Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy


 Xalq milliy o’yinlari markam, uning ommaviy jismoniy tarbiya va sport


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/93
Sana15.07.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1660544
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent daylat pedagogika universiteti o z- o zin

5.3. Xalq milliy o’yinlari markam, uning ommaviy jismoniy tarbiya va sport 
ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati 
5.3.1. Xalk milliy o’yinlari markazi
1989-91 yillar milliy qadriyatlarni o’rganish, ularni imkoniyat darajasida 
qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, Mustaqillik 
yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o’rin olgan xalq milliy uyinlariga e’tibor 
kuchaydi. SHu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil 
boshida «Xalq milliy o’yinlari respublika Asso^ia^iyasi» /uyushma ma’nosida/ 
tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo’llanilib kelinayotgan 
milliy o’yinlarni o’rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va 
ommaviy tadbirlar o’tkazib borishdan iborat qilib belpshandi. SHu bilan birga, 
xalq milliy o’yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengroq mintaqalarda 
musobaqa tarzida o’tkazishni yo’lga qo’yish belgilandi. SHunga asosan, 1991 
yilning aprelida Qozog’istonda o’tkazilgan Xalq milliy o’yinlari anjumani va sport 
musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.
Xalq milliy o’yinlari Asso^ia^iyasining bevosita tashabbusi va Davlat sport 
qo’mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax 
viloyatining Forish tumanida ilk bor xalq milliy o’yinlari musobaqasi o’tkazildi va 
u har yili bahorda /aprel-may/ Forishda an’anaviy ravishda o’tkazib borildi. Bu 
musobaqa keyinchalik «Alpomish o’yinlari festivali» /Termiz-1998, Farg’ona- 
2000/ nomini oldi. Xalq milliy o’yinlaridan «Ko’pkari», «Poyga», «Bo’ron», 
«Mindi», «To’qqiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab 
(Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda SHaxrisabz) To’maris o’yinlari
39


respublika festivali o’tkazilmoqda.
E ’tiborli tomoni shundaki, 1991 yildan /Jizzax, Termiz, Toshkent, Farg’ona, 
Qarshi/ buyon xalq milliy o’yinlariga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazib 
kelinmoqda. Ularda xalq milliy o’yinlarining mazmuni, ularni sport darajasiga 
chiqarish, shu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy qo’llanmalar 
tayyorlash singari katta muammolar muhokama etilmoqda.

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling