Nizomiy nomidagi toshkent
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
Tezkorlik – bu kishining mazkur sharoit uchun minimal vaqtda harakat sodir etish qobiliyatidir. U uch omil bilan farqlanadi:
1. Harakat reaksiyasining yashirin vaqti. 2. Ayrim harakatlar tezligi. 3. Harakatlar chastotasi. Bu omillarning barchasi majmuaviy holda namoyon bo‘ladi. O‘yin faoliyatida tezkorlik harakatlanayotgan narsa, ya’ni to‘pga nisbatan, raqib holatining o‘zgarishi, o‘yin usullarini bajarish va o‘zaro joy almashinuv kabilarga nisbatan tezkor reaksiya ko‘rsatish bilan ifodalanadi. Tezkorlikni namoyon etish shakllari o‘rtasida to‘g‘ridan – to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud emas. Sport tezligini yaxshi egallash mumkin, ammo qaror qabul qilish, tahlil qilish sust bo‘lishi mumkin yoki o‘yin usulini tez va yaxshi bajargan holda sherikning harakatlarini sekin anglash mumkin. Tezkorlikni tarbiyalashning asosiy vositasi bu tezkorlik bilan bajariladigan mashqlardir. Bu mashqlar o‘z navbatida boshqa harakatlar bilan majmuaviy holda qo‘shib bajariladi. Ular kutilmagan habar (signal)ga muvofiq tez bajariladi. Mashqlar turli – tuman, turli mushak guruhlarini qamrab olishi, shug‘ullanuvchilarning koordinasion qobiliyatlarini yuksaltirish zarur. Tezkorlik sifati muntazam ravishda rivojlantirilib turilmasa, u bora – bora so‘nib qolishi mumkin. Tezkorlik sifatini rivojlantirish kichik maktab yoshidan boshlanadi. Buning uchun o‘yin usullarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus harakatli o‘yinlar, to‘siqli va to‘plar bilan bajariladigan estafetalar tanlanadi. Mashqlar yuqori tezlikda bajariladi. Bolalarda harakat tezkorligini rivojlantirish nisbatan 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida amalga oshiriladi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan mashqlar shug‘ullanuvchilarda charchoq hosil qilmasligi zarur. Agarda tezkorlikni rivojlantirish maqsadida berilgan mashqlar shug‘ullanuvchilarda charchoq hosil qilsa, u holda harakatlar koordinasiyasi tezda buziladi, tezkor harakatlarga javob berish qobiliyati susayadi. Tezkorlikni rivojlantirish uchun mashqlar har bir trenirovka mashqlaridan oldin beriladi. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling