2-§. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda
ekanligini aniqlash uchun maxsus moslamadan foydalanish tartibi
36 . Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda
ekanligini aniqlash YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida qoidabuzarlik
yuz bergan joyning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
36 . Tekshiruv oldidan YPX xodimi haydovchini maxsus moslama (alkotester)ning ishlash
tartibi bilan tanishtiradi, uning talabiga asosan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatadi.
36 . Tekshiruv kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi, YPX xodimi tomonidan
kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshiriladigan tekshiruvlar bundan
mustasno. Kuzatuv kamerasi (body camera)dan foydalangan holda amalga oshirilgan tekshiruv
jarayoni aks etgan videotasvir ish materiallariga ilova qilinishi lozim.
36 . Tekshiruv jarayonida YPX xodimi sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’i rioya etishi lozim.
36 . Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester) yordamida belgilangan
tartibda transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar
konsentratsiyasi miqdorini aniqlash orqali o‘tkaziladi.
36 . Transport vositasi haydovchisining og‘iz bo‘shlig‘idan chiqarilgan havodagi etanol bug‘lar
konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda, YPX xodimi
haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik iste’mol qilganligi holati yuzasidan MJTKning
131-
moddasiga
muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
36 . Transport vositasi haydovchisi maxsus moslama (alkotester) yordamida tekshiruvdan
o‘tishdan bosh tortgan yoxud unda alkotester orqali tekshiruv natijalariga e’tiroz mavjud bo‘lgan
hollarda, YPX xodimi transport vositasini boshqarayotgan shaxsning mast holatda ekanligini
aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika
muassasalariga olib boradi.
36 . Transport vositasi haydovchisi tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, YPX
xodimi unga nisbatan MJTKning
136-moddasiga
muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |