Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


XIX. XALQARO SPORT HARAKATINI TASHKIL QILISH


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

XIX. XALQARO SPORT HARAKATINI TASHKIL QILISH
1.Xalqaro 
sport harakati taraqqiyotining 
asosiy bosqichlari 
haqida 
tushunchalar. (G860-1894, 1896-2000).
2.Xalqaro Olimpiya qo’mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari. 
Bosh Assambleya, milliy olim-piya qo’mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
3.Xalqaro sport uyushmalari, sport federa^iyalari, qitbalardagi sport 
tashkilotlari. Osiyo sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo 
sport uyushmalari.
4.Xalqaro sport va Olimpiya harakatining hozirgi muammolari.
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalkdarning kundalik 
faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy jarayonlarni o’zada ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga 
kelishi va taraqqiyot yo’li uzoq darvlarni hamda juda ko’p turli-tuman faoliyatlarni 
o’z ichiga oladi.
E ’tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, YAponiya, Janubiy 
Koreya, Germaniya, Franqiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o’zining salmokdi 
o’rni va har tomonlama mavqei jihatidan e’tiborga loyiq bo’lgan Rossiya, Xitoy, 
Hindiston, Arab mamlakatlari o’rtasida sport sohasida o’zaro aloqalar mavjud. Bu 
faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta’sir o’tkazmoqda.
Jahon xalqdari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan jarayondir. U xalklarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas, balki 
turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda 
progressiv g’oyalari bilan ham o’zaro bog’laydi.
Xalkaro sport harakati o’zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. YA’ni 
XIX asrning oxirlarida Evropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari tashkil 
etilib, asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Nati-jada turli sport uyushmalari 
(federa^iyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning oqibati esa Xalqaro Olimpiya 
o’yinlarini davr talablari asosida tashkil qilishga da’vat etdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida o’tkazilgan musobaqalarning yagona tartib va 
qoidalari bo’lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga 
birmuncha salbiy ta’sir ko’rsatdi.
SHunday bo’lsada,1881 yilda Evropa gimnastika uyushmasi, 1892 yilda 
akademik eshkak eshish Xalqaro federa^iyasi, 1904 yilda Xalkaro futbol 
federa^iyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo’mitasini tuzishga 
(1894) va uning faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo’ldi. Bunda buyuk 
mutafakkir Pber de Kubertenning (Franqiya) xizmatlari nihoyat kattadir.
SHuni ta’kidlash kerakki, xachkaro sport federa^iyalari hamda Xalqaro 
Olimpiya qo’mitasining dasturlari, xartiyasi, tashkiliy asoslar burjua sport 
xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu uzoq yillar davomida o’zga-rishsiz 
faoliyat kursatib keldi.
Hozirgi kunda ham uning asosiy qismi o’z kuchi va mavqeini saqlab 
kelmoqda.
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi Oktyabr to’ntarishigacha bo’lgan
134


davrni o’z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o’yinining 
o’tkazilishi (1896) va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o’yinlarning tashkil 
qilinishi bilan belgilanadi.
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo’ldi. Bunda quyidagi masalalar 
ko’rib chiqilgan edi:
1.Havaskorlik va professionalizm.
2.Olimpiya o’yinlari.
Hozirgi davrda Xalqaro Olimpiya qo’mitasiga 200 dan ortiq mamlakat a’zo 
bulib kirgan. Sobiq SSSR dan ajralib, hozir mustaqil davlat sifatida faoliyat 
ko’rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xalqaro Olimpiya ko’mitasiga 
a’zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho’qqilarini zabt 
etish, xalkdar o’rtasida tinchlik va do’stlikni mustahkamlash uchun o’z g’oyalarini 
olg’a surmoqdalar.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Xalqaro sport harakatining rivojlanishi 
va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatining rivojlanishini 
e’tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida 
o’zining muhim tayanchi bo’lgan YUNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport 
bo’yicha Xalqaro sport kengashini tashkil kildi. Bu tashkilot davlat hisobida 
boTmagan davlat tashkilotlari bilan aloqador bo’lib, jismoniy tarbiya va sport 
bo’yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba 
almashish 
ishlari 
bilan 
shug’ullanadi. 
Xalqaro 
sport 
harakatida 
sport 
uyushmalarining ahamiyati va o’rni juda kattadir.
Bular o’z klassifika^iyalariga (turlari) qarab jahon va hududiy uyushmalarga 
boTinadi.
1)Jahon sport uyushmasiga Xalqaro Olimpiya qo’mitasi va Xalqaro sport 
federa^iyalari, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro kengashi, Xalqaro sport 
federa^iyalari Bosh Assambleyasi, milliy olimpiya qo’mitalarining Bosh 
assambleyasi va boshqa uyushmalar kiradi.
2)Xududiy uyushmaga xududdagi milliy sport tashkilotining birontasi kiradi. 
Bunday tashkilotlarga Afrika sporti Oliy kengashi, Osiyo Olimpiya kengashi, 
Panamerika sport tashkiloti, Markaziy Amerika va Karib dengizi o’yinlari sport 
tashkiloti, O’rta er dengizi o’yinlari xalqaro qo’mitasi va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy xususiyati bo’yicha xalqaro sport uyushmalari quyidagilarga 
boTinadi:
- milliy uyushmalar, ligalar, davlat va jamoatchilik asosida tuzilgan 
mamlakatlarning uyushmasini o’z ichiga oluvchi Xalkaro sport uyushmalari;
- kapitalistik davlatlarni ichiga oladigan Xalqaro sport uyushmalari (harbiy 
sport xalkaro kengashi - jismoniy tarbiya va sportning xalqaro katolik 
federa^iyasi);
- milliy 
sport 
tashkilotlarining 
professional 
holatlari 
bo’yicha 
temiryo’lchilarning Xalqaro sport uyushmasi, aloqa, telegraf va telefon 
xizmatchilarining Xalkaro uyushmasi;
- ilmiy sohalar bo’yicha (sport tibbiyotining Xalqaro federa^iyasi, sport 
psixologiyasining xalqaro asso^ia^iyasi, Xalkaro so^iologiya asso^ia^iyasi va 
boshqalar);
135


- jinsi bo’yicha (xotin-qizlar) jismoniy tarbiyasi va sportining xalkaro 
asso^ia^iyasi;
- liniy e’tiqodlar bo’yicha (Xalqaro katolik va xristian sport uyushmalari).
Har bir xalqaro sport uyushmasi o’z ustaviga ega. Ustavda uyushmaning
vazifasi, maqsadi, ish mazmuni, a’zolikka qabul qilish va undan chiqarish 
qoidalari, yig’ilishlar, kongresslar o’tkazish, qarorlar chiqarish tartibla-ri, moliyavii 
masalalar, nashriyot ishlari va hokazolar aks ettirilgan. Ustavda rahbar xodimlarni 
saylash va ularning hisobot berib turishlari belgilangan.
Xalqaro 
sport 
uyushmalarining 
byudjetlari 
asosan 
milliy 
sport 
tashkilotlarining badallari, sport musobaqalaridan yig’ilgan mablagTarning bir 
qismi, televizion ko’rsatuvlar, 
nashriyot, 
ayrim shaxslarning homiyligi, 
hukumatlarning ba’zi badallaridan hamda homiy-likdan tashkil topadi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi jahon sport harakatini boshqaruvchi oliy 
tashkilotdir. Uning vazifasiga xalqlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng 
targ’ib qilish va har 4 yilda bir marta o’yinlarni tashkil qilish kiradi. Xalqaro 
Olimpiya qo’mitasi havaskorlik sporti rivojlanishini taqdirlaydi, kelgusi o’yinlarni 
o’tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Bu o’yinlar xalqdar o’rtasida sportdagi 
do’stlikni mustahkamlaydi.
E ’tirof etish kerakki, Olimpiya o’yinlarining aso-siy g’oyalari sportni 
rivojpantirish, u orqali xalqaro hamdo’stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu 
o’rinda Pber de Kubertenning «Sportga qasida»si /1912/ muhim ahamiyat kasb 
etish bilan birga, u o’zining mazmunan mohiyatini tobora rivojlantirmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat 
Xartiya (ustav) hisoblanadi. Unda Xalqaro Olimpiya harakatining maqsadi va 
vazifalari, huquq va burchlari belgilangan. SHuningdek, unda Xalqaro Olimpiya 
qo’mitasining milliy va xalqaro sport uyushmalari bilan munosabatlari, olimpiya 
musobaqalarining dasturlari, olimpiada o’yinlarini ochish va yopishdagi tadbirlar 
ham alohida ko’rsatilgan.
Xartiyada olimpiada o’yinlariga sportchilarni qo’yish shartlari ifodalangan. 
Bunda professional sportchilarning xalkaro olimpiada o’yinlarida qatnashishi man 
etilgan. SHuningdek, irkchilik, millatlarni kamsitish va diniy yo’llar bilan harakat 
qilishga yo’l qo’ymasligi alohida qayd qilingan.
2001 yil ma’lumoti bo’yicha Xalqaro Olimpiya qo’mitasi 200dan ortiq 
mamlakatning milliy olimpiya qo’mntalarini tan olgan.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Oliy organi har yilda o’tkaziladigan sessiyasi 
hisoblanadi. Sessiyalar oralig’ida Xalqaro Olimpiya qo’mitasi faoliyatini ijroiya 
qo’mita boshqaradi. Olimpiya o’yinlari oldidan Xalqaro Olimpiya qo’mitasi 
o’zining Konfessi va Assambleyalarini tashkil etadi. Unda Prezident va ijroqo’mni 
saylash, o’yin qoidalari va dasturga kiritiladigan sport turlari va boshqa masalalar 
hal etiladi. Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tarkibida Xalkaro Olimpiya 
akademiyasi mavjud.
U asosan Olimpiya g’oyalarini targ’ib qiladi. Bunda Prezident, 3 ta vi^e- 
prezident va a’zolar bo’ladi. Prezident har 8 yil muddatga saylanadi. Xalqaro 
Olimpiya qo’mitasi a’zolarini saylash muddati belgilanmaydi. Lekin u 72 yoshga 
kirsa, a’zolikdan chiqib ketadi.
136


Xalqaro Olimpiya harakatining barcha davrlarida 8 ta prezident saylangan. 
Ular quyidagilar:
1.D. Vikalis, Gre^iya, 1894-1896 yillar.
2.Pber de Kuberten, Franqiya, 1896-1925 yillar.
3. A.de Baye-Latur, Belgiya, 1925-1942 yillar.
4.E. Edstram, SHve^iya, 1942-1952 yillar.
5.E. X. Brendejd, AQSH, 1952-1972 yillar.
6.Lord M. Killanin, Irlandiya, 1972-1980 yillar.
7.X. Samaranch, Ispaniya, 1980-2001 yillar.
8. Jak Rogg, Belbgiya, 2001.
Xalkaro Olimpiya qo’mitasining (XOK) moliyaviy manbai asosan Milliy 
olimpiya qo’mitalari (MOQ) a’zoligidan, ya’ni har bir a’zo Amerika dollari 
hisobidan badallar to’laydi, Olimpiya o’yinlariningtelevizion ko’rsatuvlaridan 
yig’ilgan pullarning bir qismi, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi byulleteniga 
obunalardan bir qismini tashkil qiladi. Olimpiya o’yinlari jarayonidagi barcha 
harajatlarni o’yinni tashkil qilgan mamlakat ko’taradi.
Olimpiya o’yinini o’tkazish uchun mamlakatda (shahar) Tashkiliy qo’mita 
tuziladi va u barcha ishlar uchun Xalkaro Olimpiya qo’mitasi, Xalkaro sport 
federa^iyasi va Milliy Olimpiya qo’mitasi oldida to’la javob beradi.
Xalkaro Olimpiya qo’mitasi 26 ta Xalkaro sport federa^iyalarini tan oladi. 
M a’lum bir sport turini Xalkaro tan olishi uchun kamida 3 ta qit’alardagi 40 ta 
mamlakatida erkaklar va 2 ta qit’aning 25 ta mamlakatida ayollar tomonidan 
qo’llanishi shart.
YOzgi Olimpiya o’yinlari dasturi kam deganda 15 ta sport turi bo’yicha 
o’tkazilishi kerak. Sportchilarning Olimpiya o’yinlari bilan bog’liq bo’lgan moddiy 
harajatlarini (yotish joyi, ovqatlanish, transport va boshkalar) milliy Olimpiya 
qo’mitasi (MOQ) to’laydi.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining rezidenqiyasi Lozanna (SHvey^ariya) 
shahrida j oylashgan.
Ta’kidlash zarurki, har bir qit’ada Olimpiya o’yinlari kengashi mavjud, ular 
Milliy olimpiya qo’mitalari, sport uyushmalari bilan hamkorlik qiladi.
Xalqaro sport harakatida hozirgi davrda bir qator muhim muammolar mavjud. 
Turli mamlakatlarning sport-chilari yig’ilib musobaqa o’tkazish joyi faqat 
sportdagi kurashgina bo’lib qolmasdan, balki u professiv davlatlar bilan reak^ion 
harakat nomoyandalari o’rtasida bo’la-yotgan siyosiy va g’oyaviy keskin kurash 
ob’ekta \am bo’lib hisoblanadi. Bunday kurashlar Olimpiya o’yinini o’tka-zishni 
hal qilish uchun yig’ilgan jarayonlarda va o’yin yakunlarida ko’proq namoyon 
bo’lmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling