Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”


Sayd etti firoqing meni murg`i sahariydek


Download 28.72 Kb.
bet10/12
Sana16.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1279267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org

Sayd etti firoqing meni murg`i sahariydek,

Qil odamiyliq, qilma yuzni nihon paridek”, - deb yozadi.

Muallifning fors tilidagi misralarini ham keltirgan holda shunday deydi: “Bu forsiy matla` ham aningdurkim:

Maham gar pesh az in pinhon bimonad,

Ajab, gar bedilonro jon bimonad.”

Mazmuni: “Agar oy( yuzligim) bundan keyin ham pinhon qoladigan bo`lsa, bedillarning omon qolishi ajablanarlidir.”

“Taashshuqnoma” o`zbek adabiyoti tarixida noma janrining rivojlanish yo`llarini, XV asr o`zbek adabiy tilini o`rganishda muhim ahamiyatga ega. Asarning yagona qo`lyozmasi nusxasi Londondagi Britaniya muzeyida, fotonusxasi O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Muallif asarini “Kitob sababi” nomi ostida o`z asarini yaratish sababini izohlash bilan boshlaydi:

Tushumda bir kecha ko’rdum sahargoh, Ki Majnun birla bo’ldum yo’lda hamroh. Manga dedikim,— Ey sho’rida ahvol, Chiqar boshdin takabbur, qilma ehmol, Ki oshiqlar maqomi Karbalodur, Kishikim bo’ldi oshiq, mubtalodur. Chu sen ham mubtalo bo’lmishsen oxir, Jafodin gul tikin so’lmishsen oxir. Bu yo’lda qo’y saru somon, adam bo’l, Agar vasl istasang, sobit qadam bo’l. Taxayyul birla nazm et bir hikoyat, Vale ne’mat qoshinda qil rivoyat. Hikoyatkim taashshuqnoma bo’lg’ay, Ulug’lar qoshida alloma bo’lg’ay.

Keyin esa o`z asarini kimga bag`ishlaganini bildirib o`tadi: Shahanshohi jahon Doroyi a’zam, Faridun siyratu Jamshid maqdam, Sulaymol tal’atu Kayxisrav irshod, Sikandar shavkatu No’shiravon dod, Ulug’ sulton muazzam Shohruxxon, Muhammad xulqu Sulton binni Sulton. Hamisha davlati ma’mur bo’lsun, Ko’ra bilmas kishilar ko’r bo’lsun. Ilohi bo’lmasun hech intihosi, Qabul et Saydi Ahmadning duosi. Chu shohanshoh duosin xatm qildim, «Taashshuqnoma» sori azm qildim, Safo yetti bitigan xoma bo’ldi, «Taashshuqnoma» ham o’n noma bo’ldi.

Shundan keyin ilk noma “Avvalg`i nomasin aytur” sarlavhasi ostida keltiriladi. Unda oshiq tilidan to`kilgan sog`inchli izhorlar aks etgan. Keyin g`azal va “So`znung xulosasi” beriladi. Keyin “Ikkinchi nomasin aytur” sarlavhasi ostida ikkinchi noma, g`azal va yana “So`znung xulosasi” beriladi. Qolgan noma, g`azallar va xulosalar ana shu tartib asosida berilgan. “So`z xulosasi” nomi ostidagi misralar soqiyga xitob tariqasida aytilgan. Ularda bu hayotning foniyligi, yorning bu jafolari o`rinsiz ekani ta`kidlanadi. Barcha xulosalar ushbu pand bilan yakunlangan:


Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling