Nizomni tasdiqlash haqida


-§. Transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi moslamadan


Download 127.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.02.2023
Hajmi127.7 Kb.
#1204705
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
975-сон 01.12.2018. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-§. Transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi moslamadan
foydalanish tartibi
36 . Transport vositalarining tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalari belgilangan
me’yorlarga javob berishiga aniqlik kiritish uchun transport vositalari oynalarining yorug‘lik
o‘tkazuvchanligini o‘lchovchi moslama (taumetr)dan foydalaniladi.
36 . Transport vositalari oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligini aniqlash RShX xodimi
tomonidan maxsus moslama (taumetr) yordamida qoidabuzarlik sodir bo‘lgan joyning o‘zida
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10


amalga oshiriladi.
36 . Tekshiruv oldidan YPX xodimi transport vositasi haydovchisini maxsus moslama
(taumetr)ning ishlash tartibi bilan tanishtiradi va uning talabi asosida moslamaning sertifikati
(nusxasi)ni ko‘rsatadi.
36 . Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi tekshirilayotgan transport vositasining oynasi belgilangan
standartlarga mos, toza va quruq bo‘lishi lozim.
36 . Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi belgilangan me’yorlarga muvofiq bo‘lmagan avtotransport
vositasi haydovchisiga nisbatan MJTKning 
126-moddasiga
muvofiq ma’muriy bayonnoma
rasmiylashtiriladi.
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 173-sonli 
qarori
 tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/173/0298-son)
7-bob. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l
harakati qoidalari buzilganligini qayd etish tartibi
37. MJtKning 
309 -moddasiga
 muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan
foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmasdan, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz
jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqariladi. Bunda huquqbuzarlikni takroriyligi inobatga olinmaydi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika
vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, yuridik kuchga ega bo‘lgan elektron
hujjat shaklida rasmiylashtiriladi hamda ushbu hujjatni tuzgan vakolatli shaxsning elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va
video qayd etish texnika vositalari qo‘llanilgan holda olingan materiallar ilova qilinib, elektron
hujjatni qog‘ozdagi hujjatga aylantirish yo‘li bilan tayyorlanadi hamda mazkur qaror chiqarilgan
kundan e’tiboran uch kun muddatda buyurtma pochta jo‘natmasi tarzida huquqbuzarga
yuboriladi.
38. Ma’muriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika
vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori,
yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik
qayd etilgan taqdirda, yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan
shaxsi javobgar bo‘ladi.
39. Transport vositasi boshqa shaxslarning noqonuniy harakatlari (olib qochishi, o‘g‘irlashi)
natijasida transport vositasi egasi (mulkdori)ning foydalanishida bo‘lmagan hollarda, jarima solish
to‘g‘risidagi qarorni bekor qilib, bunday hujjatlar alohida yig‘ma jildga tikib boriladi hamda ushbu
holat aniqlangan zahoti transport vositasini ushlash bo‘yicha MADXga axborot beradi. MADX
tomonidan ushbu holat yuzasidan hududiy ichki ishlar organlariga darhol xabarnoma yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
40. Transport vositasi ushlangan taqdirda, belgilangan shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda
jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositasi
maxsus ajratilgan saqlash joyida ushlab turiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan
mustasno. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini maxsus ajratilgan
saqlash joyida saqlashga mas’ul bo‘lgan shaxsda, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi
nusxasi huquqbuzarga beriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Transport vositasining maxsus ajratilgan saqlash joyiga olib borilishi, ushlab turilishi hamda
ushlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Qonunchilik buzilganligi
uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi
to‘g‘risidagi 
nizom
 bilan tartibga solinadi.
11
12
13
1


(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)

Download 127.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling