Nizomiy nomidagi toshkent
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. O‘yin usullarini o‘rgatishning tuzilishi (strukturasi)
- Usullarni yengillashtirilgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o‘rganish.
Musobaqalashish uslubi – o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida katta o‘rin egallaydi. Bolalar boshlang‘ich davrda alohida o‘yin mashqlari va taktik vazifalarni bajarishadi, keyin esa o‘yinning soddalashtirilgan qoidasi va nihoyat rasmiy uchrashuvlarda musobaqalashadilar. Bu usul zarur o‘yin amaliyotini hosil qilish, o‘yindagi vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Musobaqa uslubi jismning funksional tizimini yuqori darajada takomillashtirish, texnik mahoratini yuksaltirish, yuqori sport natijalarga erishish imkonini beradi. O‘rgatishda o‘rganilayotgan amallarning murakkabligi, shug‘ullanuvchilarning yoshi, tayyorgarligiga bog‘liq holda turli uslublar o‘zaro uyg‘un holda qo‘llanilsa, katta muvaffaqiyatga erishish mumkin. 2.2. O‘yin usullarini o‘rgatishning tuzilishi (strukturasi) Sport o‘yinlarida o‘yin usullarini o‘rganish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rt bosqichga bo‘linadi: o‘yin usulini bajarish texnikasi bilan umumiy tanishtirish; uni yengillashtirilgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o‘rganish; murakkablashtirilgan sharoitlarda o‘rganish; o‘yinda usulni takomillashtirish. O‘yin usullari bilan umumiy tanishtirish - bu bosqichda o‘yin harakati texnikasi to‘g‘risida aniq, to‘g‘ri tasavvur hosil qilinadi. Buning uchun takror – takror namoyish etishlardan foydalaniladi: boshida jadal o‘yin vaziyatidagidek, keyin harakatlarning muhim qismlariga e’tibor bergan holda sekinroq. Bajarish texnikasi tushuntiriladi, mazkur usulni o‘yindagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘yin usulini mustaqil bajaradilar. Bunda birinchi sinash urinishida usulni bajarishda kamroq xatoga yo‘l qo‘yishga erishmoq zarur, shunda harakat ko‘nikmasini shakllantirish muvaffaqiyatli kechadi. Usullarni yengillashtirilgan, maxsus yaratilgan sharoitlarda o‘rganish. Bu yerda harakatlar tuzilishini to‘g‘ri egallash vazifa qilib qo‘yiladi. Usul yengillashtirilgan sharoitda bajariladi (basketbolda o‘qituvchining tashlashidan so‘ng to‘pni ushlab olish va uzatish, voleybolda o‘qituvchining oshirishidan so‘ng uzatishni amalga oshirish va h.k). nisbatan murakkab bo‘lgan o‘yin usullari qismlarga (bo‘laklarga) bo‘lib o‘rganiladi. Masalan, voleybolda hujumkor – zarb berishda dastlab sakrash o‘rganiladi, keyin sakrash, o‘qituvchi tomonidan sakrashni eng yuqori nuqtasiga oshirib bergan to‘pga zarb berish bilan uyg‘unlashtiriladi, faqat shundan so‘nggina mashq to‘liqligicha bajariladi. Har bir o‘yinda osondan murakkabga degan tamoyilga asoslangan holda o‘yin usullarini ketma – ket o‘rganish uslubiyati ishlab chiqiladi. Usullarni bajarish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan hatolarni ko‘rsatish va to‘g‘rilash lozim. Texnik usullarni bajarishda dastlab asosiy (qo‘pol) hatolar, keyin esa ikkinchi darajali (kichik) xatolar tuzatiladi. Xatolarni tuzatish uchun qayta ko‘rsatish, tushuntirish, qismlarga ajratib texnik usullarni bajarish, sekinlashtirish kabilar qo‘llaniladi. Usullarni murakkablashtirilgan sharoitlarda o‘rganishda uni yuksak darajada bajarishga (xatosiz, yaxshi tezlikda, jadal, zo‘riqmasdan) erishmoq lozim. Murakkablashtirilgan sharoitlarda nafaqat to‘p bilan to‘g‘ri harakat qilish balki, sherigi bilan ham to‘g‘ri hamkorlik qilishga erishiladi. O‘rganish uchun sharoitlarni murakkablashtirish bu usulni bajarish tezligini oshirish, masofalarni uzoqlashtirish, to‘pni uchish yo‘nalishini o‘zgartirish, uning troyektoriyasini murakkablashtirish, harakatlar amplitudasini oshirish demakdir. Murakkablashtirish uchun boshqa yo‘nalishlar – usulni yuqori tezlikda boshqa usullar bilan o‘zaro bog‘liq ravishda bajarish, usulni kichik maydonlarda bajarish, vaqt birligida bajarish, miqdorini oshirish, bajarish tezligi yoki aniqligiga talabchanlikni oshirish (o‘yining o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq holda) va h.k. navbatdagi murakkablashtirishda usulni sherigining qarshi harakatida dastlab sust, keyin esa faol bajarish, o‘zaro harakat qiluvchi sheriklar miqdorini oshirish kabilar vazifa qilib beriladi. Murakkablashtirish texnik usullarni egallaganlik darajasiga bog‘liqdir. Murakkablashtirilgan sharoitlarning butun bir majmui (kompleks) ni ham kiritish mumkin. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling