Nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

4-bob. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro
munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
18. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi
huquqlarga ega:
YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi
to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish;
transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini
ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;
xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd
qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda
xizmat olib borish holatlari bundan mustasno);
mazkur Nizomning 
13-bandida
nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi
kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;
sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash
sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;
huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;
YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish
jarayonida ishtirok etish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(18-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y.,


09/22/173/0298-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
e’tirozlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan
so‘ng tegishli DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi)ga murojaat etib, o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi
xizmat olib borishi mumkinligi to‘g‘risidagi dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab
qilish;
(18-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
apreldagi 173-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-
son)
o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma,
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa
ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;
YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida
ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor
shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
19. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagilarga
majbur:
YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda
tekshirish uchun taqdim etish, bunda haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki
ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki
identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish
huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek
transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha sug‘urta polisini taqdim qilish talab etilmaydi;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
YPX xodimiga sovg‘a, moddiy qimmatliklar taklif qilmaslik yoki boshqa shaklda manfaatdor
etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik;
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmaslik
(qonunchilikda sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikning alohida tartibi
belgilangan shaxslar bundan mustasno);
(19-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga
xalaqit bermasligi shart.
Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling