Nizomiy nomidagi toshkent
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
Egiluvchanlik - bu harakatlarga yuqori amplituda bilan yondashish qobiliyatidir. U muskul to‘qimalarining elastikligiga bog‘liq. Egiluvchanlik muskul haroratining ortishi bilan ortadi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o‘lchovi bo‘lib hizmat qiladi. Amplituda esa odatda burchak o‘lchovlarida yoki chiziqli o‘lchovlarda ifodalanadi.
Egiluvchanlikning faol (aktiv) va sust (passiv) shakllari farqlanadi. Faol egiluvchanlik – bu biror bo‘g‘indagi harakatchanlikning ortishi shu bo‘g‘indan o‘tadigan mushaklar qisqarishi hisobiga ro‘y beradi. Sust egiluvchanlik – bu harakat amallarini bajarishda tashqi kuchlardan qo‘shimcha ravishda ya’ni: sherik, jihoz, og‘irlik va h.k. foydalanish orqali ro‘y beradi. Muskul to‘qimalarida harakatchanlikni yetarli emasligi, ushbu malakani sekin egallashga yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin. Egiluvchanlikni tarbiyalashda to‘qimalarga muntazam ta’sir etuvchi faol va sust usullardan foydalaniladi. Faol mashqlar o‘zining bajarilish tafsilotiga ko‘ra bir – birlaridan farq qiladilar: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar, silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og‘irlik va og‘irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Sust statik mashqlar – bularda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi – faol egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda unchalik samarali emas, lekin sust egiluvchanlikda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. Egiluvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni barcha yoshdagi kishilarga bersa bo‘ladi, biroq egiluvchanlikni rivojlantirishning eng qulay davri bu 7 – 10 yoshga to‘g‘ri keladi. Egiluvchanlik o‘lchovining eng yuqori darajasi qizlarda 11 – 13 yoshda, o‘g‘il bolalarda esa 13 – 15 yoshda kuzatiladi. Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi. - azam ravishda kuniga 2 – 3 marta mashq qilish; - qlarni badan to‘liq qizigandan keyin bajarish; - qlarni 8 – 10 marta uncha katta bo‘lmagan qismlarda (seriyalarda) bajarish ; - qlarni jismda og‘riq paydo bo‘lgan zahoti tugatish; - qlarni harakatlar amplitudasini oshirish negizida bajarish; - n texnikasini o‘rganishga qaratilagan mashqlarda egiluvchanlikka alohida e’tibor qaratish. Bunda basketbolda savatga to‘p tashlash, voleybolda yuqoridan to‘p uzatishni bajarish vaqtida bo‘shashishga alohida e’tibor berish zarur bo‘ladi. Jismoniy sifatlar organizmga umumiy va mahalliy ta’sir etish orqali tarbiyalanadi. Egiluvchanlikni rivojlantirish qaddi – qomatni buzilishiga olib kelishi kerak emas. Bu hol egiluvchanlik, cho‘zilish mashqlarini haddan ziyod berilishi, bunda bolalarning anatomik – fiziologik va ruhiy holatini hisobga olmaslik oqibatida sodir bo‘ladi. Bolalar organizmi har doim o‘sish va rivojlanishda ekanligini har doim yodda tutmoq zarur. Busiz yuqori sport natijalariga erishib bo‘lmaydi. Ilmiy xodimlar va amaliyotchilar yosh sportchilar bilan o‘tkaziladigan trenirovka mashg‘ulotlarini quyidagicha tashkil qilishni tavsiya qiladilar: - g‘ulotlar har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda bo‘lajak sport natijalariga erishish uchun sharoit yaratish zarur; - ovka jarayonidagi ta’lim hajmi kattalarnikiga qaraganda ortiq bo‘lishi lozim; - amalar shug‘ullanuvchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarliklariga qarab muntazam ravishda ortib borishi kerak; - a vaqt ichida yuqori sport natijalariga erishish uchun qilingan tayyorgarlik bu mantiqan noto‘g‘ridir. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling