Nizomiy nomidagi toshket davlat pedagogika universiteti


Download 95.33 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi95.33 Kb.
#1547250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTO`M kursavoy

Undalmalarning o'rni. Undalma gapning boshida ham, o'rtasida ham,
oxirida ham kela oladi. Undalmaning o'mi uning semantik funksiyasiga, stilistik
xususiyatiga, tarkibiga, asosiy gapning strukturasi va mazmuniga ham bog'liq
bo'ladi.
1. Odatda, tinglovchining diqqatini jalb etish, murojaat etish uchun
xizmat qilgan, murakab tarkibli, shuningdek, undov so'zli undalmalar gap
boshida keladi: Onajonlarim, hamma o'zining eski devorini quchoqlab o'tira
bersa, yurt qachon obod bo'ladi? (A.Qahhor). Shakar og'a, xabar olgin holimdan
(F.Yo'ldosh). Do'stim, baxtiyormiz bu xonodonda, birbir maqsadimiz, fikru
o'yimiz (M.Muhammadqul).
Shuningdek, undov so'zlar bilan kelgan undalmalar, chaqiriq,
doklad, buyruqlardaundalma gap boshida bo`ladi: Go`zal ey, senga bir gap
demakka ko'p hayronman (H.Olimjon). O'rtoqlar! Biz yangi ideal yo'lida
kurashga otlandik (M.Ibragimov).
2. O'z sem antik funksiyasidan tashqari, qo'shimcha emotsional, modal
munosabatlarni ifodalagan undalmalar gap orasida yoki gap so'ngida keladi:
Gap o'rtasida kelgan undalma logic urg'u olmaydi: Behudaga, o'g'lim,
egna bosh (H.Olimjon). G'alabamiz, shodligimiz, dong'imiz uchun, do'stim, kel
ichaylik ikkimiz (H.Olimjon). so'ldirma, bobojon, gulday tarzingni (F.Yo'ldosh).
Bir xil kesimlar takrorlanganda ham, so'zlarning orasida undalma keladi:
Ol, o'g'lim, haqqingni ertaroq ol... (H.Olimjon). Xo'p, uka, xo'p. Ertalab
jo'naymiz,- dedi shoshilib Do'smat (P.Tursun).
3. Gap oxirida kelgan undalmalar so'zlovchining modal munosabatini
yorqinifodalaydi. Oxirida undalma kelgan gaplar ko'pincha tarkibiga ko'ra
ancha yig'iq bo'ladi: Chin so'zim, Gulnor, menga ishonmaysanmi? Kel,
qo'zim!- har vaqtdagicha qarshi oldichol (Oybek). Hayqir, traktor! Tuproqlarning
yuragini qo'por, ag'dar, yor! (H.Olimjon). Mana ko'rdingmi, og'ayni, sening
kelajaging porloq (M.Ibragimov). O'qi, o'g'lim, dunyoda jaholatdan qutqaradigan narsa ilmdir. O`qi, ilm ol, so`ng bolalarni o`qit. Baxt-saodatning kaliti ilmdir! – der edi. (M.Ibragimov).
Odatda, undalma modal munosabatni ifodalovchi gaplardan (xo'p, salom,
xayr, rahmat, hormang, kechirasiz va boshqalar) so'ng keladi. Shuningdek,
undalma ham, yo'q so'zlaridan ham keyin qo'llanadi: Xayr, opa, kelsang
o'zingga, Rozi bo'lgin bergan tuzingga (H.Olimjon). Yo'q, Fridun, ketma hech
qayerga ketma!-dedi birov (M.Ibragimov).

Download 95.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling