21. Yo‘l-harakati qatnashchisi MJtK 138-moddasining
birinchi — uchinchi qismlarida
nazarda
tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi faktiga e’tiroz bildirmagan,
unga solinadigan jarima
miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmagan, jarima o‘sha joyning o‘zida
to‘langan, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi
153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida huquqbuzarga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
22. Basharti, yo‘l harakati qatnashchisi o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz
bildirsa yoki
belgilangan jarimani joyida to‘lay olmasa, u holda MJtKning
279-moddasiga
muvofiq ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
23. MJtK 138-moddasining
birinchi —
uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan hollarda
huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma piyodaning shaxsini
tasdiqlovchi hujjati asosida
rasmiylashtiriladi. Agar uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, yaqin oradagi ichki
ishlar organlari yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organi binosiga olib borib, shaxsiga
aniqlik kiritiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Ma’muriy javobgarlikka tortish uchun alohida tartib belgilangan
shaxslar tomonidan
maxsus moslamalar orqali qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularning
javobgarlik masalasi
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: