Nizomni tasdiqlash haqida


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oldingi
 tahrirga qarang.
vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini
aniqlash;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-
son)
yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish,
lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini
ma’lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda (bunda YPX xodimi tomonidan xizmat
guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi) ko‘rsatish;
yo‘l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilish va
kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan
foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va
e’tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari
bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;
yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan
aniq, lo‘nda tushuntirish berish;
haydovchini mast holda deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni transport
vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda
tekshiruvdan o‘tkazish, haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv
o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan taqdirda MJtKning 
136-moddasida
 nazarda tutilgan huquqbuzarlik
uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish;
belgilangan tartibda berilgan ko‘rsatmaga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini
cheklash yoki taqiqlash;
qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida
bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida
tegishli choralarni ko‘rish;
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini
aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joy holatini o‘zgartirish, dalillar yo‘qotilishi yoki yo‘q
qilinishining oldini olish maqsadida hodisa joyini o‘rab olish choralarini ko‘rish;
huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog‘lig‘i) xavf ostida
qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda yo‘l
transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda
fuqarolarga yordam ko‘rsatish;
o‘ziga xizmat yuzasidan biriktirilgan transport vositasi, ko‘krak nishon belgisi, aloqa vositasi va
maxsus moslamalarni yaroqli holatda saqlashi, ulardan faqat xizmat faoliyatida maqsadli
foydalanish;
ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki
belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan
foydalanmaslik;


Oldingi
 tahrirga qarang.
qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, uning
talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish;
(14-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-
son)
jismoniy kuch ishlatilgani va maxsus vositalar qo‘llangani natijasida jismoniy shaxslarning
hayotiga, sog‘lig‘iga, ularning, shu jumladan yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har
bir holat haqida, shuningdek, o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar to‘g‘risida o‘zining bevosita
boshlig‘i hamda nazorat qiluvchi prokurorga darhol xabar berish;
yo‘l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat
qilish huquqini tushuntirish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
YPX xodimi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
(14-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
15. YPX xodimining mobil videokameradan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
16. YPX xodimi tomonidan yo‘l harakati qatnashchisini asossiz to‘xtatib turish taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
17. YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganda yoki u tomonidan sodir etilgan
qoidalar buzilishini rasmiylashtirish jarayonida holatga daxldor bo‘lmagan hamda qonunchilikda
belgilangan vakolatga ega bo‘lmagan shaxslarga qoidalar buzilishini rasmiylashtirish yuzasidan
tushuntirish berishga majbur emas.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling