29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
kirish va a’zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa;
muassislardan, qatnashchilardan (a’zolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar;
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda);
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(29-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatining turlari
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun bilan taqiqlanmagan hamda o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lgan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda bunday vakolatxonalarning (filiallarning) xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatxona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlari va vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar hamda ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishiga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qo‘llab-quvvatlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ayrim faoliyat turlari faqat litsenziyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat turlarining ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |