Nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus
Download 127.7 Kb. Pdf ko'rish
|
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanish tartibi
6-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus
moslamalardan foydalanish tartibi 25. Yo‘l harakati qatnashchilarining qoidalarga rioya etishini nazorat qilish maqsadida maxsus moslamalardan foydalaniladi. 26. YPX xodimlari tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatini nazorat qilishda foydalaniladigan maxsus moslamalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi lozim. 27. Qoidalar buzilishining oldini olish uchun YPX xodimi patrul avtomobili, maxsus moslamalarni imitatsiya qiluvchi qurilmalar (maketlar, manekenlar) yordamidan foydalanishi mumkin. 28. Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanish taqiqlanadi. Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. 29. Transport vositasining haydovchisi maxsus moslama qayd etgan ko‘rsatkichdan norozi bo‘lgan taqdirda, holat tegishli ravishda xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi. 1-§. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanish tartibi 30. Transport vositalarining oqimi va yo‘l sharoitini hisobga olgan holda, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimlari tomonidan ularning kunlik dislokatsiyasi belgilangan va maxsus moslamalardan tegishli tartibda foydalanish choralari ko‘rilgan bo‘lishi lozim. 31. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi moslamaning ko‘rsatkichlari bilan harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim. 32. YPX xodimlarining patrul avtomobillarida foydalanish belgilab qo‘yilgan tezlikni o‘lchash moslamalarini o‘zboshimchalik bilan yechib olishi va xizmatga aloqasi bo‘lmagan boshqa shaxslarning (jismoniy yoki yuridik) transport vositalariga o‘rnatishi hamda xizmatni o‘tashga aloqador bo‘lmagan fuqarolarni jalb qilishi qat’iyan taqiqlanadi. Mazkur talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. 33. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashning avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) boshqaruv tizimi (keyingi o‘rinlarda — ABT deb ataladi) tarkibidagi yo‘l harakatini nazorat qilish hamda video kuzatish texnik vositalarining joylashuvi va ish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan dislokatsiya bilan belgilanadi. 34. Ko‘chma fotoradar va mobil komplekslarni qo‘llash joyi va vaqti DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq belgilanadi. 35. Dislokatsiyaga asosan tezlikni o‘lchash vositasi bilan xizmatga jalb etilgan YPX xodimi hududiy yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari mas’ul xodimidan tezlikni o‘lchash vositasini (mobil komplekslar bundan mustasno) va unga tegishli sertifikatni (yoki uning nusxasini) qabul qilib oladi va uning butligi, sozligi, belgilangan tartibda ishlatilishiga mas’ul hisoblanadi. 36. YPX xodimi dislokatsiyaga asosan biriktirilgan hududga yetib borib, xizmatni boshlashidan oldin tezlik o‘lchash moslamasini foydalanish uchun tayyorlaydi, moslama xotirasiga uning o‘rnatilgan joyi, harakat yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib, xizmatga kirishadi. Download 127.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling