Bizning misolimizda mahsulot sotish rejasi 19926 ming so‘mga
yoki 7,6% ziyod bajarilgan (19926 *100 : 260454). Ulardan 9186 ming
so‘m yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldiqlari ortishi ulushiga to‘g‘ri
keladi. Tovar mahsulotlarni rejadan tashqari ishlab chiqarish 12444
ming so‘mni tashkil qiladi va sotish ham xuddi shu miqdorga ortgan.
Biroq tayyor mahsulot qoldiqlarining rejadan tashqari o‘sishi yil
oxirida sotish hajmining 1704 ming so‘mga kamayishiga olib keldi.
3.7-jadval
Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalarini
umumlashtirish
№ Omillar
Summa,
ming so‘m
Rejaga
nisbatan foizda
1. Yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining
ortishi
+9186
+3,5
2. Tovar mahsulotni rejadan tashqari ishlab
chiqarish
+12444
+4,7
3. Yil oxiri uchun tayyor mahsulot qoldig‘ining
ortishi
-1704
-0,6
∑ Jami
+19926
+7,6
Hisoblashni tekshirish:
+9186 +12444 -1704= +19926 ming so‘m;
+3,5 +4,7 -0,6 = +7,6%.
Tahlil jarayonida omborlarda rejadan
tashqari qoldiqlar vujudga
kelishi, xaridorlar tomonidan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar
amalga oshirilmasligining sabablarini
aniqlash va mahsulot sotish
hamda tushum olishni jadallashtirish bo‘yicha
aniq chora-tadbirlar
ishlab chiqish zarur.
3.9. Mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma
majburiyatlari tahlili
Yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari
bajarilishini
hisobga olgan holda sotish ko‘rsatkichlarini amaliyotda qo‘llash juda
muhim
ahamiyatga ega, chunki korxona rahbariyatining
ishlab chiqa-
rilayotgan mahsulotning natural-moddiy
tarkibi va uning xaridorlar
bilan shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga mutanosibligiga e’ti-
borini kuchaytiradi. Pul muomalasini tartibga
solish uchun mahsulot
sotishdan tushumlar miqdorini ham bilish lozim.