Nizomiy nomidagi toshket davlat pedagogika universiteti


Download 95.33 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi95.33 Kb.
#1547250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTO`M kursavoy

Undalmalarning sostavi. Undalmalar sostavlariga ko'ra uch xil:

  1. yig'iq undalmalar,

  2. yoyiq undalmalar,

  3. murakkab undalmalar

ga bo'linishi mumkin. Yig'iq undalma yolg'iz bir so'zdangina tarkib topadi. Yoyiq
undalma o'ziga oid so'zlar bilan kengayib keladi. Undalmaga oid so'zlar
aniqlovchi yoki izohlovchi vazifasida bo'ladi. Bu aniqlovchi yoki izohlovchilar
quyidagi so'z turkumlari orqali ifodalanadi.
1) sifat: She'r aytgim kelyapti, aziz do'stlarim, she'r aytgim kelyapti, go'zal Farg'ona (G'.G'ulom). Zahmatkash, do'stparvar, jangovar, Ahdida vafoli, quvnoq o'zbegim, Maqtashda tantilik qilsam haqqim bor (G'.G'ulom). Zabardast, bardoshlik quntu ixlosli, Azamat o'g'illar, otincha qizlar, Aziz ko'ksingizda, yurak ustida, Porlasa yarashur oltin medallar (G'.G'ulom).
2) sifatdosh: Sevar yorim, senga bir gap bo'ldimi, shirvon eldan yo bir xabar keldimi? (Fol'klor). Papaq kiygan qahramon, Gavdali qoplon, Temir panjang bilan to'k dushmanigdan qon (G'.G'ulom).
3) ot: Qutlug' bo'lsin, batrak o'troq, chorikorlar! Oktyabrning bergan bu yer islohati (H.Hakimzoda). Shuncha qarzim bor ekanmi? Men buni qanday uzaman, boy ota? (H.Hakimzoda). O'rtoq brigadir, nega indamaysan yoki tungi ovga chiqishga e'tirozing bormi? (V.Zaktrutkin).
4) olmosh: Rossiya, Rossiya, mening Vatanim, Men sening o'g'lingman,
emasman mehmon (H.Olimjon).
Undalmalarning qaratqich kelishigidagi ot, son, ko'rsatish olmoshi bilan
kengayib kelgan turlari kam qo'llanadi. Buning sababi shuki, bu so'z turkumlari
undalmaga ortiq konkretlik kiritadi, ma'lumki, undalma bunday konkretlikni talab etmaydi: Yasha, ey xalqimning dorilfununi, Ilmu fan manbai, barhayot O'ZGU
(G'.G'ulom).
Undalmaning yoyiq shaklini frazeologik birikma etishi mumkin: ... Xayr,
ko'zim qorasi (H.Olimjon). So'nma, ey tole quyoshi... (Uyg'un).
Undalmaning quyidagicha murakkab shakli bo'ladi:
1) yolg'iz undov so'z bilan yoki undov so'z bilan barobar, aniqlovchi,
izohlovchilar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda kuchli emotsional ma'no
ifodalanadi: Yur, ey o'lkam, jahonlarga titroq solib yur!! (H.Olimjon). Sher yurak
ey qahramon, yovdan Jahonni pok et (H.Olimjon). Yasha, ey, vatanim, muncha
go'zalsan (G'.G'ulom). Sen bilan bab-barobar uyg'ona oldim,ey quyosh(G'.G'ulom). Ey qahramon dovyurak, Jasur, ulug' xalq, Qudratingdan yo'q bo'ldi zo'rlik, asorat (G'ayratiy). Ey zabardast chin bahodir paxtakor, himmating zo'r, sen chamanda baxtiyor (A.Po'lat). Hay qizim, bunaqa yigitdan sovchi ikki kelmaydi (O.YA.).
Undalma chaqirish mazmunini ifodalanganda, hoy, ey, e, ayo undov
so'zlari bilan keladi. Chaqirish ma'nosidagi undalma takrorlanganda, ko'pincha,
undov so'z ikkichi undalmadan oldin keladi:- Aya, hoy aya, turing, dadamni topib
yupating, xafa bo'lmasin, yotib bemalol uxlasin (Oybek). Yigitcha, hoy yigitcha,
bu yoqqa kel-chi! (Medvedov).
2) undalmaning sostavida aniqlovchi ergash gap bo'lishi yoki ergash gap
shaklida bo'lishi mumkin. O'lma, ey, qo'li qand, jafokash bog'bon, Yashay ber,
bog'larga chulg'angan Vatan (G'.G'ulom). Hoy soqoling ko'ksinga to'kilgur,-
dedi xotin,- bu qanday qiliq? (G'.G'ulom).
3) undalma takrorlanib kelishi mumkin. Bu hol kuchli his-hayajon
ifodalanganda, undalmaga alohida ahamiyat berilganda ro'y beradi. Undalma
takrorlanganda aynan qaytarilishi, aniqlovchi bilan birikib kelishi yoki
undalmaning o'rnini mazmunan bosuvchi boshqa so'z bilan almashib, qaytarilishi
mumkin. Jamila, Jamilaltur o'rningdan (H.Hakimzoda). Og'a, sadag'ng ketay,
og'a,-deb gap boshladi,- mana bu bolalarga bir qara, rahming kelsin bizga
(M.Ibragimov). Sarxon, Sarxon, Sarxon, uxlayapsanmi?-deb chaqirar edi.- Menga
qara, senga gapim bor (M.Ibragimov). Rossiya, rossiya, azamat o'lka! Ey osmon 12
singari bepoyon vatan! (H.Olimjon). Moskva, Moskva, azim Moskva, Jahonga nur
sochar yorug' yulduzing (H.Olimjon).
G'afurjon, sevgilim, xayr! (H.Hakimzoda). go'zalim, vatanim, bog'u
bo'stonim, o'nggingda ochilur kattakon kitob (G'.G'ulom). O, Raksana, ey sanam,
yutding zahar-zaqqum lar (Uyg'un). Ey, sen shoir, Ey yuragi dard bilan to'lgan!
Qora kuchlar, valiyolarning chirog'ini o'chirmoq bo'lgan (H.Olimjon).
Qahramonim, Mahribonim, bo'l omon! (H.Olimjon). Yorqinim, farzandim, meni
kuydirma. Bu otlarning o'zing bo'lgin egasi (E.Jumanbulbul). Gulnoz, qizim,
ko'zani olib buloqqa borib kel. Kechqurun suv lozim bo'ladi... (M.Ibragimov).
Ko'rarda ko'zim, aziz do'stim,- dedi Hakimulmulk (M.Ibragimov).
Undalmalar takrorlanganda, har vaqt ham ketma-ket kela bermay,
undalmaning takrorlangan shakli gapning oxirida bo'lishi,- bir mazmundagi
ikki undalma orasida boshqa gap bo'laklarining yoki boshqa gapning bo'lishi
mumkin: Ha, Xonzoda, kel, singlim, shu yerdamisan? (H.Hakimzoda). Xayr,
o'g'lim, oq yo'l bo'lsin, Xayr, ko'zim qorasi, Bilkim, Jangda bilinadi, Mard
yigitning sarasi (H.Olimjon). Chaqiripti armiyamiz, farzandim, Omon borgil,
salomat kel, dilbandim (F.Yo'ldosh). Tinchlan, qo'zichog'im, tinchlan,
do'mbog'im (Gazetadan)
4) undalma uyishib keladi: Onajon! G'ofurjon! Unitma meni! (H.Hakimzoda).
Qator kelgan undalmalarning oxirgisida intonatsiya ko'tarilib, oldingilari
sanash ohangida aytiladi.
Uyishgan undalmalarning joylashish tartibi ularning xususiyatlari,
ahamiyati, ma'lum shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, yosh xususiyatini hisobga
olgan holda bo'ladi.
Uyishib kelgan undalmalarni izohlovchi undalmalardan farqlash zarur:
Endigi umrning posbonlari, aziz farzandlarim, o'gil- qizlarim! Ulug' may
kuningiz bo'lg'usi qutlug' (G'.G'ulom).
Bu misolda ikkinchi va uchinchi undalmalar birinchisini izohlaydi,
ta'riflaydi. Ularning uyishmagan ekanligini oralariga teng bog'lovchini kiritish mumkin bo'lmasligi va sanash ohangi bilan emas, izoh ohangi bilan talaffuz
etilishlari ham ko'rsatib turadi.

Download 95.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling