Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


Sport turlari buyicha federa^iyalarning jismoniy tarbiya va sportni


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

5.4. Sport turlari buyicha federa^iyalarning jismoniy tarbiya va sportni 
rivojlantirishdagi faoliyatlari
Qaysi sport turi bo’lmasin, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish 
faoliyatlari asosan sport federa^iyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 
musobaqa Nizomi, hakamlik ishlari asosiy o’rinda turadi. SHu tufayli 
mamlakatimizda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha federa^iyalar tashkil etilgan. 
Har bir federa^iyaning o’z Nizomi mavjud. Nizomlarda federa^iyalarning tarkibiy 
tuzilishi, rahbar va xay’atini saylash, ish mazmuni hamda vazifalari, moddiy 
mablag’lar kabi jihatlar aks ettirilgan.
Federa^iyalarning eng muhim vazifalariga musobaqa qoidalarini ishlab 
chiqish yoki o’zgartirishlar kiritish, musobaqalarning Nizomini tayyorlash, 
hakamlarning malakalarini oshirish, murabbiylarning faoliyatlarini o’rganish kabi 
talablar kiradi.
O’zbekiston sharoitida futbol, tennis, boks, shaxmat, kurash, sharqona yakka 
kurashlar va boshqa bir qator sport federa^iyalari o’z mustaqilligiga ega va o’z 
maqomlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Ular tashkiliy ishlar bo’yicha sport 
jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiga 
hisobot beradi.
Ta’kidlash joizki, bir qator sport federa^iyalari sport jamiyatlari tarkibidadir. 
Viloyatlardagi sport federa^iyalari ham sport jamiyatlari tarkibida faoliyat yuritadi 
va o’z Nizomlari asosida ish olib boradi.
Sport federa^iyalari tarkibiga asosan hakamlar va murabbiylar kengashi 
kiradi. Ular ham o’z faoliyatlarini alohida va mustaqil ravishda yuritadilar.
Hakamlar kengashi musobaqa qoidalarini ishlab chiqishi, bajarilishini doimiy 
nazorat qilish, yangiliklar kiritish bilan shug’ullanadilar. Musobaqalar asosan, 
avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan Nizomlar asosida o’tkaziladi, ularning yakunlari 
federa^iya hay’atida ko’rib chiqiladi va hisobot beriladi.
Murabbiylar kengashi ilg’or tajribalarni ommalashtirish, sportchilarning 
texnik va taktik mahoratlarini takomillashtirish, musobaqalarga tayyorgarlik kabi 
muhim masalalarni muhokama qiladi. Zarur muammolarni federa^iya hay’atiga 
tavsiya etadi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda boshqarish ishlariga jamoatchilik keng 
jalb qilinmoqda. 
Demokratik tamoyillarni amalga oshirishda o’zini-o’zi 
boshqarish, bunda pullik xizmatlar, tijorat va ishlab chiqarish yo’llari bilan moddiy 
ta’minlashga imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu sohada sport jamiyatlari, uyushmalari, 
asso^ia^iyalar, jam g’armalar va boshka jamoat tashkilotlari faol ishtirok 
etmoqdalar.
Sport jamiyatlari, uyushmalari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan 
tashkilotlar mustaqil faoliyat yuritish evaziga sportchilarning tayyorgarliklarini 
yaxshilash, ularning mahoratini oshirish, sport buyumlari va jihozlarini xarid 
qilish, sport inshootlarini kengaytirish, ta’mirlash kabi zarur ishlarni amalga 
oshirmoqda.
41


Bunday 
faoliyatlar, 
ayniqsa, 
«Dinamo» 
sport jamiyati
mudofaaga 
ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti va boshqa sport jamiyatlari hamda 
tashkilotlarila yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda sport jamiyatlari, 
ularning tarmoqlari, ayniqsa, jismoniy tarbiya jamoalari hamda ishlab chiqarish 
korxonalari, oliy o’quv yurtlari tarkibidagi sport klublarining hissasi tobora oshib 
bormoqda.
Barcha toifalarda o’tkazilayotgan sport musobaqalarining aniq maqsad yo’lida 
tashkil etilishida hakamlar, murabbiylarning roli va mas’uliyatlari kengaymoqda.
Bir so’z bilan aytganda, sohani boshqarishda jamoatchilikka keng o’rin berish 
yaxshi samaralar bermoqda.
Sport jamiyatlari, uyushmalari, sport klublari haqidagi Nizomlarni talabalar 
amaliy va mustaqil mashg’ulotlarda chuqur o’rganishlari lozim.
42



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling