Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


VII. SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

VII. SPORT MAKTABLARI VA MARKAZLARI FAOLIYATINI
TASHKIL QILISH
1. Iqtidorli 
sportchilarni 
tarbiyalashda 
bolalar 
va 
o’smirlar 
sport 
maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomi xaqida 
tushunchalar.
2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Murabbiylar 
kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari.
3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari.
4. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar, 
tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish.
5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish, ularning 
o’quv-yig’inlarini uyushtirishda murabbiylar va sport tashkilotlari rahbarlarining 
o’zaro hamkorligi.
7.1. Iktidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport
maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning
nizomlari haqida tushunchalar
Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar 
hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab 
etishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar 
O’zbekiston muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy 
taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus 
sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport 
maktablarining ijobiy mehnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq 
jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi 
ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va 
mohiyatini yo’qotmadi.
O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridash 
tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, 
ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib etish-tirish muammolarini 
qo’ymoqda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo 
umumta’lim maktablari, kollej, Нцеу, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari 
tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muhim ahamiyatga 
ega. CHunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qiziqish va ixloslari 
sinovdan o’tkaziladi.
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va usmirlarning jismoniy 
tayyorgarligi, ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb 
etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning 
ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va 
ularning xalqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlaydi. Eng 
muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim- 
tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yuqori natijalarga erishishda, qolaversa, 
jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol
48


o’ynaydi.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling