Nominal va real valyuta kursi


Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi


Download 194 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi194 Kb.
#1608330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fMAKROIQTISODIY MUVOZANATNING REAL VALYUTA KURSI DINIMIKASIGA TA’SIRI3

1.1. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi.
Xalqaro valuta munosabatlari pulning xalqaro to`lov jarayoniga xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo`ldi va rivojlanishning uzoq yo`lini bosib o`tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari o`zgardi. Bir vaqtda valuta munosabatlari ahamiyati o`sdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko`chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valuta tizimi va jahon valuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valuta – keng ma‘noda mamlakat pul birligini (masalan, so`m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma‘noda valuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma‘nosida qo`llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valuta tizimiga ega.
Milliy valuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo`lgan jahon valuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o`rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko`paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o`zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valuta tizimining barpo etilishiga ob‘ektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o`rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu
ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta‘minlashga qaratilgan mamlakatlar o`rtasidagi valuta munosabatlarining yig`indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to`lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valutalari, xalqaro pul birliklari);

  2. Valuta kurslarini o`rnatish va saqlab turish mexanizmini;

  3. Valuta bozorining ishlash tartibini;

  4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;

  5. Valuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;

  6. Valuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valuta tizimining barqaror faoliyatini ta‘minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valuta fondi, Umumjahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki).

Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko`rinishdagi pul vositalari ishlatiladi:

  • oltin, hozirda o`zining asosiy to`lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo`qotgan bo`lsada, ammo ko`pchilik valuta zahiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi;

  • jahonda asosiy o`rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valutalari

(AQSh dollari, YEVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar); - xalqaro pul birliklari.
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo`la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, mamlakat valuta zahiralarini yaratishda qo`llaniladi.
Xalqaro valuta yoki xalqaro to`lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo`lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valutalarga ajratiladi.

Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling