31-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining tadbirkorlik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikka muvofiq o‘z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Nodavlat notijorat tashkilotiga soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘laydi, shuningdek imtiyozlardan foydalanadi.
(32-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 126-moddasi.
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
33-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining hisob va hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga, davlat soliq xizmati organlariga va davlat statistikasi organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 47-bandi, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-mx-sonli “Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shaklini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3027, 27.06.2018-y.).
Do'stlaringiz bilan baham: |