Nizomiy nomidagi toshkent
Ta’lim va mashg’ulot (trenizrovka) mazmuni
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tayyorlarlik
2.4. Ta’lim va mashg’ulot (trenizrovka) mazmuni
Ta’lim va trenirovka – bu harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir. Ta’lim – bu sport trenirovka asoslari va dastlabki texnik usullar tuzilishini egallashga yo‘naltirilgan jarayondir. U barcha boshqa vazifalarni hal etishga sharoit va imkoniyat yaratadi. Texnika va taktikani takomillashtirish, shuningdek, tana a’zolarini, harakat sifatlarini rivojlantirish masalalarini hal qiluvchi jarayon trenirovka deyiladi. Sport trenirovkasining asosiy vazifalari – bu asta – sekin trenirovka yuklamalarini oshirish yo‘li orqali yuqori sport natijalarga erishishga yo‘naltirilgandir. O‘quv – mashg’ulot (trenirovka) jarayoni, shuningdek, tarbiyaviy vazifalar: axloqiy, irodaviy, nafosat, mehnat, ruhiy kabi sifatlarni qaror toptirishga qaratilgandir. Sport trenirovkasi mazmuniga: jismoniy, texnik, taktik, psixologik va nazariy tayyorgarlik kiradi. Bu yo‘nalishlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uning hajmi u yoki bu yo‘nalishga qarab sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga kelib chiqqan holda turlicha bo‘lishi mumkin. Sport o‘yinlarida birinchi darajali talab sport texnikasini shakllantirishga qaratiladi. Shuninguchun bu jarayonga ko‘p vaqt ajratiladi. Ikkinchi o‘rinda taktik va psixologik tayyorgarlik turadi. Jismoniy tayyorlarlik – bu sog‘liqni mustahkamlash, harakat sifatlarini rivojlantirish, jismning umumiy ish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. U texnik va taktik usullarni, zarur amaliy ko‘nikmalarni tezroq egallashga imkoniyat yaratadi. Sport o‘yinlarida yetarli darajada jismoniy tayyorgarliksiz murakkab texnik usullarni muvaffaqiyatli egallash mumkin emas. Jismoniy tayyorgarlik shartli ravishda umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo‘linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik – bu sportchi tayyorlashning dastlabki bosqichidir. U har tomonlama jismoniy tarbiyalash va yuqori sport mahoratiga erishishga yo‘naltirilgandir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish uchun tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlari, yosh va jinsi hisobga olingan holda keng doirada vositalar qo‘llaniladi. Bu eng avvalo “Salomatlik” majmui mashqlari, yengil atletika, gimnastika, akrobatika, og‘ir atletika, suzish va h.k. mashqlardir. Shu narsa ma’lumki, kengroq harakat tajribalarini egallagan shug‘ullanuvchilarda murakkab o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirish oson va muvaffaqiyatli kechadi. Shuning uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shunday tanlash kerakki, ular nafaqat jismning har tomonlama rivojiga balki, shu sport o‘yini uchun zarur bo‘lgan sifatlarni rivojlantirishga ko‘maklashsin. Bu yil davomida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslubiyatini hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni tanlab ishlarning rejalashtirilishini ta’minlaydi. Bu yerda mashqlarni qo‘llash ketma – ketligi va yo‘nalish uslubiyati birinchi darajali ahamiyatga ega. Mashqlarning ketma – ketligi va miqdori, shu mashg‘ulotda ular hal etadigan vazifalar aniq ishlab chiqilishi lozim. Yohud shunday mashqlarni tanlash mumkinki, ular bir sifatni rivojlantirib, boshqa sifatni rivojlantirishga imkoniyat yaratsin. Shuningdek, bir harakat ko‘nikmasini egallash bilan boshqa harakat ko‘nikmasini muvaffaqiyatli egallashga sharoit tug‘dirsin. Bu uyg‘un jismoniy rivojlanish vazifasini hal etadi. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling