17.5.2. Tashkilot (jamiyat) - hokimiyat tizimi sifatida, uning manbalari
Jismoniy tarbiya va sport bilan bevosita shug’ullanuvchilar, sport jamoalari
sport inshootlari, sport tadbirlarini o’tkazish va boshqa faoliyatlarni o’z zimmasiga
olishlari ularning hokimiyatchiligini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, barcha
tabaka, soha va tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport harakatiga rahbarlik qilish
hokimiyatchilik demakdir. Ularning asosiy ish vazifala-ri to’g’risida yuqorida
bayon qilindi. Bu o’rinda sport tashkilotlari va sport jamiyatlarining o’z
tarmoqdaridagi jamoalar, sport klublari, sport turlari bo’yicha jamoalarga rahbarlik
(hokimiyat) qilishdagi tadbirkorlikning ba’zi xususiyatlari to’g’risida so’z
yuritiladi.
Jismoniy tarbiya va sport harakatining asosiy hoki-miyati ularning rasmiy
sport jamiyatlari tizimi xisoblanadi. Ular bevosita mutasaddi davlat idoralari bilan
uzviy bog’liq holda, o’zlari mustaqil tarzda (hokimiyat) faoliyat ko’rsatadi, Bu
jihatlar quyidagi manbalarni tashkil etadi:
- sport jamiyatining Nizomi, ustavi;
- sport musobaqalarining kalendar rejasi va nizomlari;
- sport musobaqalari qoidachari;
- sport klassifika^iyam;
- sport sohasidagi mutaxassislar (murabbiylar);
- sport inshootlari;
- innova^ion faoliyatlar, banklardagi moliyaviy holatlar;
- boshqarishning
ilmiy-uslubiy
asoslari
qoTlanmalar,
yo’l-yo’rikdar
(instruk^iya).
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlik
faoliyatlari endi shakllanib kelayotgan eng muhim jarayondir. Uning mazmuni,
vazifasi va shakllari aholining jismoniy jihatdan sog’lom boTishi, o’quvchi-
yoshlarning buyuk kelajak sari dadil, epchil bo’lib borishlari hamda
sportchilarning mahoratlarini oshirish, ularning xalqaro maydonlarda ilg’or
mamlakatlarning sportchilari qatoridan o’rin olishiga qaratilgan.
Umuman olganda, sport menejmenti, marketing va tadbirkorlik faoliyatlari
xalqaro sport harakati, olim-piya g’oyalarini rivojlantirish kabi muhim muammolar
bilan bog’likdir.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |