Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy
Sport turlari buyicha federa^iyalarning jismoniy tarbiya va sportni
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin
5.4. Sport turlari buyicha federa^iyalarning jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishdagi faoliyatlari Qaysi sport turi bo’lmasin, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish faoliyatlari asosan sport federa^iyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda musobaqa Nizomi, hakamlik ishlari asosiy o’rinda turadi. SHu tufayli mamlakatimizda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha federa^iyalar tashkil etilgan. Har bir federa^iyaning o’z Nizomi mavjud. Nizomlarda federa^iyalarning tarkibiy tuzilishi, rahbar va xay’atini saylash, ish mazmuni hamda vazifalari, moddiy mablag’lar kabi jihatlar aks ettirilgan. Federa^iyalarning eng muhim vazifalariga musobaqa qoidalarini ishlab chiqish yoki o’zgartirishlar kiritish, musobaqalarning Nizomini tayyorlash, hakamlarning malakalarini oshirish, murabbiylarning faoliyatlarini o’rganish kabi talablar kiradi. O’zbekiston sharoitida futbol, tennis, boks, shaxmat, kurash, sharqona yakka kurashlar va boshqa bir qator sport federa^iyalari o’z mustaqilligiga ega va o’z maqomlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Ular tashkiliy ishlar bo’yicha sport jamiyatlari bilan hamkorlik qiladi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasiga hisobot beradi. Ta’kidlash joizki, bir qator sport federa^iyalari sport jamiyatlari tarkibidadir. Viloyatlardagi sport federa^iyalari ham sport jamiyatlari tarkibida faoliyat yuritadi va o’z Nizomlari asosida ish olib boradi. Sport federa^iyalari tarkibiga asosan hakamlar va murabbiylar kengashi kiradi. Ular ham o’z faoliyatlarini alohida va mustaqil ravishda yuritadilar. Hakamlar kengashi musobaqa qoidalarini ishlab chiqishi, bajarilishini doimiy nazorat qilish, yangiliklar kiritish bilan shug’ullanadilar. Musobaqalar asosan, avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan Nizomlar asosida o’tkaziladi, ularning yakunlari federa^iya hay’atida ko’rib chiqiladi va hisobot beriladi. Murabbiylar kengashi ilg’or tajribalarni ommalashtirish, sportchilarning texnik va taktik mahoratlarini takomillashtirish, musobaqalarga tayyorgarlik kabi muhim masalalarni muhokama qiladi. Zarur muammolarni federa^iya hay’atiga tavsiya etadi. Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda boshqarish ishlariga jamoatchilik keng jalb qilinmoqda. Demokratik tamoyillarni amalga oshirishda o’zini-o’zi boshqarish, bunda pullik xizmatlar, tijorat va ishlab chiqarish yo’llari bilan moddiy ta’minlashga imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu sohada sport jamiyatlari, uyushmalari, asso^ia^iyalar, jam g’armalar va boshka jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmoqdalar. Sport jamiyatlari, uyushmalari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan tashkilotlar mustaqil faoliyat yuritish evaziga sportchilarning tayyorgarliklarini yaxshilash, ularning mahoratini oshirish, sport buyumlari va jihozlarini xarid qilish, sport inshootlarini kengaytirish, ta’mirlash kabi zarur ishlarni amalga oshirmoqda. 41 Bunday faoliyatlar, ayniqsa, «Dinamo» sport jamiyati, mudofaaga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti va boshqa sport jamiyatlari hamda tashkilotlarila yaxshi yo’lga qo’yilgan. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda sport jamiyatlari, ularning tarmoqlari, ayniqsa, jismoniy tarbiya jamoalari hamda ishlab chiqarish korxonalari, oliy o’quv yurtlari tarkibidagi sport klublarining hissasi tobora oshib bormoqda. Barcha toifalarda o’tkazilayotgan sport musobaqalarining aniq maqsad yo’lida tashkil etilishida hakamlar, murabbiylarning roli va mas’uliyatlari kengaymoqda. Bir so’z bilan aytganda, sohani boshqarishda jamoatchilikka keng o’rin berish yaxshi samaralar bermoqda. Sport jamiyatlari, uyushmalari, sport klublari haqidagi Nizomlarni talabalar amaliy va mustaqil mashg’ulotlarda chuqur o’rganishlari lozim. 42 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling