Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

6.3.2. Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari
O’zbekiston Olimpiya akademiyasi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasiga 
bevosita yordam beruvchi va olimpiya g’oyalarini targ’ib qiluvchi jamoatchilik 
asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.
Ta’kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya akademiyasi /XOA/ 1961 yilda 
tuzilgan. U Gre^iyaning Olimp shahrida joylashgan va 170 dan ortiq 
mamlakatlarda uning tarmoqlari, ya’ni milliy Olimpiya akademiyalari /MOA/ 
tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya akademiyasining asosiy vazifasi Olimpiya 
harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o’rganish hamda targ’ib qilishdan 
iborat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tomonidan boshqarilib, 
moliyaviy ta’minoti esa Gre^iya Milliy Olimpiya qo’mitasi zimmasidadir.
Xalqaro Olimpiya akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi va 
unda falsafiy-g’oyaviy muammolarga bag’ishlangan ma’ruzalar eshitilib, 
seminarlar o’tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati tarixi, sport 
mashg’ulotlari hamda jismoniy»tarbiya va sportning uslubiy masalatari bayonidan 
iborat bo’ladi. Bu anjumanlarga Milliy Olimpiya qo’mitalari, taniqli olimlar, 
murabbiylar, soha vakillari, xatto talabalar, aspirantlar va sportchilarni safarbar 
etish mumkin.
1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy 
tarbiya institutining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Olimpiya 
akademiyasi tashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Respublikasi 
Olimpiya akademiyasi /O ’zROA/ rasmiy ravishda ta’sis etildi.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi faoliyati uning saylangan 
prezidenti, ijroqo’m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida 
o’tkazilgan Xalqaro Olimpiya akademiyasi sessiyasida O’zbekiston Olimpiya 
akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol qatnashib 
kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ijroqo’mida /Nizomga 
muvofiq/ 12 kishi, ya’ni etuk olimlar, o’qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya 
harakatining namoyandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadilar.
O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi o’z faoliyatini, asosan, 
Olimpiya g’oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o’yinlarini ommalashtirishga 
qaratgan. SHu o’rinda muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqasida keltirish
45


maqsadga muvofiqdir.
1996 yil Olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini 
yaratishning hal qiluvchi jarayoni amalga oshirildi. YA’ni turli hududlarda Xalqaro 
Olimpiya akalemiyasi bilan o’zaro aloqalar ta’minlandi. Ayniqsa, Xalqaro 
Olimpiya qo’mitasining tashkil topishiga /1894/ va zamonaviy Olimpiya 
o’yinlarining /1896/ 100 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Respublika ilmiy- 
nazariy anjumanlari /1994, 1996/ muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-2000 
yillarda Olimpiya harakati va o’yinlari bilan bog’liq ilmiy-amaliy anjumanlar 
o’tkazildi. Ma’ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-nazariy tahlillar anjumanlarning 
ilmiy to’plamlarida o’z ifodasini topdi.
O’zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog’liq barcha muammolar va 
masalalarni hal etishda O’zbekiston Prezidenti va hukumatining bevosita yordami 
e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi 
«O’zbekistonda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat 
sportchilarini Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlariga 
tayyorlash to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda bayon 
etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O’zbekiston 
sportchilarining Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlarida 
muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag’batlantirish maqsadida, shuningdek
O’zbekistonning xalqaro obro’sini mustahkamlashda, yosh avlodni milliy g’urur va 
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’zbek sportchilari erishgan yutuqlarning 
g’oyat katta ahamiyatini e’tiborga olib:
XXVII Olimpiya o’yinlarida sovrindor bo’lgan O’zbekiston sportchilarini 
rag’batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo’shgan 
munosib hissasini e’tirof etish maqsadida quyidagi miqdorda bir yo’la beriladigan 
mukofotlar belgilandi:
- Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari;
- Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari;
- Bronza medali uchun - 25000 AQSH dollari /»Sport» gazetasi, 2000 yil, 9 
iyun/.
Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o’yinlarida qatnashadigan 
sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada Sidney shaxrida 
o’tkazilgan XXVII Olimpiya o’yinlarida /2000 yil 15 sentyabr - 1 oktyabr/ 
qatnashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o’yinlari medallari va 
O’zbekiston Prezidenti mukofotiga sazovor bo’ldilar. Ular: Muhammadqodir 
Abdullaev boks bo’yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash 
bo’yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks 
bo’yicha bronza medali sovrindorlari bo’lishdi.
Olimpiya o’yinlari g’oliblari va barcha qatnashchilarini respublikamiz 
jamoatchiligi munosib kutib oldi. Ular O’zbekiston Prezidenti, hukumati, Davlat 
jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari rahbarlari va 
boshqa homiylar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Umuman olganda, Respublikada Olimpiya harakati va o’yinlarining 
muqaddas bo’lgan shiorlari: «Tezroq», «Balandroq», «Kuchliroq» hamda 
«Tinchlik», «Do’stlik» «Hamjihatlik» kabi g’oyalari chuqur singib bormoqda. Bu
46


fa^liyatlarni ^mmalashtirish ishlarida faqat O,zbеkistоn R^spublikasi Milliy 
^limpiya qo’mitasi x^dimlari, uning tarm^qlaridagi mutasaddilar. R^spublika 
^limpiya akad^miyasigina emas, balki sp^rt tashkil^tlari, jamiyatlari, o’rta maxsus 
va 
о
Н
у
o’quv yurtlari, sp^rt h^miylari, sp^rt insh^^tlari x^dimlari va b^shqa juda 
ko’p tashkil^tlar, muassasalar hamda rasmiy shaxslar ham yaqindan turib ishtirak 
etm^qdalar.
O,zbеkistоn sp^rtchilarining ^limpiya o’ynnlaridagi ishtiraklari, ularning 
erishgan yutuqlari «Jism^niy tarbiya tarixi» darsligi va ilmiy-amaliy anjumanlar- 
ning ilmiy to’plamlari hamda maxsus o’quv-uslubiy qo’llanmalarda bayon etilgan.
47



Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling