarish usuli bo‘lib, uning yordamida harakat vazifalari hal etiladi.


Masalan («oyoqni bukib» sakrash usuli bilan, yugurib kelib uzunlikka sakrash).
Texnika tushunchasi bu harakatlarning tashqi shaklidir. Jismoniy mashqlar texnikasi beto‘xtov o‘zgaradi va takomilla-shadi.
Jismoniy mashqlar texnikasida uning asosi, belgilovchi bo‘g‘imi (zvenosi) texnik detallari bo‘ladi:
a)Texnikaning asosi negizi – bu harakat vazifalarini aniq oqilona yo‘l bilan hal qilish uchun kerakli harakatlarning yig‘indisidir. Texnika asosining biror-bir elementi ishtirok etmasa mashqlarni bajarish mumkin emas yoki bajarilgan taqdirda ular chala hisoblanadi.
b)Texnikaning belgilovchi bo‘g‘imi – bu ushbu harakat asosining muhim va hal qiluvchi qismi hisoblanadi. Masalan: (yugurib kelib balandlikka sakrashning asosiy zvenosi bu depsinishdir. Mashqlarda belgilovchi zvenoni bajarish odatda qisqa vaqt ichida kechadi va katta mushak kuchlanishni talab qiladi.
v) Texnik detallari – bu mashqlarning ikkinchi darajali xususiyati bo‘lib, ular texnika asosini buzmagan holda o‘zgarib turishi mumkin. Bu kishining yakka uziga xos xususiyatiga bog‘liq.
Jismoniy mashqlar vaqt jihatidan ketma-ket keluvchi fazalardan iborat bo‘ladi.
Siklik harakatlarda (irg‘itish, sakrash va boshqalar) uch fazani ajratish mumkin:

  1. Tayyorlov fazasi – asosiy fazani bajarish uchun juda qulay sharoit yaratadi. Masalan, irg‘itishda qo‘lni va tanani orqaga tebratish.

  2. Asosiy faza – muhim harakat vazifasini hal etishga yo‘naltirilgandir. Masalan, uloqtirishda to‘pni otishga xizmat qiladi. Asosiy faza mashqlarni bajarish usulining mohiyatini tashkil etadi.

  3. Yakunlovchi fazaning vazifasi harakatni to‘xtatish va muvozanatni saqlash, uzoqqa uloqtirgandan so‘ng chiziqni kesib o‘tmaslik, yugurib kelib uzunlikka sakragandan so‘ng yiqilmaslikdan iboratdir.

Uchchala faza chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini davom ettirib bir butunlikda bajariladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling