Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”
Tahammul yaxshi ishdur pesha qilmoq
Download 28.72 Kb.
|
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org
Tahammul yaxshi ishdur pesha qilmoq,Taxayyul birla ham andisha qilmoq.Faqat o`ninchi noma va g`azaldan keyin “So`z xulosasi” emas, “Kitob xatmin aytur” sarlavhasi ostida shohga sadoqatli qullik izhorlarini yozgan.Asarni muallif “Iltimosin aytur” nomi ostidagi quyida keltirilgan o`n olti qatorlik she`r bilan yakunlaydi:Valekin bir so’zum bor hazratingda, Ijozat bo’lsa aytay xizmatingda. Eshitgil, ey ulusnung podshohi, Yatimlarning bugun pushti panohi. Riyozattin tan ichra qolmadi qon, Tugansa hon tirik qolg’aymu inson, Base oshuftau hayron bo’lubmen, Falaktek besaru somon bo’lubmen. Bilursen barchaning holini, ey shoh, Inoyat chog’idur vallohu billoh. «Taashshuqnoma»ni himmat bo’lub yor, Tugattim yetti kunda bemadadkor. Sekiz yuz o’ttuzu to’qquzda erdi, Ki so’z poyona eltmak dast berdi. So’zumni kim o’qub qilsa duoyi, Ilohi ko’rmasun hargiz baloyi.Turkiy adabiyotdagi noma janriga ulkan hissa qo`shgan ijodkorlardan yana biri Yusuf Amiriydir. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida ushbu ijodkor haqida quyidagi ma`lumotlarni yozib qoldirgan: “Mavlono Amiriy turk erdi va turkcha she’ri yaxshi voqe’ bo’lubdur,ammo shuhrat tutmabdur.Va bu bayt aning “Dahnoma”sidindur: Ne emakdin,ne uyqudin solib so’z, Emakdin to’yub,uyqudin yumub ko’z. Va forsiyda Shayx Kamol tatabbu’i qilibdur. Bu matla’ aningdurkim: Ro’zi qismat har kase az aysh baxshi xud satand, G’ayri zohid k-o’ riyozatho kashidu xushk mand. Aning qabri Badaxshon sari Arhang Saroydadur…Yusuf Amiriy XV asr, Hirot) — shoir. Boysunqur Mirzo himoyasida yashagan. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. Alisher Navoiy «turk erdi va turkcha she’ri yaxshi voqe bo‘libtur» («Majolis un-nafois») deb yozsa, Davlatshoh Samarqandiy «Shohruh davrida katta shuhrat qozondi» («Tazkirat ush-shuaro») deb ta’riflaydi. Yusuf Amiriyning turkiydagi bir devoni hamda «Dahnoma», «Chog‘ir va Bang munozarasi» asarlari yetib kelgan. Forsiydagi asarlaridan 2 baytgina ma’lum: biri «Majolis un-nafois», ikkinchisi Yaqiniyning «O‘q va yoy munozarasi»da saqlangan. Devoniga kirgan she’rlarida shoir hayot haqida chuqur falsafiy fikr yuritadi, ishq-muhabbatni ulug‘laydi («Ey ko‘za...», «Telbaman», «Ey ko‘ngul» va b.). «Chog‘ir va Bang munozarasi» bilan munozara janri imkoniyatlarini boyitdi. Ubayd Zakoniy ta’sirida yozilgan bu asarda amaldorlarning salbiy axloqiy-ma’naviy qiyofalari, xislatlari hajv qilinadi, adovat, johillik, o‘zaro qirg‘in urushlar qoralanadi. Yusuf Amiriy «Dahnoma» (1429) asari bilan noma janrini rivojlantirdi. Bu devon nusxasi Turkiyada, «Dahnoma», «Chog‘ir va Bang...» nusxalari Britaniya muzeyida, fotonusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik va Qo‘lyozmalar institutlarida saqlanadi.Download 28.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling