Nizomiy nomidagi toshket davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 95.33 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi95.33 Kb.
#1547250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTO`M kursavoy

Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Kurs ishi obyekt va usullar. Kurs ishining muammosiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy mantiqiy tahlil, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini kuzatish, suhbat, so’rov-anketa, qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish kabi usullardan foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga undalma mavzusiga oid bo`lgan nazariy malumotlar ko`rsati berilgan. Boshlang’ich sinf savod o’rgatishning tayyorlov davrida yozuv darslarini tashkil etishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish usullari nazariy jihatdan asoslangan. Ushbu Kurs ishida yoritilgan nazariy va amaliy fikrlardan o’rta maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari pedagogika fakulteti talabalari o’quv jarayonini tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Undalma so`zlovchining nutqi qaratilgan, boshqa bir yoki predmetni ifodalagan so`z yoki so`z birikmasi.
Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma`nosidagi so`zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to`ldiradi, gapning kimga tegishli ekaligini ko`rsatib turadi. Undalma- dialog nutqda, monologda, avtor nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e`lolarda ishlatiladi.3 Masalan: -Otajon deyman, o`yiga usta ekansiz-ku, - dedi O`rmonjon kulib. – Shuni aytgin, o`g`lim, o`yinga usta ekanman… Bir menmi? Shu odamlarga ham o`yin-kulgu yarashar ekan-ku! –Bu odamlarga juda- juda ko`p narsalar yarashadi, otajon (A.Qahhor). Ishchilar, uyg`on, senga yetishda zamon (H.Hakimzoda). Butun fikrim- hayotim senda, Ukraina! Ey, yurak quyoshi (H.Olimjon). Kolxozchi o'rtoq, tez-u toza ter (Gazetadan).
Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning zarur qismlaridan biri hisoblanadi, Shuning uchun ham u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilish yoki hatto o'rnining o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, avtorning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi.4
Undalmaning ajratilgan izohlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirish xususiyati aniq ko'rinadi, chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izohlaydi:... Bosh turmushim to'ri,ko'nglimning jo'ri - Bularning hammasi sen, Vatanim-onam (H.Po'lat).
Misoldagi Vatanim onam undalmasi Sen olmoshning ma'nosini izohlaydi, aniqlashtiradi shu bilan birga, Vatanim - onam undalmasi butun gap mazmuni bilan ham aloqadadir.
Bu xil sintaktik kategoriyaning asosiy vazifasi undalma bo'lsa ham, unda izohlash xususiyati ham bor. Bunday undalmalarning ajratilgan izohlardan farqi quyidagicha:
1. Undalma chaqirish intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi. Ajratilgan izohlar esa ajratilgan, sust intonatsiya bilan aytiladi.
2. Undalma nutq qarashli bo'lgan ob'yektni ifodalaydi, izohlar esa biror bo`lakni izohlaydi (undalma ba'zan izohlashi ham mumkin). Ammo uning undalmalik xususiyati birinchi paydo bo`ladi.
3. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izohlar izohlanmishning va shakliga ko'ra, turlicha bo'lishi ham mumkin.
Undalmalar nominativ gaplarga shaklan o'xshaydi. Ammo grammatik, intonatsion xususiyatiga ko'ra ulardan farqlanadi.
Nominativ gaplarga misollar: Budapesht! Endilikda hammaning og'zidan shu so'z tushmas edi (O.Gonchar). Dunay, Dinay! degani shu ekan-da! (O.Gonchar). Eh, fris!-deb musht o'xtalardi yov tarafga qarabXoma.- Men senga qirq birinchi yilda dunyoning yarmini bosib o'tishga o'tasan-ku, ammo uyinga qaytib borolmaysan, demaganmidim? (O.Gonchar). Jahannamday qizg'in qumliklardan keyin bu vodiy
ertaklardagiday go'zal, o Farg'ona! (Oybek). Sobir jangda, mehnatda qotgan, dag'allashgan barmoqlaridan handalak sharbatini shir-shir oqizib, xursand qichqirdi: O jonim Farg'ona, oq oltinim, bog'im (Oybek). Oxo, yangi Farhod va Shirinlar!- ko'zlarini jo'rttaga chaqchaytirib, qoshlarini o'ynatib qichqirdi O'ktam.-Sirdaryo bo'ylarida o'z Shirining uchun qahramonlik ko'rsatmoqchimisan (Oybek).
Nominativ gaplar ma'lum bir his-hayajon, maqsad ifodalangan gapdir. Shuning uchun ham u gap intonatsiyasi bilan talaffuz etiladi.Undalma tugal bir maqsad yoki tugal bir his-hayajonni ifodalamaydi, intonatsiyada ham tugallik bo'lmaydi.
Undalmalar semantik va stilistik funksiyasiga ko'ra uch gruppaga bo'linadi:

  1. nutq qaratilgan ob'yektni ifodalaydi. Nutq qaratilgan ob'yekt uch xil bo'lishi mumkin:

a) shaxs
b) shaxs bo'lmagan jonli predmet,
v) Jonsiz predmet,
a) undalma shaxsni ifodalaganda, kishining nomi, familiyasi, taxallusi, qarindoshligi, yoshi, jinsi, kasbi, unvoni va xususiyatlarini ko'rsatishi mumkun: Sobir Umarovich, sizni tabriklayman (Yashin). Qani, dakang xo'roz, zakazingni qila ber (A.Qahhor). Bugun tilingga shakar surtib olganmisan, changal. Ol, Jiyan, yo'l yurib kelgansan (Oybek). Xush kelibsizlar, og'alar, xush ko'rdik! - deb ularga eshikni ko'rsatdi (M.Ibragimov). Fridun kosani joyiga qo'ydi-da: - Qo'rqma, ona, sindirmayman, - dedi (M.Ibragimov). Hech qayerga yuborma, Musa tog'a, hech qayerga... Bolalarga kiyim-bosh qilinglar (M.Ibragimov). Yigit, bir kishiga adabiyotdan dars berishga rozi bo'larmiding? – deb so'radi (M.Ibragimov). Hammamizga ham ruxsat eting, o'rtoq leytenant (Furmanov). O'rtoq general mayor, menga ham Jangga kirishga ruxsat bering (Yashin).
O'zbek tilida xotinning erga murojaatini ifodalash uchun odatda otasi, erning xotinga murojaatini ifodalash uchun oyisi (onasi) so'zlari qo'llanadi: Ko'z tegmasin, otasi, Fridun juda yaxshi yigit bo'libdi! – der edi Sarbiya xola (M.Ibragimov).
Ba'zan undalma so'zlovchining o'zi bo'lishi, so'zlovchi o'ziga o'zi murojaat etishi mumkin. Bu hol ayrim monolog gaplarda (ichki nutq) yoki she'riyatda traditsion qodiga muvofiq, she'r avtorini ko'rsatish uchun oxirgi baytda qo'llanadi: Chuqur yoz, shirin yoz, shoshilmay soz yoz, Xalq qilmas e'tiroz, Sobir Abdulla(S.Abdulla).
b) undalma jonli predmet bo'lishi mumkin. Bunday undalmalar hayvon, parranda, hashorat nomlari bo'lib, ko'pincha, masal, metal, ertaklarda va ba'zan she'riyatda qo'llanadi: Bir bulbulni ko'rib qoldi. Eshakvoy unga qara dedi: (Menga qara, bulbulcham, deydilarki, sen emishsan xush ovoz) (Krilov).
v) undalma jonsiz predmet bo'lishi mumkin. Bu holat asosan she'riyatda qo'llanadi va predmet ma'lum bir substansiya tarzida o'qiladi, nutq ekpressiv xarakterda bo'ladi: Seni unitolmas yuragim also, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo!!! (V.Inber).
2) undalma orqali ma'lum shaxs, predmetlarga xarakteristika beriladi,
ta'riflanadi. Bu xarakteristika shaxs, predmetning tashqi yoki ichki belgisiga ko'ra bo'ladi. Shaxs, predmetni ta'riflash quyidagi yo'llar bilan bo'ladi:
a) undalma vazifasidagi otga aniqlovchi, izohlovchilar qo'shilib keladi:
Hoy yaxshi qiz, qiz, yaqinroq kel, Bir-ikki og'iz so'z so'zlayin (H.Olimjon). (Nega o'qituvchingiz ko'rinmaydi, azizim Shamsiya) deb so'radi (M.Ismoiliy). Sharqqa nur beruvchi, ey O'zbekiston, Ulug' oilada topding sharafshon! (T.To'la). Porlagan yuz, yashnagan ko'z, botir qiz! Komsomolda chechak kabi ochding yuz (H.Olimjon).
b) undalma boshqa undalmalar orqali izohlanadi. Bu holda shaklan uyishgan undalmalar vujudga kelib, so'ngi undalmalar birinchi, asosiy undalmani izohlaydi: (Yashagil, traktorim, quyoshim, non im, Boshimga oltindan qo'yding chambarak, Yashagil, mehnatim, quvvatim, jonim, Ilk tong otardan berolding darak (G'.G'ulom).
Misolda asosiy undalma traktorim, qolgan undalmalar uni izohlaydi.
v) shaxs, predmetning tashqi yoki ichki belgisiga ko'ra ta'riflanadi; bunday undalmalar orqali so'zlovchining ma'lum shaxs, predmetga modal munosabati ham ifodalanadi: O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal (H.Olimjon). Xalq kesadi yo'rtqich kallasin, La'nat senga, trumenchi Jallodlar! (Islom shoir). Andak sabr eting, do'stim, men sizga ba'zi voqealami so'zlay... (Oybek). Xo'sh, ahvollar qalay, Jangchi o'rtoqlar (Yashin).
Bu xil undalmalar ko'pincha otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi: Bu yoqqa qara, tentak! Kambag'al bo'lsang ham, o'lgudek odmisan, balandda yurasan bilaman (Oybek). U o'g'lini ko'rib, suyunib ketdi-da, hech narsadan hech narsa yo'q, taajjublanib:- Obbo sarig'im-ey! Qani, qani, joy top, o'tqiz!- dedi (V.Oseeva). Ey zulm ko'rganlar, ey asirlar! Bizga ozodlik vaqti yetib keldi (S.Ayniy). By Jafo ko'rganlar! Ey azizlar! Bundan so'ng Jahonda hukmron bo'lsin proletar, proletar, proletar, (S.Ayniy).
Sifatdoshning -gur, kur shaklli otlashgan turi barqaror birikmani tashkil etadi: Niyatinga yetkur, quloq sol (H.Olimjon). Baraka topkur, Vas'kani qo'yi yubor (Chexov).
Ba'zan bu shakl yolg'iz qo'llanadi: Qayoqqa yana, tinmagur,- so'radi Komila o'zini onalarcha sezib (Oybek).
Shaxs, predmetlar boshqa bir jonli, Jonsiz predmetlarga o'xshatish orqali ta'riflanadi (bunda o'xshatilgan predmetning asosiy xarakterli belgisi ma'lum shaxs, predmetlarga ko'chiriladi): Sayra, to'ti qushim, sayra (H.Hakimzoda). O'tirganlardan biri yonidan joy berish taraddudiga tushib:- Kel, chirog'im, kela qol,- dedi (P.Tursun). Hoy bo'rilar, so'zlaringdan qayt. Bo'lmasa hokimingga bormayman, mingboshingga yalinmayman, xalqqa arz qilaman, xalqqa (H.Hakimzoda). Suqma Koreyaga tumshug'ing, tulki! Qolsin qo'lida Koreya erki! (Mirtemir). Sen yetim emassan, tinchlan, Jigarim (G' G'ulom). Bog'imda anorim, senga yo'l bo'lsin? Qatordagi norim, senga yo'l bo'lsin? Ispihon xanjarim, senga yo'l bo'lsin? Umrimning mevasi- bir toza nihol, Bitgan olmazorim, senga yo'l bo'lsin? (Fol'klor)
Bu xil undalmalar ayrim o'rinlarda shaxs, predmedmetning tashqi bir belgisini ifodalaydi: choloq, ko'r, kar, kal va shunga o'xshash so'zlar undalarmani tashkil etadi. Ba'zan Hoy shlyapali! Ey mashina! Tipidagi undalmalar ham og'zaki nutqda uchraydi. Bunda so'zlovchi uchun noma'lum shaxs birinchi ko'zga tashlangan, shu vaziyatda muhim bo'lgan belgisiga ko'ra nomlanadi (Hoy shlyapasi bor odam! Ey
mashinasi bor yoki mashinani boshqarayotgan kishi kabi).
Undalma orqali ifodalangan shaxsga so'zlovchining modal munosabatini
ko'rsatish uchun birinchi shaxs egalik affiksidan yoki -jon, -xon kabi erkalatish affikslaridan foydalaniladi:-Kayfing chog' bo'lgani uchun juda xursandman, azizim (M.Ibragimov). Sizga bag'ishlanur, o'quvchim, ijodimning eng qanchalik uzoq bo'lmasin, odamlar uning ancha qismini o'tib qo'yishgan (M.Ibragimov).
3) undalma so`zlovchining emotsiyasini ifodalaydi. Bu emotsiya orqali g'azab, nafrat, mazax, kesatish, iltimos, achinish, erkalash,hurmat, shodlik, tabrik. Chaqirish, mamnunlik kabi hislar anglashiladi. Emotsional munosabatning ifodalanishi turli yo'l bilan bo'ladi.
a) undalmalar bilan birga undov so'zlarni qo'llash orqali: Umrim ey, sen bo'lib shuncha beg'ubor, To abad aylading meni baxtiyor, Umrim ey, sen bilan qilib iftixor, Bo'layin o'lguncha men ham minnatdor (G'.G'ulom). Hay o't yigit, haligi so'zlaring oltinga arziydi, ammo har kim ga so'zlay berma! (Oybek)
Undov so'zlar bilan undalma o'z aniqlovchilari bilan kengayishi ham mumkin. Bunday undalmalar orqali ham emotsiya ifodalanadi hamda undalma orqali ifadalanayotgan shaxs, predmet ta'riflanadi: Chaqmoq kabi yuksal, yashna, uch uzoqlarga, Keng jahonga dong taratgan, Ey, azamat sher! Ey, bol'shevik ismi bilan nafas er (H.Olimjon).
b) undalmalarni aynan takrorlash orqali (aynan takrorlangan bo'lak
yolg'iz bolishi yoki aniqlovchi bilan birga qo'llanishi mumkin): Rossiya,
Rossiya, azamat o'lka, Ey osmon singari bepoyon Vatan (H.Olimjon). Dada!
Dadajon, non yeyman, non keltirdingizmi?- Jonim o'g'lim, mana hozir non olib
kelaman (S.Aynly).
v) ayni bir undalma boshqa so'z orqali takrorlanadi: Qani Mirzajon,
qani bu yoqqa keeling, uka! (P.Tursun). Ha, Xonzoda, kel, singlim... (H.Hakimzoda). Abror, o'g'lim, ana bu behining kallagiga gazeta qistirib
qo'ygan edim, shunt olib kel (A.Qahhor). Undalmalar orqali biror his-hayajon ifodalanishi intonatsiya orqali ham bo'lishi mumkin: Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!
Ammo bunday holda undalmadagi asosiy semantik funksiya nutq qarashli obyektni ifodalashdir. Demak, undalmaning turli semantik gruppalari bir-biriga yaqinlashadi, birlashadi. Har qanday holatda bu semantik gruppalarning biri ustun bo'ladi, chunki yetakchi bir semantik funksiyani ifodalash uchun maxsus Grammatik, leksik vaboshqa xil vositalar qo'llanadi.
Undalmalami semantik funksiyasini belgilashda umumiy gap xarakterining (uning darak, so'roq, undov gap bo'lishining) va intonatsiyaning roli kattadir. Ammo bu vositalar qo'shimcha vositalar hisoblanadi.

Download 95.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling