O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
YO‘L-PATRUL XIZMATI XODIMLARINING YO‘L HARAKATI QATNASHCHILARI BILAN O‘ZARO
MUNOSABATLARI HAMDA MAXSUS MOSLAMALARDAN FOYDALANISHI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son
qaroriga
muvofiq,
shuningdek, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlarini hamda maxsus moslamalardan foydalanishini tartibga solish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro
munosabatlari
hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi
nizom
ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Belgilansinki, Nizom 14-bandining
ikkinchi
va
beshinchi xatboshilari
, 18-bandining
to‘rtinchi
xatboshi
2020-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi
556-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/556/3377-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki
oy muddatda ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R.
Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 1-dekabr,
975-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-
dekabrdagi 975-son
qaroriga
ILOVA